Xarajatlar
Xarajatlar — ishlab chiqariladigan
mahsulot yoki koʻrsatiladigan xizmat
hajmiga bogʻliq boʻlgan chiqimlar, (mas,
materiallar, xom ashyo sotib olish, ishbay
xodimlar mehnatiga haq toʻlash bilan
bogʻliq sarflar). Toʻliq (umumiy, yalpi) X.
— doimiy va oʻzgaruvchan X. yigʻindisi;
bevosita ishlab chiqarish X.i (aniq bir
mahsulotni i.ch. bilan bogʻliq va uning
tannarxiga kiritiladigan chiqimlar),
ekspluatatsiya X.i — mashina, uskuna,
transport vositalari va boshqalardan
foydalanish bilan boglits chikimlar.
Muomala X.ga qoʻsh im cha muomala
chiqimlari (i.ch. jarayonlarini muomala
sohasida davom etishi — qadoqlash,
sakdash, sotiladigan joyga eltish va
boshqa bilan bogʻliq) vasof muomala
chiqimlari (bevosita oldisotdi
operatsiyalari bilan bogʻliq) X. kiradi.
Muomala X., odatda, isteʼmolchilar uchun
(transportekspeditorlik chiqimlari,
bojxona boji toʻlash, port soliq va
yigʻimlarini toʻlash, bank xizmatlari uchun
chiqimlar, vakillik X.i), ishlab
chiqaruvchilar uchun (savdosotiq
boʻlinmasini sakdash, marketing
tadqiqotlari, reklama,
transportekspeditorlik chiqimlari,
vositachilarga haq toʻlash, sotishdan
oddinti servis va texnika xizmati uchun
chikimlar, bank operatsiyalari boʻyicha
xarajatlar, vakillik xarajatlari va
boshqalar) va savdo uchun (tovarni xarid
qilish, tashish, sakdash va sotish bilan
bogʻliq chiqimlar) alohida hisob kitob
qilinadi.
Resurslardan foydalanish
samaradorligini taxdil qilishda "muqobil
X." tushunchasi (agar hozirgi mavjud i.ch.
oʻrniga muqobil i.ch. boʻlganida olinishi
mumkin boʻlgan qiymat) qoʻllanadi. Bu
X.ga foizlar va mulkdorga toʻlanadigan
haq ham kiritiladi. X.ni qisqartirish
foydani koʻpaytirishning muhim talabi
hisoblanadi.
Alisher Vahobov.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Xarajatlar&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Xarajatlar&oldid=3502877"
dan olindi
Bu sahifa oxirgi marta 19-Dekabr 2022, 07:14 da
tahrir qilingan.
•
Matndan
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Dostları ilə paylaş: |