-
47
-
murakkab bo’lsa, unga shuncha mehnat sarfi va boshqa xarajatlar ko’p bo’ladi va
mahsulot tannarxini oshiradi. Mahsulot ishlab chiqarish qancha oson bo’lsa, mos
ravishda ishlab chiqarish tannarxi xam pastrok bo’ladi.
Ikkinchi gurux omillari.
Resurslar qiymati - resurslar qiymati ya’ni bir birlik mahsulotni ishlab
chiqarish uchun sarflanadigan moddiy xarajatlar qancha kimmat bo’lsa, mos ravishda
mahsulot tannarxi xam oshadi. Va aksincha resurslar qiymati qancha arzon bo’lsa,
mahsulot ishlab chiqarish tannarxi shuncha past bo’ladi.
Ishlab chiqarish xajmi - qancha kup mahsulot ishlab chikariladigan bo’lsa, bir
birlik mahsulot tannarxi shuncha past bo’ladi va aksincha qancha kam mahsulot
ishlab chikarilsa, mahsulot tannarxi oshadi.
Samaradorlik - korxona
qancha samaradorlikka erishsa, bunda mahsulot
ishalab chiqarish tannarxi xam shuncha past bo’ladi va aksincha samaradorlik past
joyda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi shuncha yukori bo’ladi.
Texnologiya - korxona faoliyatida texnologiyalar qanchalik zamonaviy, yangi
bo’lsa, mahsulot unumdoriligiga erishilib, mahsulot
ishlab chiqarish tannarxi
shuncha kamayadi. Texnologiya, asbob-uskunalar yaxshi bulmagan ishlab chiqarish
jarayonida, samaradorlik past bo’lib, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi oshadi.
Joylashgan joyi - korxonaga moddiy va mehnat resurslari
sotib olish bozori
xamda ishlab chikargan mahsulotini Sotish bozori qancha yakin bo’lsa, mahsulot
ishlab chiqarish xarajatlari transport xarajatlari evaziga kamayib,
mahsulot tannarxi
shuncha kamayib, sotish bahosi xam shuncha arzon bo’ladi. Korxona bunday
bozorlardan qanchalik uzoq bo’lsa, mahsulot tannarxi shuncha oshadi.
Sotish xarajatlari - sotish xarajatlari mahsulot sotish bilan bog’liq barcha
xarajatlar bo’lib, bu xarajatlar qancha kup bo’lsa,
bu mahsulot sotish bahosini
oshirishga sabab bo’ladi.
Mahsulot tannarxi korxona moliya xo’jalik faoliyatini xamma tomonlarini aks
ettiruvchi ko’rsatkichlardir. Shu tufayli ishlab chiqarish xarajatlarini to’g’ri xisobga
olish va mahsulot tannarxini kalkulyasiya kilish xamda tahlil kilish muxim ahamiyat