O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/25
tarix27.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#85867
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Landshaft

 
 
7-mavzu: LANDSHAFTLARNING HUDUDIY TABAQALANISHI VA 
TABAQALANISH OMILLARI 
Reja 
 
1 Tabaqalanishning asosiy qonuniyatlari. 
2. Zonallik, azonallik, provinsiallik.
3. Landshaftlarning balandlik bo‗ylab mintaqalanishi va landshaft yaruslari. 
4. Landshaftlarning kelib chiqishi va rivojlanishiga bog‗liq holda juftlashib kelishi. 
(paragenetik va paradinamik landshaftlar). 
 
Tayansh iboralar: Zonallik, azonallik, provinsiallik, yaruslilk, paragenetik va 
paradinamik landshaftlar 
 
 
Hududiy tabiiy geografik bo‘linishning asosiy qonuniyati kenglik zonallikdir. 
Kenglik 
zonallik 
deganda 
tabiiy 
geografik 
jarayonlar, 
komponentlar, 
geosistemalarning ekvatordan qutblarga tomon qonuniy ravishda almashinib 
borishi tushuniladi. Bu almashinishning asosiy sababi Yerning shar shaklida 
ekanligi va unga bog‘liq holda Quyosh enargiyasining yer yuzasiga turli burshak 
ostida tushishidir. 
Yer yuzasida zonallikning vujudga kelishida tashqi astronomik omillarning 
roli ham katta. Bulardan biri Quyosh bilan Yer orasidagi masofa. Agar yer 
Quyoshdan Pluton sayyorasi kabi masofada joylashganda edi. Ekvator bilan 
qutblar orasida insolyasiya farqi yo‘qolib, hamma joy bir xil sovuq bo‘lar edi. 
(Pluton yuzasidan 1000-2300
0
S). Agar yaqin bo‘lganda edi butunlay qizib ketar 
edi.


53 
Yer shari massasi ham zonallikka ta‘sir ko‘rsatadi, agar yer shari massasi 
kichik bo‘lganda, o‘zida atmosferani tutib tura olmas edi. Natijada Quyosh nuri 
qayta taqsimlanmagan va transformasiyalanmagan bo‘lar edi. Yer o‘z aylanish 
tekisligiga nisbatan 66,5
0
og‘ib turishi ham Quyosh nurlarini notekis 
taqsimlanishiga olib keladi va landshaftlar zonalligini murakkablashtiradi. Agar 
yer o‘qi orbitasiga nisbatan perpendikulyar bo‘lganda har bir kenglik yil bo‘yisha 
bir xil miqdorda Quyosh energiyasini olgan bo‘lar va fasllar vujudga kelmas edi.
Landshaft qobig‘idagi zonallik faqatgina planetar, kosmik, astronomik 
sabablarga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, geografik qobiq tabiatiga ham bog‘liqdir. 
Agar yerdagi zonallik faqat astronomik sabablarga bog‘liq bo‘lganda edi, Quyosh 
tushish chizig‘i to‘g‘ri yo‘nalishda bo‘lib, zonalar geografik parallellarga mos 
bo‘lar edi. Kenglik zonalar chegarasi quruqlikda egri-bugri bo‘lib, ba‘zan bir-
biridan uzilgan holda ham bo‘ladi. 
Yer yuzasiga Quyosh nurlarining notekis tushishi atmosfera sirkuliyasiyasi
havo massalari, namlik va termik xususiyatlarini ham turlisha bo‘lishiga olib 
keladi. Yer yuzasining notekis qizdirilishi va bug‘lanishining turlishaligi namligi, 
harorati va zishligi bo‘yisha farq qiluvchi havo massalarini vujudga keltiradi. Havo 
massalarining to‘rtta zonal asosiy tiplari ajratiladi: ekvatorial, tropik, mo‘tadil, 
arktika va antarktika. 
Agar yer shari o‘z o‘qi atrofida aylanmaganda edi, atmosferada havo oqimlari 
oddiy xarakterga ega bo‘lib, kuchli qizdirilgan ekvatorial kengliklardan havo 
yuqoriga ko‘tarilib, qutblarda pastga tushib yana ekvatorga tomon esgan bo‘lar edi. 
Boshqasha qilib aytganda shimoliy yarimsharda har doim shimoliy, janubda esa 
janubiy shamollar esgan bo‘lar edi. Ammo ular yerning aylanishi bilan to‘qnashib 
o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartiradi. 
Atmosfera sirkuliyasiyasining zonalligi namlikning ham zonal bo‘lishiga olib 
keladi. Havo massalarining nam sig‘dirish qobiliyati ekvatordan qutblarga tomon 
ortib boradi. Bu ko‘proq atmosfera yog‘inlarining tarqalishida namoyon bo‘ladi. 
Ammo faqat yog‘inlar miqdorining o‘zi tabiat zonalarining namlik bilan 
ta‘minlanganlik sharoitini aniqlab bera olmaydi. Masalan, dasht zonasida yog‘inlar 
miqdori 500 mm bo‘lsa ham namlik etarli emas, ammo tundrada yog‘inlar miqdori 
400 mm bo‘lsa ham namlik etarli darajadan ortiqsha. Buning uchun biz bug‘lanish 
darajasini ham bilishimiz kerak. Yog‘inlar va mumkin bo‘lgan bug‘lanishning 
kenglik bo‘yisha o‘zgarishi bir-biriga mos tushmasdan qarama-qarshi bo‘lishi ham 
mumkin. Yillik yog‘inlar miqdorining yillik bo‘lgan bug‘lanish miqdoriga nisbati 
iqlimiy namlik ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Bu ko‘rsatkishni birinchi bo‘lib 
1905 yilda G.N.Visoskiy Rossiyaning Yevropa qismi tabiat zonalari uchun 
qo‘llagan. Keyinshalik Sankt-Peterburglik iqlimshunos N.N.Ivanov bu 
ko‘rsatkishni qayta ishlab chiqib, uni namlanish koeffisenti deb ataydi. U quyidagi 
formula bilan ifodalanadi: K=

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin