4-Mavzu. Professiografiya (Professiogramma) To’g’risida Umumiy Tushuncha



Yüklə 250,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix16.02.2023
ölçüsü250,75 Kb.
#84545
1   2   3
4-Mavzu. Professiografiya (Professiogramma) To’g’risida Umumiy T

Turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o’rnatish uquv mahorati hamda 
ko’nikmalarini takomillashtirish va rivojlantirish. Psixologik tayyorgarlik davomida 
xodimlar psixologik aloqa o’rnatish usullari va yo’llari tizimini egallashlari kerak. 
Ularda notanish kishilar bilan tezda aloqa o’rnatish va ularni o’ziga moyil qilish, 
odamlarning fikrini eshita olish, muloqot jarayonida psixologik to’siqlarni enga olish 
mahorati shakllangan bo’lishi kerak. Psixologik tayyorgarlik xodimlarning psixologik 
aloqa o’rnatish jarayonini engillashtirishga imkon beruvchi muayyan qoidalarni 
o’zlashtirishlarini taqozo etadi. 
Hamkasblar bilan muloqotga kirishishning murakkab, nizoli vaziyatlarida ta’sir 
etishning psixologik usullarini qo’llash mahoratini takomillashtirish. Xodimlarda 
nizoli vaziyatni bartaraf etish mahoratini shakllantirish, ularga nizolarni hal qilish 
usullarini o’rgatish juda muhim. Xodimlar faoliyatining samaradorligi ko’p jihatdan 
odamlarga psixologik ta’sir ko’rsatishning ishontirish, majburlash, rag’batlantirish 
singari muayyan usullaridan mohirlik bilan foydalanishlariga bog’liq. Xodimlarda 
nizoli vaziyatda o’zini tutish, turli taktik usullarini qo’llash hamda nizoli vaziyatdan 
operativ maqsadda foydalanish ko’nikmalari ham shakllangan bo’lishi kerak. 


7
O’zini tuta olish, psixologik barqarorlikni shakllantirish. Xodimlar kundalik amaliy 
ishlarida kasbiy harakatlarini bajarish sifatiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan ko’plab 
noqulay psixologik holatlar ta’siriga duch keladilar. Psixologik barqarorlik 
xodimlarning salbiy holatlar ta’siriga berilmaslik qobiliyatida namoyon bo’ladigan 
psixologik tayyorgarlikning muhim ko’rsatkichlaridan biri sifatida qaraladi. Bu o’rinda 
xizmat vazifalarini bajarish chog’ida mazkur qiyinchiliklarni oldindan ko’rish 
qobiliyatini shakllantirish muhim. Psixologik barqa- rorlikning shakllanganligi 
xodimlarga eng qiyin psixologik sharoitda o’z vazifalarini kamchiliksiz bajarishlariga 
yordam beradi. Bunga mashqlar va amaliy mashg’ulotlar jarayonida og’ir vaziyatlarni 
modellashtirish yo’li bilan erishish mumkin. 
Shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlan- tirish, xodimlarga o’zini tutish va 
boshqarish usullarini o’rga- tish. Xodimlarning psixologik barqarorlik va og’ir 
vaziyatlarda o’zini tuta bilish qobiliyati ularda mas’uliyat, muvaffaqiyat- sizlikka 
chidash, tavakkalga moyillik va barqarorlik, o’zini boshqara olish, sobitlik kabi 
muayyan hissiy-irodaviy xislatlarni shakllantirishni taqozo etadi. Xodimlar o’z xatti- 
harakatlari va his-tuyg’ularini nazorat qilish va boshqarish olishlari shart. Ular 
mashg’ulot va mashqlar jarayonida o’zlarini boshqarish, asabiy zo’riqishni yo’qotish, 
ichki imkoniyatlarni qo’yilgan vazifani bajarishga safarbar qilish usullarini egallashlari 
kerak. 
Irodaviy faollik va irodaviy harakat ko’nikmalarini shakllantirish. Ish faoliyatida 
qiyinchiliklar va to’siqlarga duch keladilar. Bunday vaziyatlarda ular ushbu qiyinchilik 
va to’siqlarni engishga undovchi irodaviy faollikni namoyish etishlariga to’g’ri keladi. 
Irodaviy harakat ko’nikmalarini rivojlantirishga mashg’ulotlar jarayonida qo’yilgan 
vazifani bajarishga to’sqinlik qiluvchi muayyan elementlar, to’siqlar kiritish yordam 
beradi. Bunday mashqlar jarayonida to’plangan irodaviy faollik tajribasi shaxs 
irodasini, irodaviy xislatlarini rivojlantirishga ta’sir etadi. 
Ishdagi ruhiy zo’riqishlarga tayyorlik. Muxandis xodimlar faoliyatiga xos 
xususiyatlardan biri shundaki, ta’sir etuvchi omillar ko’pincha stress holatini keltirib 
chiqaradi, asab tizimiga haddan tashqari katta og’irlik tushadi. Bu, o’z navbatida, ular 
amalga oshiradigan faoliyat samaradorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shu bois xodimlar 
ushbu jarayonlar kechishining asosiy qonuniyatlari hamda qisqa vaqt ichida ish 
qobiliyatini tiklash va ortiqcha asabiy zo’riqishni bartaraf etishga yordam beradigan 
usullar (psixologik boshqaruv mashqlarini bajarish usullari) bilan tanish bo’lishlari 
lozim. 
Turli kasblarning psixologik tuzilishida bilish faoliyati turli mazmunga ega bo’lishi 
mumkin. Bu bilish faoliyatining o’ziga xosligini belgilab beruvchi maqsad, ob’ekt, 
sharoit va usullarga bog’liq. Ichki ishlar organlari faoliyatdagi bilish jarayoni ham 
o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. 


8
Bularning hammasi xodimlarda kasbiy jihatdan muhim bo’lgan va bilishning 
samaradorligini ta’minlaydigan xislatlarni rivojlantirish zaruratini keltirib chiqaradi. 
Muxandis xodimlarda bilish xislatlarini shakllantirish va rivojlantirishda maxsus 
trening katta ahamiyat kasb etadi. Trening jarayonida mazkur xislatlar rivojlantiriladi. 
Kasbiy buzilish tushunchasi va ularning oldini olish 
yo’llari 
Muxandis sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, birinchi navbatda, respublikamiz 
uchun har tomonlama etuk va munosib kadrlar tayyorlash masalasini kun tartibiga 
qo’ymoqda. Ayni damda olib borilayotgan islohot va kadrlar tayyorlash dasturlari 
e’tiborni xodimlarda mavjud kasbiy xususiyatlarga qaratishni, ularning jismonan, 
ma’nan sog’lomligi, dunyoqarashi, fikrlash doirasining kengligi, Vatan himoyasida o’z 
aqidalariga sodiqligi, o’quv va ish jarayonida axborot, bilim va tajribalarni 
o’zlashtirishda shaxsning psixik xususiyatlari dolzarb ahamiyatga molik ekanligini 
ta’kidlamoqda. 
Xush, xodimlarning kasbiy buzilishlariga qanday omillar sabab bo’lmoqda? 
Masalan, Rossiyada bu muammoni bir qator ilmiy tadqiqotlar o’tkazish natijasida 
psixolog olim A.V.Budanov 3 ta asosiy omillar guruhiga bo’lib o’rgandi, ya’ni: 
xizmat sohasining o’ziga xosligi (spetsifikasi); 
shaxsiy fazilatlar omili; 
ijtimoiy-psixologik omillar
1

Bu tadqiqotni o’tkazgan Rossiya psixologlari xodimlarning kasbiy buzilishlarini 
ularning ish tajribasi bilan solishtir- ganlarida quyidagi natijalarni taqdim qilganlar: 
besh yilgacha ishlagan xodimlarda kasbiy tanazzul arzimas bo’lib, bu toifa xodimlar 
xizmat sirini endi tushunib borayotgan- ligi bois kasbiy buzilish past darajada; 
6-10 yil ishlayotganlarda - o’rtacha darajada; 
11-15 yil ishlayotganlarda kasbiy buzilish darajasi juda yuqori; 
15 yildan ortiq ishlayotganlarda esa axloqiy-kasbiy buzi- lishlar bo’lishi 
aniq. 
Axloqiy-kasbiy buzilishning xavfli tomoni shundaki, uning eng past darajasi ham 
muxandis xodimlarining shaxsiy va xizmat qobiliyatlariga jiddiy zarar etkazadi. 
Psixologik nuqtai nazardan bu muammoga xodimning shaxsiy xususiyatidan kelib 
chiqib yondashish qabul qilingan. 


9
Xodimlarning kasbiy buzilishida ularning shaxsiy xusu- siyatlari ta’sirini rus psixologi 
A. V. Budanov quyidagicha tahlil qiladi
1

xodimning intellekti ta’siri (ya’ni, mustaqil fikrlash va mustaqil qaror qabul qilishi 
tormozlanadi, mustaqil tarzda o’z ustida ishlashi va kasb mahoratini oshirishda 
layoqatsiz bo’lib qoladi, ekstremal yoki kutilmagan vaziyatda qaror qabul qila 
olmaydi); 
shaxsiy salbiy sifatlar ta’siri (ochko’zlik, qo’pollik, tajovuzkorlik, faqat o’z 
manfaatlarini ko’zlash, bilimsizlik, to’porilik, o’z shaxsiga yuqori baho berish) kabi. 
Bu xususiyatlar xizmat ta’sirida (vakolat doirasining keng- ligi, xizmat kiyimidan 
havolanish, hammaning diqqat-markazida bo’lish) xodimga yanada 
o’ziga yuqori baho berishiga sababchi bo’lib qolishi mumkin. 
Muxandis xodimlari faoliyatining samarasini belgilovchi shaxsiy xususiyatlarini 
aniqlash uchun, avvalo, ushbu faoliyatning psixologik jihatlarini tahlil qilish, o’ziga 
xos tomonlarini aniqlash, shu orqali bu faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari 
tizimini ishlab chiqish va yo’lga qo’yish talab qilinadi. 
Bundan tashqari, nomzodda xizmatda uchraydigan tashqi omillar ta’siriga ruhiy 
immunitetning rivojlanmaganligi, qaltis vaziyatda tez va aniq qaror qabul qila olish 
reaktsiyasining pastligi, o’ziga yuqori baho berishi, iroda qobiliyatlarining yaxshi 
rivojlanmaganligi, dunyoqarashi va madaniyat darajasining pastligi tufayli xizmat 
boshlagandan keyin qisqa muddat ichida uning axloqiy jihatdan emirilishiga sabab 
bo’ladi. 
Kasbiy tanazzul avvalo, shaxsning o’zida, keyinchalik esa uning harakatlari orqali 
kasb faoliyati va atrof-muhitidagi munosa- batlarda ifoda bo’lishni boshlaydi. Bu holat 
muxandis jamoalarida ham yuz berishi mumkin. Masalan, spirtli ichimliklarga ruju 
qo’yish holati shu bo’lim yoki bo’linmada xizmat intizomining sustligiga dalil bo’la 
oladi. 
Kasbiy tanazzulning xavfli tomoni shundaki, u «latent», ya’ni yashirin tarzda kechadi. 
Tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, ko’pgina holatlarda xodimning mast tarzda xizmatga 
chiqishini, avvalo, rahbarlarning o’zlari (o’zlariga gap tegmasligi uchun) yashiradilar. 
Xodimlar psixologik, psixoterapevtlik yordamini psixiatriya xizmati bilan 
adashtiradilar va bu o’z o’rnida psixodiagnostika ishlarini qiyinlashtiradi. 
Ularning xizmat vazifalariga quyidagilar kiritildi: 
shaxsiy tarkibni bir yilda bir marotaba majburiy psixo- logik diagnostikadan o’tkazish 
hamda jamoadagi ruhiy muhitni o’rganish, xodimlarning individual xususiyatlari, 
psixologik holatlari, asab turg’unligi darajalari, qobiliyati, xizmatga yaroq- liligi, 


10
shaxsiy tarkibning xizmatdan qoniqganligi va xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni 
aniqlash va hokazo; 
xodimlar o’rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni buzish, o’z joniga qasd qilish 
(suitsid) holatlari, xizmat faoliyati davomida yuzaga keladigan turli qiyinchiliklar va 
yo’l quyiladigan intizom buzilish sabablarini o’rganib, ularning oldini olish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish; 
uzoq xizmat safaridan qaytgan xodimlarni xizmatga ko’nikma hosil qilishlariga 
ko’maklashish; 
ishga yangi qabul qilingan xodimlar bilan psixologik usullarni qo’llab suhbat o’tkazish 
va boshqalar. 
Bu yangilik muxandis xodimlarining kasbiy buzilishi, uning kelib chiqish sabablarini 
tugatish yo’llaridagi muhim qadamdir. xodimlarning obro’siga putur etkazishi 
mumkin. Shuning uchun kasbiy buzilishning oldini olish, unga yo’l qo’ymaslik 
bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. 
Muxandis xodimlari kasbiy buzilishlarining oldini olishda asosan qo’yidagi 
yo’nalishlardagi chora-tadbirlarni qo’llash tavsiya etiladi. 
Professional faoliyatni tashkil etish sohasida: 
har bir xodimni tanlash va ishga tayinlashda qiziqishlarini inobatga olish; 
xodimlarga aniq vazifalar, topshiriqlar berish, ularning bajarilishi uchun barcha chora-
tadbirlarni ko’rish; 
xodimlarga hamkasblar bilan muomala qilish madaniyatini, ruhiy aloqa o’rnatish 
mahoratini o’rgatish; 
xizmat vazifasini bajarishda ishga ijodiy yondashuvchi, chigal masalalarning echimini 
tezlikda topuvchi, muammolarni hal qilishda ilm-fan yutuqlaridan unumli 
foydalanuvchi xodimlarni taqdirlash, izzat-hurmatini joyiga qo’yish; 
qo’l ostidagilarni o’z ishini o’zi tahlil qilishga, o’zini o’zi nazorat qilishga o’rgatish; 
xodimlarning bo’sh vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun, oilasining tinchligi, 
hayotining sermazmun bo’lishi uchun g’amxo’rlik qilish; 
o’zgalarga ruhiy ta’sir o’tkazish usullarini amalda qo’llash- ni o’rgatish va xodimni 
janjalli va qo’rqinchli vaziyatlarda ishlashga ruhiy jihatdan tayyorlash ishlarini amalga 
oshirish; 
- jismonan chiniqtirish va chidamliligini oshirish. 
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish sohasida: 


11
xodimlarda ilmiy dunyoqarashni, axloqiy-huquqiy e’tiqodni, g’oyaviy- siyosiy 
madaniyat va irodaviy xislatlarni, qisqacha aytganda, milliy istiqlol mafkurasini 
shakllantirish; 
ularni tanqid va o’z-o’zini tanqid ruhida tarbiyalash; 
iroda va xarakter kuchini chiniqtirish; 
jinoyatchilar dunyosining ta’siriga qarshi tura olish qobi- liyatini hosil qilish; 
xizmatda va turmushda shaxsiy namuna orqali ta’sir ko’rsa- tish; 
tarbiyalash jarayonida o’rgatish va majburlash, rag’batlantirish va jazolash usul va 
vositalaridan unumli foydalanish; 
jamoada sog’lom ruhiy muhitni vujudga keltirish; 
qo’l ostidagilarning yashash sharoitlarini, dam olishini yaxshilash borasida 
g’amxo’rlik qilish; 
tarbiyaning barcha turlarini, usul va vositalarini, prin- tsiplarini birga qo’shib olib 
borish, ayniqsa, huquqiy va axloqiy tarbiyaning uzviy birligiga asosiy e’tiborni 
qaratish; 
xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf- odatlari va tili bilan bog’liq 
qadriyatlardan tarbiya jarayonida milliy g’ururni o’stirish va milliy ongni 
shakllantirishda unumli foydalanish. 
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, muxandis xodimlar kasbiy buzilishlarining 
oldini olish asosan ikki yo’nalishda, ya’ni umumiy chora-tadbirlar va bevosita chora-
tadbirlarni qo’llash asosida olib boriladi. 
Shunday ekan qonunga bo’ysunish yuksak huquqiy onglilik, jamiyat va davlat 
manfaatlarini chuqur tushunib etish, ijtimoiy burch, ya’ni o’z qilmishlari uchun davlat 
oldida javobgarlik tuyg’usi bilan uzviydir. Qonunlarga itoatkor har 
bir fuqaro qonunlaming talablari jamiyatning yuksak manfaatlarini ifoda etishini, 
huquqiy qonunlarga rioya qilish faqat xalq manfaatlariga emas, balki uning o’z 
manfaatlariga ham xizmat qilishini yaxshi tushunadi. Mazkur ma’noda qonunlarga 
itoat qilishni xalq birligi va kuch-qudratining manbai deb atash mumkin. 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
Muxandis xodimining ijtimoiy ongi va uning asosiy funktsiyalarini izohlang. 
Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat qanday o’rin tutadi? 
Kasbiy buzilishning sabablari va ularni hal etish yo’llari qanday? 
Kasbiy Psixologiya Z.N.Yulchieva Toshkent -2019 69-78 bet


12

Yüklə 250,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin