`
153
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
MO’G’ULLARNING MOVAROUNNAHR, XORAZM VA XUROSONGA
QILGAN HARBIY YURUSHLARI
1
Panjiyev Jamshid,
2
Nuriddinova Rohila,
3
Mo’minova Iroda
1,2,3
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7381292
Annontatsiya: Mo'g'ul xalqi an'anaviy ravishda jangchi bo'lgan va
yoshligidanoq jangga kirishishga yoshligini o'rgatgan. Shunga qaramay,
Chingizxonning harbiy tashkilotga kiritgan modifikatsiyalari Evropaning
darvozalariga etib borgan imperiyaning kengayishiga olib keldi.Movarounnahr,
Xuroson va Xorazmga qilingan yurishga shaxsan Chingizxonning o’zi boshchilik
qildi. Chingizxon 1218 yili qoraxitoy Kuchluk davlatini tugatgach, uning davlati
chegaralari bevosita Xorazmshohlar davlati bilan tutashdi.
Urushning asosiy
bahonasi 1218 yili mo’g’ullar savdo karvonining O’trorda talanib, 400 nafar
savdogar (yoki josus)ning qatl etilishi edi.
Kalit so’zlar: Irtish , Ediku , O’zgan, Barchinlikеnt, Jand, Yangikеnt, Gurxon,
Oloqnuyon, Sukеtu Chеrbi.
1219-yilning oxirlarida Chingizxon Xorazmshoh Muhammadga qarshi
urush harakatlarini boshlaydi. Chingizxonga uyg’ur
xoni Edikut va Olmalik
hukmdori Sig’noqtakin kuchlari ham qo’shiladi. Chingizxon Irtish qirg’oqlaridan
to Sayxun sohillarigacha bo’lgan harakati davomida hech qanday qarshilikka
duch kеlmaydi. Hujumning dastlabki zarbasi O’trorga qarshi qaratiladi. Shu
yerda Chingizxon o’z lashkarlarini to’rt qismga bo’ladi va Movarounnahr va
Xorazmni tеzroq zabt etish maqsadida ularni to’rt yo’nalish bo’yicha
yalpi
hujumga tashlaydi. U o’g’illari Chigatoy va O’qtoylarni O’tror shahrini qamal
qilishga qoldiradi, va buning uchun 100 ming kishilik lashkar ajratadi. Yana bir
o’g’li Juchini ikkinchi qism lashkarga bosh qilib,
Sirdaryo etaklari tomon
yuboradi va unga Sig’noq, O’zgan, Barchinlikеnt, Jand, Yangikеnt va boshqa
shaharlarni bosib olishni topshiradi. Uncha katta bo’lmagan 5 ming 5
minglik
qo’shinga Oloqno’yon va Sukеtu Cherbi ismli sarkardalar qo’mondon etib
tayinlanadi. Ularning vazifasi, Sirdaryoning o’rta sohili bo’ylab, uning yuqori
oqimida joylashgan Binokat va Xo’jand shaharlarini egallashdan iborat edi.
Chingizxonning o’zi kichik o’g’li Tulixon bilan
birgalikda Movarounnahrning
katta qismini Muhammadning boshqa yеrlaridan kеsib qo’yish va qamal qilingan
shaharlarga yordam yuborilishiga to’sqinlik qilish maqsadida Buxoroga yurish
boshlaydi. [1]