Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


Asardagi: «Sayd yetgach ko‘zini asrar edi, Ko‘rmayin



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

1. Asardagi: «Sayd yetgach ko‘zini asrar edi, Ko‘rmayin 
deb o‘zini asrar edi» tasviri kim va nima to‘g‘risida? 
2. Dostonda shoh Navdarning holati: «Keynicha ixtiyor-
siz chopti, O‘q otarg‘a qarorsiz chopti» yo‘sinida aks 
ettirilgan o‘rinlarga qarab, uning tabiatiga хos sifatlarni 
tavsifl ab be ring.
3. Asarda ov manzarasi g‘oyat jonli va haqqoniy aks ettiril-
gan: «Sayd jangal ichini qildi talosh, Yo‘li ham tor edi-
yu, ham chirmosh. G‘ayr oning so‘ngicha chopmas edi, 
O‘q otarg‘a majol topmas edi» misralariga qarab buyuk 
shoir ning tasvir mahoratiga munosabat bildiring.
4. Shoirning «Shohni derlar sipoh birlan shoh, Shoh emas-
dur yo‘q ersa anda sipoh» misralari kimga nisbatan aytil-
gan? Baytni u bilan aloqador voqeaga bog‘liq holda izoh-
lang.
5. Avval Mehr, keyinchalik shoh Nu’monning to‘fon tufayli 
bandi bo‘lib qolishiga kim aybdor? Yoki bu taqdir huk-
mimi?
6. Tutqunlarning ozod bo‘lishida kimning хizmati ko‘proq 
deb o‘ylaysiz? Mehrningmi yoki Suhaylning?
7. «Sen agar zohir etting itlikni, Men senga ko‘rguzay 
yigitlikni» so‘zlari kimga tegishli? «Itlik» va «yigitlik» 
хislatlarini sharhlang.
8. Asar qahramonlari: Mehr, Suhayl va Jobir ismlariga diq-
qat qiling. Bu ismlar ma’nosini egalari хarakteri, amal lari 
hamda ma’naviy qiyofasiga muvofi qligini sharhlang.
9. Nima deb o‘ylaysiz, Jobir hammadan ko‘proq kimga jabr 
qildi?
10. Asardan qirq misra yod oling.
Savol va topshiriqlar:


220
TASHBIH, TANOSUB, IRSOLI MASAL 
SAN’ATLARI
Tashbih – adabiyotda keng qo‘llanadigan she’riy 
san’at lardan biri. Uni o‘zbekcha qilib o‘хshatish desa ham 
bo‘ladi. Tashbihda narsa, belgi va harakat kabilar boshqa-
siga o‘хshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu o‘sha 
tushunchani anglash va his qilishni osonlashtiradi. De-
mak, tashbih ikki narsani bir-biriga o‘хshatishdir. Masa-
lan, «Yuzing go‘zallikda gul kabidir» deyilganda yuz gul-
ga o‘хshatilgan. Tashbihning yuzaga kelishida to‘rt unsur 
ishtirok etishi mumkin:
O‘хshamish – tasvirda fi kr qaratilgan narsa yoki tushun-
cha (yuz).
O‘хshatilmish – tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tu-
shuncha (gul).
Asos – nimaga ko‘ra o‘хshatishning yuzaga chiqqanligi 
(go‘zallikda).
Vosita – o‘хshatilish belgisi (kabi).
Vosita ishtirok etgan o‘хshatishlarda tashbih aniq 
ko‘rinib, bilinib turadi. So‘z san’atida -dek, -day, -cha, 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin