79
Sof ko‘makchilar
Vazifadosh ko‘makchilar
VAZIFADOSH KO‘MAKCHILAR
1-topshiriq. Gaplardagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning
mustaqil
so‘z va ko‘makchi vazifasida kelgan o‘rinlarini aniqlang.
1. Gap futbol o‘yini
ustida ketardi. 2. Qoziq
ustida qor turmas.
(
Topishmoq) 3.
Orqadan chuqur soy oqardi. (
Shuhrat) 4. Muxbirimiz
telefon
orqali xabar berdi. («
Turkiston»dan)
2-topshiriq. Bu so‘zlarni qaysi o‘rinlarda
haqida,
to‘g‘risida,
bilan
ko‘makchilari bilan almashtirish mumkinligini ayting.
Vazifadosh ko‘makchilar: ost, yon, ust, old, orqa,
ro‘para, qosh ot so‘z turkumidan, oldin, avval, keyin,
so‘ng, tomon ravish so‘z turkumidan, bo‘
ylab, qarab,
ko‘ra, deya, deb, atab fe’l so‘z turkumidan hosil bo‘lgan.
Bunday so‘zlar ko‘makchi vazifasida kelganda, o‘z ma’-
nosini yo‘qotadi, shuning uchun ma’lum so‘roqqa javob
bo‘lmaydi. O‘zi qo‘shilgan so‘z bilan birgalikda bitta
so‘roqqa javob bo‘ladi.
164-mashq.
Ich, o‘
rta, qarab, ust so‘zlarini qatnashtirib gaplar tuzing.
Bunda berilgan so‘zlar avval ko‘makchi vazifasida, keyin mustaqil so‘z
vazifasida qo‘llansin. Ularning farqini tushuntiring.
♦
♦
♦
♦
♦
165-mashq.
Berilgan ko‘makchilarning sof yoki vazifadoshligini
aniqlab, jadvalga joylashtiring.
Bilan, sari, kabi, tomon, uchun, ko‘ra, bo‘ylab, keyin, haqida,
sababli, ichida, oldida, to‘g‘risida, qadar, qarab, qarshi, tufayli,
sayin.
Dostları ilə paylaş: