41
Savol va topshiriqlar
1. Juft olmoshlar deb nimaga aytiladi?
2. Takroriy olmoshlarga misollar keltiring.
3. Juft va takroriy olmoshlar qanday yoziladi?
90-mashq.
Uyga vazifa. «Mustaqil O‘zbekiston ramzlari haqida
o‘ylar» mavzusida matn tuzing. Matnda juft va takroriy olmoshlarni
qo‘llang.
MUSTAHKAMLASH
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Olmosh deb nimaga aytiladi?
2. Kishilik olmoshlariga misollar keltiring.
3 O‘zlik olmoshlariga misollar ayting.
4. So‘roq olmoshlari ishtirokida gaplar tuzing.
5. Belgilash olmoshlari qanday so‘roqqa javob bo‘ladi?
6. Bo‘lishsizlik olmoshlari qanday hosil qilinadi?
7. Sodda olmoshlar qaysilar?
8. Qo‘shma, juft va takroriy olmoshlarga misollar keltiring.
?
?
42
1-topshiriq. Gaplarni ko‘chiring.
Olmoshlarni topib, ma’no gu-
ruhlariga ajrating.
1. U har yili ta’tilni o‘z qishlog‘ida, ota-onasi bag‘rida o‘tkazadi.
(
A. Qosimov) 2. Akajon, akajon! U bizning laylak emas. Siz aqlli-
siz-ku! O‘sha cho‘loq bilan teng bo‘lasizmi? (
S. Sirojiddinov)
3. Qiziq, unda nimaga asoslanib shunday qarorga keldingiz?
(
A. Karimov) 4. Har kim bilganicha maslahat bera boshladi.
(
N. Norqobilov)
2-topshiriq. Kim, bu, o‘sha, barcha, har nima, nimadir ol-
moshlariga egalik va kelishik qo‘shimchalarini qo‘shing,
ular ish-
tirokida gaplar tuzing va yozing, olmoshlarning
imlosiga diqqat
qiling.
3-topshiriq. «Halqa» o‘yinini o‘tkazing. Navbatma-navbat ol-
moshlarga misol ayting.
Kim ayta olmasa, o‘yindan chiqariladi.
Oxirida qolgan o‘quvchi g‘olib sanaladi.
4-topshiriq. Uyga vazifa. «Sen ham, siz ham bir og‘izdan chiqadi»
mavzusida matn tuzing. Siz kimlarni sizlaysiz va nima uchun? Shu
haqda gapirib bering.