55
Davomi
Ot va otlashgan so‘zlarning egalik qo‘shimchalari
bilan shaxs va sonda hamda kelishik qo‘shimchalari bilan
o‘zgarishi turlanish deyiladi.
113-mashq.
Gaplarni yozing, ismlarning turlanishini aniqlang. Sirojiddin
Sayyidning she’ri haqida fikr bildiring.
1. Hikmatni anglamoqning o‘zi bir hikmat. (
O. Mahmudov)
2. Sen o‘zingning eson-omonligingni tilasang, tilingdan zinhor
yaramas so‘zlarni chiqarma. (
Yusuf Xos Hojib) 3. Asal bor yerda
arisi ham birga bo‘ladi. (
Ahmad Yugnakiy) 4. Do‘stlar dilini
ranjitish dushmanni murodga yetkazishdir. (
Koshifiy) 5. Yomon
odamga yo‘ldosh bo‘lgandan ko‘ra o‘tda kuygan afzal. (
«Otalar
so‘zi») 6. Sabr shunday bir kuchli narsadirki, g‘azabni shijoatga,
shiddatni halimga, kattalikni tavozega, yomonlikni yaxshilikka
aylantirmaklikka quvvati yetar. (
Abdulla Avloniy) 7. Kishini
go‘zal qilib turadigan uning chiroyi emas, balki chiroyli xul-
qidir. (
Xurramiy)
8. Har keksa, har yoshning zahmatlarida,
Azim chinorlarning hikmatlarida,
Hazrat Yassaviyning xilqatlarida,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.
(
Sirojiddin Sayyid)
Dostları ilə paylaş: