6
Xodimlar
kasbiy mahorati mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin:
kasbiy jihatdan muhim bo’lgan bilish xislatlarini shakl- lantirish va rivojlantirish;
hamkasblar bilan psixologik aloqa o’rnatish ko’nikmalarini takomillashtirish va
rivojlantirish;
operativ xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga kirishish ko’nikmalarini
shakllantirish;
fuqarolar bilan muloqotga kirishning murakkab, nizoli vaziyatlarida ta’sir etishning
psixologik usullarini qo’llash mahoratini takomillashtirish;
og’ir vaziyatlarida o’zini tuta bilish, psixologik barqarorlikni shakllantirish;
shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlan- tirish, xodimlarga o’zini tutish va
boshqarish usullarini o’rgatish;
irodaviy faollik va irodaviy harakat ko’nikmalarini shakllantirish;
ishdagi ruhiy zo’riqishlarga tayyor turish.
Kasbiy jihatdan muhim bo’lgan bilish xislatlarini shakl- lantirish va rivojlantirish
xodimlar faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi. Ularga kasbiy ziyraklik, idrok,
kuzatuvchanlik, xotira, tafakkur va tasavvur kiradi. Ushbu xislatlarni rivojlantirishga
qaratilgan maxsus mashqlar xodimlarning kasbiy jihatdan muhim ma’lumotlarni esda
olib qolish, esda saqlash va qayta esga tushirish samaradorligini oshiradi, mantiqiy
fikrlash va ijodiy tasavvurlarini rivojlantiradi.
Dostları ilə paylaş: