«Yashil» energetikani amaliyotga tatbiq etish: yutuqlar va muammolar»
mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami uchun
maqolalar taqdim etish
TALABLARI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston
Ekologik partiyasi fraksiyasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari
qo‘mitasi tomonidan tashkil etilayotgan
«Yashil» energetikani amaliyotga tatbiq
etish: yutuqlar va muammolar» mavzusida
respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasida ishtirok etishga taklif etamiz.
Tadbir maqsadi mamlakatda «yashil» energiyani qo‘llash va rivojlantirishda
olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar va natijalar
hamda bu boradagi yutuq va
kamchiliklarni muhokama etgan holda tegishli tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Konferensiya
materiallari
to‘plami
quyidagi
yo‘nalishlarda
shakllantiriladi:
«Yashil» energetikani rivojlantirishning istiqbollari, xuquqiy asoslari;
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning innovatsion
yechimlari;
Vodorod energetikasi istiqbollari;
Energiya samaradorlik va resurs tejamkorlik;
Qayta tiklanuvchi energiya sohasida kadrlar tayyorlash.
Konferensiya materiallarini 2023 yil 25 martga qadar quyidagi talablar
asosida taqdim etilishini so‘raymiz:
– Maqola matnlari MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, o‘lchami
14 Kegel, A4 qog‘oz o‘lchamida yuqoridan 1,5 sm, pastdan 1,5 sm, chapdan 3 sm,
o‘ngdan 1,5 sm qoldirilib rasmiylashtirilishi kerak.
– Maqola nomi qator o‘rtasidan
bosh harflar bilan yoziladi, 1,5 intervaldan
so‘ng muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, 1,5 intervaldan so‘ng
annotatsiya va kalit so‘zlar hamda ma’ruza matnining mazmuni 1,0
intervalda
yoziladi.
– Maqola hajmi 3-6 sahifadan iborat bo‘lishi kerak.
– Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati asosiy matndan keyin joylashtiriladi.
– Konferensiya to’plamini chop etish va unda ishtirok etish bepul asosda
amalga oshiriladi.
– Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
– Maqola matni .doc va .docx fayl formatlarida taqdim etiladi.
2
Mualliflar tomonidan taqdim etilgan barcha
materiallar ishchi guruh
tomonidan o‘rganib chiqiladi hamda ANTIPLAGIAT tizimi tomonidan tekshiriladi.
Talablarga javob bermaydigan, konferensiya mavzusiga mos kelmagan, o‘z vaqtida
taqdim etilmagan maqola matnlari konferensiya materiallari to‘plamiga kiritilmaydi
va mualliflarga qaytarilmaydi.
Maqolalarni quyidagi manziliga yuborish lozim:
green@parliament.gov.uz,
xudoyor05@mail.ru,
+99 890 139-05-11 (telegram)
Mas’ul shaxslar:
XUSHVAQTOV Islom Nortashovich – (71) 239-27-69, (97) 423-34-20
AMINOV Nosirjon Xasanbaevich – (71) 239-26-06, (90) 097-43-41
XOJIMURODOV Xudoyor Abdullajon o‘g‘li – (71) 239-85-36, (90) 139-05-11
02/5-05/180-sonli xatga
Vazirlik va idoralar ro‘yxati
1. Fanlar akademiyasi
2.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
4. Tog‘-kon va geologiya vazirligi;
5. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
6. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
7. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
8. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi;
9. Tabiat resurslari vazirligi;
10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
11. Suv xo‘jaligi vazirligi;
12. Raqamli texnologiyalar vazirligi;
13. Adliya vazirligi;
14. Transport vazirligi;
15. Madaniyat va turizm vazirligi;
16. Energetika vazirligi;
17. Tashqi ishlar vazirligi;
18. Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
19. Savdo sanoat palatasi
20. Yoshlar
ishlari agentligi