1-mavzu. “Statistika” fanining predmeti va uslubi
Reja:
1.1. Statistika to’g’risida umumiy tushuncha.
1.2. Statitsika fani predmeti va uning o’ziga xos xususiyatlari.
1.3. Statistika fani metodi.
1.4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistika roli va ahamiyati.
1.1. Statistika to’g’risida umumiy tushuncha.
Ilk bor statistikaning vujudga kelishi amaliy
ehtiyojlar bilan uzviy bog’liq bo’lgan. Qadim
zamonlardayoq qurolli kuchlarga layoqatli kishilar
sonini bilish, soliqqa tortish ob’ektlarini belgilash
zarurati tug’ilgan, natijada aholi soni, uning yoshi va
jinsi jihatdan tuzilishi haqidagi ma’lumotlarga
ehtiyojlar paydo bo’ldi. Bu esa davlatni aholi soni va
tarkibida bo’layotgan o’zgarishlar ustidan kuzatishlar olib borishga undagan.
Fuqarolik munosabatlari rivojlanib borgan sari ular bilan bevosita bog’liq bo’lgan
voqealarni qayd qilishga zaruriyat ortib borgan. SHuning uchun tug’ilish, o’lish,
nikohga olish, ajralish kabi hodisalarni yozib borish tartibi o’rnatilgan, keyinchalik
esa odamlarning bir joydan ikkinchisiga ko’chib yurishi bilan bog’liq bo’lgan
migratsiyasi (harakati)ni qayd qilish tartibi belgilangan. qishloq xo’jaligi savdo-
sotiq, xunarmandchilik, sanoat va boshqa sohalar hamda iqtisodiy aloqalarning
taraqqiy etishi xo’jalikka oid hodisa va amallar ustidan muntazam ravishda kuzatish
olib borishni taqazo etgan. Natijada baholar va savdo-sotiq statistikasi,
mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimoti statistikasi va boshqa iqtisodiy statistika
tarmoqlari vujudga kelgan va rivoj topgan.
Bozor munosabatlari va aholi tabaqalari orasida o’zaro aloqalar kengayishi
bilan birga davlatni iqtisodiyotga aralashuvi obektiv zaruriyat bo’lib qoladi. Bu esa,
o’z navbatida, yangidan-yangi malumotlar to’plash, iqtisodiy hayotning hamma
muhim tomonlarini qamrab olgan iqtisodiy axborot yaratish ehtiyojini tug’diradi.
SHu bilan birga davlatlar orasida xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, butun
jahon xo’jaligining shakllanishi va taraqqiy etishi ayrim milliy iqtisodiyot va butun
jaxon xo’jaligi miqyosida tovar va xizmatlar hamda daromadlarni yaratish,
taqsimlash va istemol qilish jarayonlarini har taraflama tasvirlaydigan batafsil hisob-
kitob yuritishni talab qiladi. Hozirgi kunda bu masala ayrim milliy davlatlar va
xalqaro tashkilotlarning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Jamiyat hayoti, turmushi
haqidagi
ma’lumotlarga
bo’lgan amaliy ehtiyoj
statistikani yaratdi.
Ammo, ilk bor vujudga kelishidayoq statistika
davlatni boshqarish muhim quroli sifatida shakllangan va
rivojlanib borgan bo’lsa ham, shu bilan bir vaqtda ko’pdan
ko’p voqealarni, faktlarni miqdoriy jihatdan hisobga olish
va malum darajada tartibga solish natijasida ilmiy jihatdan
juda qiziqarli materiallar ham jamg’arildi. Bu ishning
dastlabki onlaridayoq sezgir kuzatuvchi tarqoq butunlay
tasodifiy tuyulgan o’g’il yoki qiz bola tug’ilish soni,
nikoxlanish, yoki u yo bu yoshda o’lish soni va hokazo, shularga o’xshash
hodisalarda malum tartib- qoidalar borligini payqab hayratda qoldi. Natijada buning
sabablarini anglash ishtiyoqi kishida uyg’onib,ularni tushuntirish yo’llarini izlab
topish ehtiyoji tug’ildi. Ana shu ehtiyojni qondirish uchun statistika xizmat
qilaboshlashi bilan birga ilm-fan sohasiga aylandi.
Amaliy faoliyatda to’plangan tajribalarni umumlashtirish yo’li bilan dastlab
davlatni boshqarish uchun zarur malumotlar to’plash, qayta ishlash, tahlil qilish va
talqin etish qoidalari, tartiblari, yo’llari, usullari yaratildi. Statistika ana shunday fan
sifatida qaralib yangi izlanishlar asosida boyib bordi. Uning mohiyati va usullarini
takomillashtirishda matematika usullari, qurollari va yangi nazariyalaridan
foydalanish juda qo’l keldi, chunki statistika ham matematikaga o’xshab sonlar,
miqdorlar bilan shug’ullanadi, ammo shunday toifalari bilan-ki, ular sifatga ega
bo’lib, ommaviy hodisalarni o’lchash natijasida hosil bo’ladi. Pirovard oqibatda
statistik tafakkur uslubi, ya’ni statistika nazariyasi va uslubiyati (metodologiyasi)
shakllandi. Endi bu uslub nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy voqealarni o’rganishda, balki
boshqa sohalarni ham birin ketin egallay boshladi. Hozirgi vaqtda u deyarlik barcha
fan va texnika sohalarida, tajriba-eksperimentlarda, fizika, kimyo, biologiya,
arxeologiya, agronomiya, tibbiyot, psixologiya, sotsiologiya, pedagogika,
tilshunoslik, harbiy ishlar va hatto tasviriy san’atda hamda musiqa bastalashda
qo’llanilmoqda.
SHunday qilib, Statistika yuzaki qarashda oddiy so’z bo’lsa ham, lekin ko’p
qirrali mazmunga ega.
Etimologiya, ya’ni so’zlarni kelib chiqishi jihatidan
bu atama bevosita qandaydir bitta klassik - grekcha yoki
lotincha ildizga ega emas. U lotincha “status”, ya’ni
ahvol, holat degan so’zning italyancha “state” -
davlat degan so’z qiyofasini olishidan kelib chiqadi.
Statistika so’zi kundalik hayotga va ilm-fanga XVIII
asrda kirib keldi. Dastlab, savdo va moliya kapitali hamda
pul munosobatlari taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan
ehtiyojni qondirish maqsadida to’plangan mamlakat aholisi, iqtisodiy va siyosiy
ahvoli haqidagi ma’lumotlar statistik axborotlar deb yuritiladi.
Biroz keyinroq davlatning diqqatga sazovor
tomonlarini tasvirlaydigan davlatshunoslik fani paydo
bo’lib, u statistika nomi bilan, uni yaxshi egallagan
bilimdon esa statistik deb atala boshlandi. Bu fanning
ko’zga ko’rinarli namoyondasi nemis G. Axenval (1719-
Ma’lumotlarda
ifodalangan
tartib-
qoidalarni
anglash
ishtiyoqi, tushuntirish
yo’llarini topish zaru-
riyati statistikani fan
sohasiga aylan-tirdi.
Statistika
lotincha
“status”
-
ahvol, holat so’zi bilan
italyancha
“state” -
davlat so’zidan kelib
chiqib, davlat ahvoli
haqidagi fan.
Dastlab
davlatshunoslik
fani
statistika deb ataldi.
1772yy) birinchi bo’lib statistika so’zini ot sifatida qo’lladi va ilmiy odatga kiritdi.
Uning fikricha, statistika bu davlat uchun alohida ahamiyat kasb etadigan masalalar
sharhi, tasviridir. Ammo hozirgi kunda statistika atamasini bunday mazmunda talqin
etish ko’p jihatlarini yo’qotdi. Kundalik turmushimizda mamlakat iqtsodiyoti va
aholisi haqidagi ma’lumotlar to’plami statistika deb yuritilsa ham, ammo u o’tgan
asrlardagi “davlatshunoslik” dan tubdan farq qiladi.
Bu farq nafaqat axborot turlari ko’pligi va to’laligida
ko’zga tashlanib qolmasdan, shu bilan birga ularning
xarakterida ham yaqqol kuzatiladi. Endi statistika
deganda faqat miqdoriy ifodalangan axborotlar
tushuniladi. Masalan, muayyan davlatda qanday siyosiy
tizim xukmronligi, qaysi til davlat tili ekanligi
statistikaga hech qanday aloqasi yo’q, ammo siyosiy
firqolar soni, ularning maqsadi, a’zolar soni va boshqa
belgilar bo’yicha taqsimlanishi, yetakchi firqo tashkilotlari a’zolarining ijtimoiy
holati, yoshi, jinsi va boshqa belgilari bo’yicha taqsimoti, qaysi tilda qancha aholi
gaplashishi va hokazolar - bular statistikadir. Mamlakat hududiy bo’linmalarining
ro’yhati yoki jo’g’rofiy xaritada joylanishi statistika emas, biroq aholini soni,
sanoat tarmoqlari va hokazolarning hududiy kesimda taqsimoti statistikadir.
Statistikaga oid ma’lumotlar uchun umumiy o’ziga xos xususiyat shundan
iboratki, ular ayrim yakka hodisalarga tegishli bo’lmasdan, balki doimo ularning
to’plamini qamrab oluvchi umumlashtiruvchi miqdorlardir. YAkka hodisa,
to’plamdan farqli o’laroq, mustaqil va bir - biriga o’xshash tarkibiy elementlarga
bo’linmaydi. To’plam bitta yoki bir nechta hodisaga kamayishi bilan butunlay yo’q
bo’lmasdan, oldingi mavqeini saqlab qoladi. Masalan, agarda shahar aholisi orasida
bir yoki bir nechta kishi vafot etsa yoki boshqa joyga ko’chib ketsa, aholi
to’plamligicha qolaveradi. qandaydir korxona yopilsa korxonalar to’plami o’z
nomini saqlab qoladi. Ammo yakka korxonaga qarashli asosiy tsex yopilsa, korxona
o’z mavqeini yo’qotadi ya’ni ishlamay qo’yadi.
SHuningdek, shaharga bir kishi ko’chib kelishi yoki bola tug’ilishi, yangi
korxona ishga tushishi bilan mavjud to’plam o’rniga yangisi yoki ikkinchi boshqa
to’plam paydo bo’lmaydi.
Agarda hodisa yakkayu yagona bo’lib, keyinchalik unga o’xshash hodisa
yuzaga chiqishi kutilsa, u holda bu hodisa mustaqil statistika ob’ektini tashkil etadi.
Masalan, Asakadagi o’zbek-quriya qo’shma yengil mashinalar ishlab chiqaruvchi
korxona ishga tushishi bilan respublika xo’jaligida yangi tarmoq shakllanishiga asos
solindi. Demak, bu korxona statistika, ob’ekti hisoblanadi, chunki keyinchalik unga
o’xshash mashinasozlik korxonalari vujudga kelishi mumkin, xaqiqatda ham paydo
bo’la boshladi.
Statistika so’zi paydo bo’lishidan boshlab, to hozirgacha ham ko’plik, ham
birlik sonda ishlatilib kelindi va qo’llanilmoqda. Burunlari mamlakat aholisiga oid
ma’lumotlar, turli masalalarni tasvirlaydigan axborotlar tegishli hodisa yoki predmet
nomi bilan birgalikda falon voqea statistikalari deb atalar edi, masalan aholi
statistikalari (ya’ni soni), uning yosh - jinsiy yoki milliy taqsimoti statistikalari
(soni), tug’ilish yoki o’lish statistikalari (soni), savdo statistikalari, baho
Hozirgi zamon
statistikasi davlatshu-
noslikdan axborotlar-
ning
to’laligi, turli
tumanligi va xarakteri
bilan
tubdan
farq
qiladi.
statistikalari, siyosat statistikalari va hokazo. SHu bilan birga statistika so’zi birlik
shaklda ham ishlatildi, jumladan yuqorida ta’kidlaganimizdek, davlatning turli
diqqatga sazovor tomonlarini tasvirlashga bag’ishlangan davlatshunoslik fani
statistika nomi bilan yuritildi.
Hozirgi kunda hamstatistika so’zini ko’plik va birlik shakllarda qo’llash
uchrab turadi.Jumladan ingliz tilida “statistics” degan so’z bor, u alohida yolg’iz
holda ham, boshqa so’zlar bilan birgalikda ham qo’llanadi. Birinchi holda ushbu
so’z ko’plik shakliga ega bo’lib, o’zbek tiliga statistikalar deb o’giriladi. Masalan,
ilmiy gipotezalarni baholashda qo’llanadigan Styudent, Fisher, K. Pirson singari
yetuk ixtirochi olimlar nomi bilan birgalikda ishlatiladigan mezonlar tegishli tarzda
t-statistikalar, F-statistikalar, x
2
-statistikalar deb ham yuritiladi. Ikkinchi holda
“statistics” so’zi birlik sonda qo’llanadi, masalan, bussines and economics statistics
degan ibora o’zbek tilida “biznes va iqtisodiy statistika” degan mazmunga ega va
shunday shaklda o’giriladi. O’z-o’zidan ayonki, bu yerda statistics so’zi birlik sonda
ishlatilmoqda.
Hozirgi zamonda, ilm-fan gurkirab rivojlanayotgan sharoitda statistik
axborotlarga yoppasiga qiziqish ortib bormoqda. Gazeta va jurnallar, boshqa axborot
vositalari zamondoshlarimizni son - sanoqsiz statistik ma’lumotlar oqimi bilan
yog’dirib tashlamoqda. So’z avvalombor iqtisodiy va ijtimoiy statistika
ma’lumotlari, yalpi ichki mahsulot va milliy daromad hajmi, iqtisodiyot
tarmoqlarida bandlar va ishsizlar soni, tijoriy korxonalar va tashkilotlar soni hamda
ularning xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlari, banklardan olingan kreditlar hajmi va foiz
darajasi, aholi yashash qiymati indekslari, tashqi savdo ko’rsatkichlari, davlat va
korxonalarning moliyaviy holati haqidagi ma’lumotlar, iste’mol baholarining
o’zgarishi va inflyatsiya darajasi, aholi soni va uning jinsi-yoshi, yashash va
tug’ilgan joyi, kasbi va faoliyat turi, yashash manbai va boshqa belgilari asosida
taqsimotlari haqidagi ma’lumotlar, tug’ilish, o’lish, nikoxdan o’tish va ajralish
statitsikasi, ijtimoiy sug’urtalash, maorif, jinoyatchilik,diniy e’tiqod, dam olish va
sayohat statistikasi, kishining jamiyatdagi mavqeini ta’riflovchi ko’rsatkichlar - oila
garajidagi mashinalar soni, turli klublar, xayr-exson muassasalari hamda
professional tashkilotlari a’zolari soni va bilim-saviya darajasi, o’rtacha oila
daromadi, oilalarning o’rtacha daromadi bo’yicha tabaqalanishi, kambag’allik
hamda qashshoqlik statistikasi va xokazolar ustida bormoqda. Bundan tashqari, yer
kurrasida ob-havo taqsimoti, harorat va yog’ingarchilik, shamol yo’nalishi va
tezligini ta’riflaydigan mateorologiya axborotlari, turli ko’rgazmalar va konkurslar
natijalari haqidagi ma’lumotlar, masalan, go’zallar konkursi va unda ishtirok
etuvchilar soni, g’olib go’zallar haqidagi batafsil ma’lumotlar ham bu yerda nazarda
tutiladi. Statistik ma’lumotlar hajmi nihoyatda kattalashib, ijtimoiy hayot va atrof-
muhitning barcha tomonlarini qamrab ola boshlagandan buyon, bu vaziyatni e’tirof
qilish uchun statistika atamasini umumlashgan mazmunda qo’llash va grammatik
jihatdan birlik sonda uni ifodalash odat bo’lib qoldi.
Garchi faktlar gung bo’lsa ham, ularni tushunish kerak, talqin eta bilish lozim.
Statistikaga ana shunday yo’sinda yondashish natijasida bu so’zning ma’nosi boyidi,
u mazmunan yangi jihatga ega bo’ldi.
Statistika deganda ma’lumotlar to’plash jarayoni
ham ularni qayta ishlab, xolisona va aniq talqin etish
qoidalari ham tushuniladi. Ana shu mazmunda
statistika - ham fan, ham faoliyat sohasi, ham kasb
turidir. U uyushtirilgan bilim tarmog’i ham,
maqsadlarni amalga oshirish uchun kuchli qurol ham, kasbkorlik faoliyati sohasi
ham hisoblanadi. Ko’zga ko’ringan iqtisodchi olim E.Keyn shohidlik qilishicha,
ma’muriy muassasalarda ishlarni tasniflashga oid amerika ma’lumotnomasida
statistika quyidagicha ta’riflanadi: “Statistika faktlarni xulosalar yasash uchun asos
sifatida to’plash, tasniflash va miqdoriy baholash haqidagi fandir”1[1] SHu jihatdan
u tasviriy statistika nomi bilan ham yuritiladi.
Demak, tasviriy statistika deganda axborotlar
to’plash, tasniflash, umumlashtirish va talqin etish
yo’llari nazarda tutiladi. Uning diqqat markazida
ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash turadi.
Tasviriy statistika ma’lumotlarni samarali to’plash,
tartibga solish va umumlashtirilgan statistik axborotlar olish usullarini ishlab chiqish
va amalda qo’llash bilan shug’ullanadi. Bu ishda EHM dan foydalanish muhim
masala hisoblanadi. SHuning uchun iqtisodchi mutaxasislar, statistiklar EHM
yordamida axborotlar to’plash, ishlash va saqlash qoidalarini chuqur bilishlari lozim.
SHunday qilib, statistika atamasi ko’p qirrali tushuncha bo’lib, hozirgi kunda
u quyidagi mazmunlarda ishlatiladi:
-statistika deganda turmushimizning turli tomonlari - iqtisodiy, madaniy,
siyosiy, ma’naviy, sotsial-psixologik, ijtimoiy-demografik va hokazo hodisalar
hamda atrof-muhit holati haqidagi ma’lumotlar majmuasi tushuniladi. Bunday
mazmunda bu so’z ko’proq davriy matbuot sahifalarida va axborot vositalarida
ishlatiladi;
-ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash jarayoni ham statistika deb yuritiladi;
-statistik ko’rsatkichlarni hisoblaydigan va saqlaydigan, axborot xizmatlarini
ko’rsatadigan maxsus tashkilotlar nazarda tutilganda ham statistika so’zi
foydalaniladi. Masalan, gazeta saxifalarida “statistika bergan ma’lumotlarga ko’ra”
degan ibora tez-tez uchrab turadi;
-yirik korxona va idoralarda xo’jalik faoliyat haqidagi ko’rsatkichlarni
hisoblash va hisobotlar tuzish bilan shug’ullanadigan bo’lim nomi ham statistika deb
yuritiladi;
-statistika deb maxsus ilm-fan yo’nalishi ham ataladi;
-statistika deganda turli ilmiy-texnika sohalarida gipotezalar yasash, baholash
va yechimlar qabul qilish jarayonida statistik uslubiyatni tadbiq qilish ham
tushuniladi;
-nihoyat, matematikada turli mezonlar va umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar
statistika deb yuritiladi.
1[1] Э.Кейн. Экономическая статистика и эконометрика. Инглизчадан таржима. М:, Статистика, 1997
. 11
бет.
Statistika - bu fan
tarmog’i, amaliy faoliyat
sohasi, bilim yo’nalishi,
bilish quroli.
Tasviriy statistika - bu
ma’lumotlar to’plash, tas-
niflash, umumlashtirish va
talqin etish yo’llaridir.
Dostları ilə paylaş: |