Bolonya deklaratsiyasida koʻzda tutilganidek, kredit-modul tizimi aynan
mustaqil taʼlimga urgʻu qaratgani holda, asosan, ikkita funksiyani bajarishga xizmat
qiladi:
birinchisi, talabalar va oʻqituvchilarning mobilligini, yaʼni bir oliy taʼlim
muassasasidan boshqa OTMga toʻsiqlarsiz, erkin ravishda oʻtishini (oʻqishni yoki
ishni koʻchirish)ni taʼminlaydi;
ikkinchisi, talabaning tanlagan taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassisligi boʻyicha
barcha oʻquv va ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama —
kredit aniq hisoblab
boriladi. Kredit yigʻindisi talabaning tanlagan dasturi boʻyicha nimani qancha
oʻzlashtirganligini namoyon etadi.
Bolonya deklaratsiyasi: ortga nazar
Bugungi kunda taʼlim tizimiga daxldor boʻlgan
kishilar tomonidan Bolonya
tizimi, uning ahamiyati boʻyicha turli fikr-mulohazalarni eshitib qolamiz.
Xoʻsh, bu qanday tizim? Uning qanday afzalligi va salbiy jihatlari mavjud?
Mavzuning mantiqiy davomi sifatida fikrlarimizni davom ettiramiz.
Ushbu tizimni yaratish uchun oʻtgan asrning 70-yillaridan Yevropadagi barcha
oliy taʼlim muassasalarining integratsiyasini taʼminlash, oliy taʼlimning yagona
standartini yaratish, talabalar va oʻqituvchilar mobilligini yoʻlga qoʻyish,
diplomlarni tan olish, talabalar bilimi, malakasi hamda koʻnikmasiga qoʻyiladigan
ballarni unifikatsiya qilish bilan bogʻliq bir qator muammolarni yechishga qaratilgan
saʼy-harakatlar boshlab yuboriladi.
Mazkur harakatlarning samarasi oʻlaroq, 1999-yilda
Italiyaning Bolonya
shahrida 29 ta mamlakat vakillari tomonidan Bolonya deklaratsiyasi imzolanadi.
Bugungi kunga kelib, Bolonya jarayonida 48 ta mamlakat ishtirok etadi.
Ularning orasida MDh mamlakatlaridan Rossiya, Ukraina,
Ozarbayjon, Moldova,
Armaniston, Gruziya, qozogʻiston va Belarus Respublikasi ham bor.
Bolonya tizimi boʻyicha oliy malakali kadrlarni tayyorlash ikki bosqichda
amalga oshiriladi. Odatda uch yildan kam boʻlmagan bakalavrlar tayyorlash hamda
1-2 yillik magistratura bosqichi.
Koʻpgina ekspertlar Bolonya deklaratsiyasining qabul qilinishiga salohiyatli,
iqtidori yuqori boʻlgan talabalarni egallash, mehnat
bozorida ularning bilimini
qadrlash boʻyicha AqSh bilan kechgan raqobatda Yevropa oliy taʼlim
muassasalarining imkoniyatlari cheklanganligi, koʻplab “aql sohiblari”ning koʻhna
qitʼani tark etib, Amerikaga koʻchib ketish tendensiyasiga qarshi koʻrilgan chora
asosiy sababboʻlganini eʼtirof etadi.
Dostları ilə paylaş: