26
Savol va topshiriqlar
1. Kishilik olmoshlari deb nimaga aytiladi?
2. Kishilik olmoshlari qaysilar?
3. Kishilik olmoshlari ishtirokida gaplar tuzing.
56-mashq.
Uyga vazifa. Kishilik olmoshlarini qatnashtirib, «Maktabi-
mizda gullar bayrami» mavzusida matn tuzing.
O‘ZLIK OLMOSHI
1-topshiriq. Berilgan gaplardagi
o‘z so‘zining ma’nosini aniqlang.
Ajratib ko‘rsatilgan gapdagi fikrga hayotingizda amal qilasizmi?
1. O‘zga yurtda shoh bo‘lgandan ko‘ra o‘z yurtingda gado bo‘lgan
afzal. (
Maqol) 2. Biz o‘z tuprog‘imizni ko‘z qorachig‘idek asraymiz.
3. O‘zimga o‘zim gapira boshladim. 4.
O‘zingni er bilsang, o‘zgani
sher bil. (
Maqol) 5. Yutuqlar o‘zimizniki.
2-topshiriq. Yuqoridagi gaplarda
o‘z so‘zi qanday gap bo‘laklari
vazifasida kelayotganini ayting.
3-topshiriq. O‘zim, o‘zing, o‘zi olmosh shakllarini
men, sen, u
olmoshlariga bog‘lab, birikma hosil qiling.
N a m u n a: Mening o‘zim.
Kishilik olmoshlari o‘rnida qo‘llanilib, ko‘pincha
shaxsni, ba’zan predmetni ko‘rsatuvchi o‘
z so‘zi o‘zlik
olmoshi sanaladi.
O‘zim, o‘zing, o‘zi so‘zlari ba’zan egalik qo‘shim-
Dostları ilə paylaş: