Mundarija: kirish I. Bob. O‘qish darslarida hikoyaviy mavzularning maqsad,vazifalari va ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix16.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#84600
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
o`qish darslarida hikoya o`tish uslubiyoti

 
 
 
 

 
 
 
 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. Sh.M.Mirziyoyev. “Erkin va faro‘on demokratik O‘zbekiston Davlatini 
birgalikda barpo etamiz” –T.: “O‘zbekiston” 2016-y -56-b. 


2.Sh.M.Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – 
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. –T.: “O‘zbekiston” 
2017 y. -104-b. 
3.Axmedov M. , Abduraxmonova N., Jumaev M.E. Birinchi sinf matematika 
darsligi metodik qo‘llanma.)Toshkent. ―SHarqr‖ 2005 yil.,
4.Bikbaeva N.U, R.I.Sidelnikova,G.A.Adambekova. Boshlang‗ich sinflarda 
matematika o‘qitish metodikasi. (O‘rta maktab boshlang‗ich sinf 
o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma.) Toshkent. ―O‘qituvchi‖ 2006 yil. 
5.Jumaev M.E, Boshlang‗ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasidan 
praktikum. (O O‘YU uchun ) Toshkent. ―O‘qituvchi‖ 2014 yil. “Maktabgacha 
ta’lim” jurnali maqolalari 
6.Bikboeva.N.U. YAngiboeva e.YA. Ikkinchi sinf matematika darsligi.
Toshkent. ―O‘qituvchi‖ 2012 yil.
7.Bikboeva.N.U. YAngiboeva e.YA. Uchinchi sinf matematika darsligi.
Toshkent. ―O‘qituvchi‖ 2015 yil.
8.Jumaev M.E, Tadjieva Z.G‗. Boshlang‗ich sinflarda matematika o‘qitish 
metodikasi. (OO‘YU uchun darslik.) Toshkent. ―Fan va texnologiya‖ 2015 yil.
9.M. Umarova, Sh. Hakimova. O‘qish kitobi (3-sinf uchun darslik).— Т.: 
Cho‘lpon, 2008. 
10. M. Xudoyberganova, M. Muxtorova. 4-sinfda ona tili darslari. —Т.:
“O‘qituvchi", 2005. 
11. B. Ma’qulova, S. Sa’diyeva. Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlaii (4-sinf 
o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma). — Т.: ,”O‘qituvchi”,1997. 
12. B. Ma’qulova, S. Matchon. Kitobim-oftobim (4-sinf uchun sinfdan tashqari 
o‘qish kitobi). — Т.: “O‘qituvchi”, 2000.
13. В. Ma’qulova, D. Nasriddinova. Kitobim — oftobim (4-sinfdan tashqari o 
‘qish kitobi). — Т.: “O‘qituvchi” NMIU, 2008. 


14.Boshlang‘ich maktab darsliklarini yaratish mezonlari / Tuzuvchilar: Q. 
Abdullayeva, M. Ochilov, K. Nazarov, S. Fuzailov, N. Bikboyeva. —Т.: 1994. 
15. J. G‘. Yo‘ldoshev, S. A. Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari.— Т.: 
“O‘qituvchi”, 2004. 
16. Y. Abdullayev. Eski maktabda xat-savod o‘rgatish. - Т. “O‘qituvchi", 2005. 
17. K. Qosimova. Boshlang‘ich sinflarda imlosi qiyin so‘zlarni o‘rgatish. — Т.: 
2002 
18. К. Qosimova, S. Fuzailov, A. N e’matova. Ona tili (4-sinf uchun darslik). — 
Т.: Cho‘lpon, 2005. 
19. K. Qosimova, A. Ne’matova. 4-sinfda ona tili darslari. — Т.:Cho‘lpon, 2004. 
20. B. Ma’qulova, T. Adashboyev. Kitobim - oftobim (4 -sinf uchun sinfdan 
tashqari o‘qish kitobi). — Т.: “O‘qituvchi”, 1999. 
21.M. Xudoyberganova, M. Muxtorova. 4-sinfda ona tili darslari. —Т.:
“O‘qituvchi", 2005. 
22. Kosimova K. “Boshlang‘ich sinflarda ona tili о’qitish metodikasi”.-T.,1985 
23.M. Umarova, Sh. Hakimova. O‘qish kitobi (3-sinf uchun darslik).— Т.: 
Cho‘lpon, 2008. 


O`qish darslarida
hikoya o`tish
uslubiyoti



Hikoyalar bilan o‘qitish bolajonlar uchun juda juda
qiziq bo‘ladi.Bolaning til tizimini egallash borasidagi 
barcha yutuqlarini muloqotni ta’minlovchi mazmunli, 
keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq о’z 
ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi 
bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini 
qanchalik о’zlashtirganligining kо’rsatkichi 
hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional 
jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi.


Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish 
metodikasida kichikyoshdagi o‘quvchilaming badiiy asarni 
idrok qilishidagi psixologik xususiyatlar hisobga olinadi. 
Ruhshunos olimlaming tekshirishlaridan ma’lum 
bo‘lishicha, asarni idrok qilishga, bilim olishga xizmat 
qiladigan komponentlar bilan birga, uni emotsional-estetik 
his etish ham kiradi.Badiiy asami yaxshi idrok etish uchun 
uni tushunishning o‘zigina yetarli emas. Asarni idrok etish 
murakkab jarayon bo‘lib, asarga unda tasvirlangan 
voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o‘z 
ichiga oladi. 


Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o‘quvchilaming adabiy 
qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi psixologik xusisiyatlari o‘rganilgan va 
ular adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo‘lishlari aniqlangan: 
1. Adabiy
qahramonga
emotsional
munosabat.
2. Elementar 
tahlil qilish.


Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o‘quvchilar
o‘z shaxsiy va axloqiy tushunchalaridan foydalanadilar. 
Bunday axloqiy tushunchalar kichik yoshdagi o‘quvchilarda
chegaralangan bo‘ladi, albatta.Ular axloqiy sifatlardan
botirlik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, yaxshilik tushunchalarini
ko‘p ishlatadilar. Qahramonlaming boshqa sifatlarini
tasvirlash uchun ulaming so‘z boyliklari yetishmaydi. 
O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar bilan asarni tahlil qilib, 
ular nutqiga personajlarning axloqiy, intellektual, 
emotsional sifatlarini tasvirlovchi so‘zlarni kirita borishdan
iborat. Bu adabiy qahramonlaming xarakterini
yaxshiyoritish shartlaridan biri hisoblanadi. Asardagi
qahramonlaming xarakteri ulaming axloqiy sifatlarini
anglash asosida tushuniladi.


Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar
quyidagi muhim metodik qoidalar
asosida tahlil qilinadi:
1. Asar mazmunini tahlil qilish va to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish bir
jarayonda boradi (asarning mazmunini tushuntirishga oid topshiriq o‘qish malakalarini takomillashtirish
topshirig‘i ham hisoblanadi).
2. Asarning g‘oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, sujet chizig‘i, kompozitsiyasi va tasviriy 
vositalarini tushuntirish o‘quvchilaming shaxs sifatida umumiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, 
shuningdek, bog‘lanishli nutqining o‘sishi (lug‘atining boyishi va faollashishi) ni ta ‘minlaydi.
3. O‘quvchilaming hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil 
qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4. Sinfda o‘qishga o‘quvchilaming bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini 
kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi. 


Biz bilamiz,hikoyalar bolajonlar uchun juda qiziq bo‘ladi.Shu sabab biz bu bo‘limizda,bunga alohida
to‘xtalishni xohladik. Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, 
hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. “Hikoya ko‘pincha kishi hayotida bo‘lgan bir
epizodni tasvir etadi.
Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir” Hikoya mazmunan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni qahramonlaming xattiharakati, tashqi
ko‘rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko‘proq qiziqtiradi. Shuning uchun
bolalami hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog‘lab olib boriladi.Boshlang‘ich
sinflarda hikoyani o‘qishga bag‘ishlangan izohli o‘qish darslarida o‘qilgan hikoya mazmunini ochish, 
lug‘at ustida ishlash, o‘qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. 
Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So‘roqlardan ikki maqsadda: hikoya
mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, 
xattiharakat o‘rtasidagi bog‘lanishlami aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Hikoyani
o‘qish darsida o‘quvchilar tushunmaydigan so‘z va iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks
holda ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. Hikoyani o‘qishda uning mazmunini tahlil qilish va
shu asosda o‘quvchilar nutqini o‘stirish markaziy o‘rin egallaydi. Hikoya o‘qib bo‘lingach, o‘quvchilar
o‘ylashi, o‘z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. O‘qilgan asar yuzasidan
beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi
qahramonning xarakteri bolaga ta ‘sir etganini bilishdan iborat. 


Hikoyani izohli o‘qish darsini
quyidagicha reja asosida olib boorish 
mumkin:
1. Hikoyani o‘qishga 
tayyorlash (hikoyadagi kabi 
odamlar hayoti va davrga 
xarakteristika berish va 
boshqa.).
2. Hikoyani o‘qish (bunda to 
‘liq va m a ‘no jihatdan tugal 
qismni o‘qituvchi yoki 
oldindan tayyorlangan 
o‘quvchi ifodali o‘qishi 
mumkin).
3. Lug‘at ustida ishlash.
4. Idrok etishni tekshirish 
(qatnashuvchilarning xatti-
harakatlari, shaxslar va 
voqealar o‘rtasidagi 
munosabatlar, badiiy vositalar 
yuzasidan qisqacha suhbat).
5. Hikoyani qayta o‘qish 
(qismlarga bo‘lib, rollarga 
bo‘lib o‘quvchilarga o‘qitish).
6. Hikoyaning har bir bo‘limi 
(qismi) yuzasidan suhbat 
uyushtirish, hikoya rejasini 
tuzish.
7. Reja asosida qayta 
hikoyalash.
8. Hikoya asosida ijodiy va 
mustaqil ishlar.
9. Hikoyani ifodali o‘qishga 
yoki sahnalashtirishga 
tayyorlanish(sinfda yoki uyda).
10. Hikoyani ifodali o ‘qish va 
ifodali qayta hikoyalash.


Bugun biz siz bolajonlar uchun sarkarda ham,kuchli podishoh Amir Temur haqida
tayyorlangan hikoyani o‘qib eshittiramiz.Kim o‘qishni xohlaydi.
Mavzu : Amir Temur haqida hikoya. (Bo‘riboy Ahmedov)
Dars haqida qisqacha ma’lumotlar:DTS talablari asosida dars o‘tish .O‘quvchilarni
to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish. Markaziy Osiyo mutafakkir va
ma’rifatparvarlarining asarlaridagi hikmat, o‘git va nasihatlarni o‘rgatib, ularga amal
qilishni uqtirish; Mavzuni tushunarli qilib yoritib berish. O‘quvchilarga odob-axloq, 
do‘stlashish qoidalarini tushuntirish.
O‘quvchilarda Amir Temur bobomizning ibrati orqali yaxshi
xislatlarni hosil qilish. Barkamol avlodga xos odoblilik san’ati va madaniyatini
o‘rgatish: o‘zbek xalqining milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarini amalda qo‘llash
malakalarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: Har bir o‘quvchining ifodali o‘qish ko‘nikmalarini va lug‘at
boyligini rivojlantirish.
O‘quv jarayoniga oid kompententsiya: TK2 o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan
farqlash; 
Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin