anafora, gradasiya, inversiya, intonasiya kabi stilistik usullardan foydalanish orqali
ham ma’lum bir samaradorlikka erishish mumkin.
Anafora - har bir jumladan so‘ng ayrim so‘z
yoki jumlalarni qayta-qayta
ishlatish. Bunday takrorlalar nutqqa o‘ziga xos ritm berib, u nutqning ifodaliligini
oshirishga yordam beradi. Masalan, «Vatan – bu Ona yer, Vatan – bu o‘z uyimiz,
Vatan – bu o‘riklar oppoq bo‘lib gullagan bog‘, Vatan – bu bolaligimda yugurgan
tuproqli ko‘chalar!». Bu gapdagi «Vatan - bu» so‘zining takrorlanishi nutqqa
o‘ziga xos ritm berib ta’sirchanligini oshirdi.
Gradatsiya – gapdagi so‘z yoki jumlalarning sifat o‘zgarishiga ko‘ra ketma-
ket joylashtirishdir. Masalan, «Men Insondek tug‘ilmoq, yashamoq, nom
qoldirmoq uchun kurashdim!». Bu gapdagi «tug‘ilmoq», «yashamoq» va «nom
qoldirmoq» so‘zlari amalga oshish ketma-ketligiga ko‘ra joylashtirilgan.
Inversiya - gap mazmuniga urg‘u berish maqsadida so‘zlarning
odatiy
joylashish tartibini o‘zgartirish. Masalan, «Men oppoq tongni ko‘rish uchun erta
turdim» gapidagi «erta turish» fe’lini ajratib ko‘rsatish uchun gap tartibini
quyidagicha o‘zgartirish mumkin: «Men
erta turdim, oppoq tongni ko‘rmoq
uchun!».
Intonatsiya – nutq ohangini mazmuniga ko‘ra o‘zgartirish. Intonasiya
mantiqiy
va
hissiy-ekspressiv
ko‘rinishda
bo‘lishi
mumkin.
Mantiqiy
intonatsiyaning maqsadi gapda muhim o‘rin tutadigan alohida so‘z va jumlalarni
ajratib ifodalash. Hissiy-ekspressiv intonatsiya o‘qituvchiga
nutqi davomida fikr
bildirayotgan insonlar, voqea va hodisalarga nisbatan o‘z munosabatini bildirish
imkonini beradi. Bunday intonatsiya o‘qituvchining haqiqiy his-tuyg‘ularini
ifodalashi lozim. Aks holda u o‘quvchilarga salbiy ta’sir etishi mumkin.
O‘qituvchining nutqiy faoliyati faqat obyektiv
axborot berishni emas, balki
tinglovchilar sezgilarini qo‘zg‘atishga, ularning fikrlarini faollashtirishga
qaratilsagina kutilgan natijalarga erishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Nutq samaradorligiga salbiy ta’sir etadigan holatlar:
O‘qituvchi nutqi samaradorligi uning to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liqdir.
Ayrim holatlar nutq ta’sirchanligiga salbiy ta’sir etadi. Ular quyidagilardir:
1) Sinonimlardan o‘rinli foydalana bilmaslik. O‘qituvchi hikoyasi davomida
bir xil so‘zlardan tez-tez foydalanishi nutqning noto‘g‘ri
tuzilganligidan darak
beradi. Bunday holat ko‘pincha dialoglarni bayon etishda uchraydi. Masalan,
«dedi», «aytdi» kabi kesimlardan tez-tez foydalanish holatlari uchraydi. Bu so‘zlar
o‘rniga «fikr bildirdi», «ma’lum qildi», «aytdi», «so‘radi», «javob berdi» kabi
tarzdagi sinonimlardan foydalanish nutqni boyitadi va ta’sirchanligini oshiradi.
2) Shevaga xos bo‘lgan so‘zlardan foydalanish. Bu holat ham o‘qituvchi
faoliyatida uchraydigan asosiy kamchiliklardan biri bo‘lib, bu o‘quvchilarning
nutqini oshirishga salbiy ta’sir etadi. O‘qituvchi shevaga xos bo‘lgan so‘zlardan
umuman foydalanmasligi lozim.
3) Noo‘rin so‘zlarni tez-tez takrorlash. Masalan, «xo‘sh», «misol uchun»,
«aytaylik» kabi qator so‘zlar o‘qituvchilar nutqida ko‘p uchraydi. Bu holat ham
nutq samaradorligini kamaytirish bilan birga o‘quvchilarni chalg‘itadi. Ya’ni
o‘quvchilar beixtiyor o‘qituvchi nutqidagi noo‘rin so‘zlarni hisoblash bilan
mashg‘ul bo‘la boshlaydilar. Bu esa o‘z-o‘zidan
ularni nutqning asosiy
mazmunidan chalg‘itadi.
4) Tavtologiya – bir o‘rinda bir xil ma’noli so‘zlardan foydalanish. Masalan,
«Bir xil ma’noli sinonim so‘zlar». Bu o‘rindagi sinonimlar – bir xil ma’noli
so‘zlarni ifodalaydi. Yoki «esdalik suvenirlar». «Suvenir» - so‘zi esdalik sovg‘a
ma’nosini anglatadi. Bunday so‘zlar o‘quvchilarni so‘zlarning asl ma’nosidan
chalg‘itishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: