Verska(1 128) 2017 yil p65


Uchun, bilan, va, chunki yordamchi so‘zlaridan foyda-



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

Uchunbilanvachunki yordamchi so‘zlaridan foyda-
lanib, gaplar tuzing. Ularning gapdagi vazifalarini izohlang.
153-mashq.
 Gaplarni ko‘chiring. Yordamchi so‘zlarning tagiga chizib,
izohlang. «Inson baxt uchun tug‘iladi». Shu fikrga munosabatingizni
bildiring.
1. Xalqning sabr-toqati cheksiz emas. U dengizga o‘xshaydi:
goh to‘lib, goh ozayib turadi. 2. Xalqimiz faqat jisman emas,
ruhan ham uyg‘oq bo‘lmog‘i darkor. 3. O‘z tarixi va ajdodlarini
siylagan xalqning kelajagi, albatta, porloq bo‘ladi. 4. Ma’na-
viyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan
singadi. 5. Aslida, inson baxt uchun, dunyo ne’matlaridan
bahramand bo‘lish uchun tug‘iladi. («Inson baxt uchun tug‘iladi»


74
kitobidan) 6. Xizmatkorlar och, lekin boyning oldiga borishga
hech kimning yuragi dov bermaydi. (G‘afur G‘ulom) 7. Axir,
men uning chinakam sehrli qalpoq ekanligini sinab ko‘rishim
kerak edi-da...(X. To‘xtaboyev) 8. Kun botgan, lekin atrof hali
yorug‘ edi. (O. Yoqubov)





154-mashq. 
Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni izohlang. Uchinchi gapning
mazmunini tahlil qiling.
1. Polvonning qo‘li kuch bilan o‘ziga tortar, ammo bir
qarich ham oldiga siljitolmasdi. (Said Ahmad) 2. Mehmonlar
osh-suv taraddudiga yo‘l qo‘ymasdan, sut-qatiq bilan quruq
choy ichib, darhol o‘tirgan joylariga uzandilar va aravada urinib
kelganlari uchun uzanar-uzanmas uyquga ketdilar. (Cho‘lpon)
3. Shijoatli bo‘l, biroq andishasiz bo‘lma. Andishali bo‘l, biroq
shijoatsiz bo‘lma. (O‘. Hoshimov) 4. Duo bilan el ko‘karar,
yomg‘ir bilan yer ko‘karar. (Maqol) 5. Bir kuni tong bilan
to‘satdan bahor jarchilari – qaldirg‘ochlar ham paydo
bo‘lishdi. (M. Qoriyev) 6. O‘zingiz ham bog‘dan beri kelma-
dingiz-da. Qachon bo‘lmasin, o‘sha yoqdasiz. (O‘. Umarbekov)
7. Buyuk bobomiz faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, urdu,
xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat
bilan foydalangan. (O‘. Hoshimov) 8. Sizni ovqat ustida bezovta
qilayotganim uchun uzr so‘rayman, – dedi qo‘lini ko‘ksiga
qo‘yib. (O‘. Hoshimov)

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin