Мавзу: фуқаролик жамияти фанининг предмети, объекти, мақсад ва вазифалар



Yüklə 496,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix10.03.2023
ölçüsü496,4 Kb.
#87205
1   2   3   4
njTwMvn7DZJ2gLUjj3jPaAydBlZtqwCgC24Q2GLO

Fuqarolik jamiyati – bu uzoq va
bosqichma-bosqich tarzdagi tarixiy
rivojlanish natijasidan iborat
bo'lib, fuqarolik jamiyati
shakllangan va rivojlangan oraliq
davr – bir necha avlodlarning
yangi jamiyat qurishdagi ishtiroki.
Fuqarolik jamiyati – bu
rivojlangan mamlakatlarda
va O'zbekistonda fuqarolik
jamiyatini shakllanish va
rivojlanish jarayoni
hisoblanadi.


Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi to'g'risidagi
umume'tirof etilgan qonuniyatlarni 2 guruhga ajratish mumkin.
1-guruh. Fuqarolik
jamiyatining shakllanishi va
rivojlanishi to'g'risidagi
umum e'tirof etilgan
qonuniyatlar.
2-guruh. Har bir
mamlakatlarning milliy va
tarixiy rivojlanishidagi o'ziga
xos jihatlarini xisobga
oladigan qonuniyatlar.
Asosiy tushunchalari: fuqaro, jamiyat, fuqarolik
jamiyati, davlat, huquqiy davlat, siѐsiy institutlar, 
fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning huquq va
erkinligi, inson huquqlari, jamiyatining ijtimoiy
tuzilmasi, jamiyatining iqtisodiy asoslari, demokratik
institutlar, qonun ustuvorligi, saylov, saylov huquqi, 
fuqaroviylik, fuqaro faolligi, yurt tinchligi, Vatan
ravnaqi, xalq farovonligi, yuksak ma'naviyat, daxldorlik
hissi, ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish, 
o'zini o'zi boshqarish, Millatlar va konfessiyalararo
totuvlik, jamoatchilik nazorati, davlat organlari
faoliyatining ochiqligi, ijtimoiy sheriklik kabilardir.


Shuni ta'kidlash lozimki, insoniyat
taraqqiyotining Aristotel, Platon, Tsitseron va
boshqa mutafakkirlar yashagan tarixiy bosqichida
fuqarolik jamiyati deganda davlatni tushungan. 
Bu hol ancha uzoq vaqt mavjud bo'lgan va
iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy
munosabatlarning rivojlanish darajasi (mehnat
taqsimotining primitiv shakllari, tovar-pul
munosabatlari rivojlanishining dastlabki bosqichi, 
jamiyat hayotini davlat tasarruf etishi, ijtimoiy
tuzilmaning tabaqaviyligi) bilan bog'liqdir.
Fuqarolik jamiyatining ba'zi bir unsurlari antik
dunyoning ayrim mamlakatlarida mavjud bo'lib
(Yunoniston, Rim), bu erda hunarmandchilik
va savdo-sotiqning rivojlanishi xususiy
huquqning ayrim institutlari (ayniqsa, Rim 
xususiy huquqi)da mustahkamlangan tovar-pul
ishlab chiqarishini vujudga keltirdi. Biroq, 
holat faqat fuqarolik jamiyatining ayrim
mintaqalarda vujudga kelgan va tabaqalashgan
vertikal tuzilmalari va ularning bilan
uyg'unlashgan unsurlaridan iborat edi, xolos.


Ijtimoiy-siyosiy fanlarda fuqarolik
jamiyati va "davlat" tushunchalari uzoq
vaqt uchalik farqlanmay keldi, ular aynan
tushunchalar sifatida qabul qilindi. Biroq, 
XVII asr o'rtalaridan boshlab, jamiyatning
turli jabhalarini tabaqalashishi, ularni
davlat hokimiyati boshqaruvidan
chiqarish, uzviy huquq va erkinliklarga
ega bo'lgan erkin va mustaqil individni
kamol toptirish jarayoni ijtimoiy
taraqqiyotning ikki tamoyilini yuzaga
keltirdi va ularni ijtimoiy ong va fanda aks
ettirish zarurati paydo bo'ldi.
Fuqarolik jamiyati
kategoriyasi tarixan insoniyat
rivojlanishining shunday bir
alohida yo'nalishini aks
ettiradiki, u har bir davrning
o'ziga xos murakkablgini
oqilonalik, erkinlik, farovonlik
va adolat hukm suruvchi ideal 
jamiyat modelini yaratishga
intilishi bilan tavsiflanadi.


Yevropa va Amerika mamlakatlarining, katta
mintaqalarida fuqarolik jamiyatining shakllanishi
yangi davrda boshlandi. Olimlar va mutaxassislar
fikriga ko'ra, fuqarolik jamiyatining rivojlanishini
uch bosqichga ajratish mumkin. Bunda bir
bosqichdan keyingi bosqichga o'tishda jamiyat va
davlat tuzumida katta o'zgarishlar, ijtimoiy va
siyosiy tangliklar, ommaviy harakatlar, sinflarning
to'qnashuvlari, jamiyat mafkurasida tub 
o'zgarishlar yuz bergan.Birinchi bosqich shartli
ravishda XVI-XVII asr. Bu davrda fuqarolik
jamiyatining iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy
asoslari yaratildi. Ular jumlasiga sanoat va
savdoning rivojlanishi, ishlab chiqarish turlarining
ixtisoslashuvi, mehnat taqsimotining teranlashuvi, 
tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi kiritish
mumkin. Shuningdek, yagona markazlashgan
davlatlarning tashkil topishi bilan feodal tarqoqlik
davrida mavjud bo'lgan tengsizlik, 
huquqsizliklarga barham berishga e'tibor berila
boshlandi.

Yüklə 496,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin