IV. GLOSSARIY.
1. Aholi – ma’lum hududda (Er shari, uning qismlari) yashayotgan kishilar guruhi.
2. Aholining lingvistik tasniflash - aholining til hususiyatlariga ko’ra tasniflash.
3. Aholi manzilgohi - ma’lum bir shaklga ega bo’lgan aholining hududiy joylashishi.
4. Antropogeografiya - odamlarning paydo bo’lishi va geografiyasini (tarqalishi)
o’rganuvchi fan.
5. Aholining tug’ilish ko’rsatkichi - yil davomida har 1000 kishiga nisbatan tirik tug’ilgan
aholi soni.
6. Assimlyatsiya- ayrim xalqlarning
etnik birliklari yaqin, ba’zan uzoq bo’lgan halqlar
bilan aralashib (qorishib) ularning etnik belgilarini o’zlarida
mujassamlashtirib, o’zlarinikini
esa yo’qolib ketishi.
7. Aholining tabiiy o’sishi - o’lim ko’rsatkichiga nisbatan tug’ilishning yuqori bo’lishi.
8. Aqliy talofat - yuqori malakali hodimlarning xalqaro migratsiyasi.
9. Aholining tabiiy ko’payishini brutto koeffitsienti – ayollar o’z umrida ko’rgan (tuqqan)
barcha qiz farzandlar umumiy sonining barcha ayollarga bo’lgan o’rtacha nisbati ko’rsatkichi.
10. Aholi tabiiy ko’payishining netto koeffitsienti –tug’ilgan qiz bolalarning salomat
(o’lmay) qolgan sonini barcha ayollarga nisbati ko’rsatkichi.
11. Aglomeratsiya – lotincha “aglomerare” –
birikish, qo’shilish so’zidan olingan bo’lib,
aholi punktlari,
asosan shaxarlar, shuningdek qishloqlarning intensiv xo’jalik, mehnat va
madaniy-maishiy hamda rekreatsion aloqalar bilan bog’lanib, yagona
birlikni tashkil qilgan
kompakt (gavjum) xududiy guruxi. Agromeratsiya aholining gurux bo’lib joylashishining eng
rivojlangan shakli xisoblanadi. Aholi punktlari aglomeratsiyasi aholi zich joylashgan Farg’ona
vodiysida keng rivojlangan.
12. Demografiya – lotincha “demos” – halq, aholi, “grafo” – yozaman, degan so’zdan
olingan. 1662 yilning yanvarida ingliz savdogari, kapitan Jon Traunta tomonidan demografiya
so’zi ilk bor fanga kiritilgan. Demografiya – aholining tug’ilish, o’lim, tabiiy ko’payish, nikoh
va ajralish, oila,
aholi soni, o’sishi, yosh, jinsiy tarkibi, zichligi (demografik sig’im),
migratsiya kabi jarayonlarni o’rganadi.
Dostları ilə paylaş: