Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi


YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/37
tarix06.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#86903
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
b1c5bbe02af98b6a7bff99222b365a67 ROBOTOTEXNIKAGA KIRISH

YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o‘tkaziladi. 
Talabaning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning 
reyting tizimi asosida talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali 
ifodalanadi. 
«Robototexnika» fani bo‘yicha talabalarning semestr davomidagi 
o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. 
Ushbu 100 ball baholash turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: 
Ya.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa J.N.-35 ball va O.N.-35 ball qilib 
taqsimlanadi. 
Ball 
Baho 
Talabalarning bilim darajasi 
86-100 
A’lo 
Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil 
mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. 
Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega 
bo‘lish. 
71-85 
Yaxshi 
Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. 
Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega 
bo‘lish. 
55-70 
Qoniqarli 
Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish 
Tasavvurga ega bo‘lish. 
0-54 
Qoniqarsiz 
Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik. Bilmaslik. 
• Fan bo‘yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash 
balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi. 
• Talabalarning o‘quv fani bo‘yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy 
nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan 
kelib chiqqan holda baholanadi. 
• Talabaning fan bo‘yicha reytingi quyidagicha anikdanadi: R =O‘·V/100 bu 
yerda: V- semestrda fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklamasi (soatlarda); O‘-fan 
bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda). 
• Fan bo‘yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 
foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‘plagan talaba yakuniy 
nazoratga kiritilmaydi. 
• Joriy JN va oraliq ON turlari bo‘yicha 55 bal va undan yuqori balni 
to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha yakuniy 
nazoratga kirmasligiga yo‘l qo‘yiladi. 
• Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy balihar bir 
nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yig’indisiga teng. 
ON vaYaN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan 
tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‘tkaziladi. YaN semestrning oxirgi 2 
haftasi mobaynida o‘tkaziladi. 


JN va ON nazoratlarda saralash balidan kam ball to‘plagan va uzrli 
sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun
navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa 
yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi. 
Talabaning semestrda JN va ON turlari bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu 
nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr yakuniy joriy, 
oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari yig’indisi 55 baldan kam 
bo‘lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi. 
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi 
natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza 
bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga 
ko‘ra rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyasiya 
komissiyasi tashkil etiladi. 
• Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu 
kunning o‘zida xulosasini bildiradi. 
Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda 
o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra muduri, o‘quv-
uslubiy boshqarma hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat 
qilinadi. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin