73
- oliy ta’lim to‘g‘risidagi normativ-huquqiy va direktiv hujjatlar;
- bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura ixtisoslari bo‘yicha o‘quv
jarayonini tashkil etish va uning sifatini ta’minlashning zamonaviy
metodlari;
- asosiy o‘quv rejalari va o‘quv fanlari dasturlarini
takomillashtirish
prinsiplari;
- o‘quv yuklamalarini rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat
qilish metodlari;
- o‘quv fanlari mazmuni va ularni o‘qitishdagi izchillik asoslari;
- o‘quv mashg‘ulotlarining har xil turlarini (leksiyalar, amaliy
mashg‘ulotlar, laboratoriya mashg‘ulotlari,
kurs ishlari loyihalari, malaka
bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni) o‘tkazish metodikasi;
- talabalar o‘rtasida milliy mustaqillik g‘oyalari asosida ma’naviy-
axloqiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish prinsiplari;
- pedagogika va kasb-hunar bo‘yicha muomala qilish nazariyasi va
amaliyoti;
- ta’lim jarayoni qatnashchilari bilan o‘zaro
munosabatlarda etika
normalari va nutq madaniyati;
- chet tillardan bittasida so‘zlashuv nutqi asoslari;
- mustaqil ta’lim olish yo‘li bilan o‘z bilimlarini takomillashtirish
metodlari;
- talabalarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish prinsiplari;
- bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlarida izchillik va
moslashuvchanlikni tashkiliy va metodik ta’minlash;
- kadrlar buyurtmachilari va mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan
holda o‘quv rejalarini va fanlar dasturlarini shakllantirish asoslari;
- talabalarning o‘z bilimini mustaqil oshirishini
tashkiliy va metodik
ta’minlash;
- talabalarning bilimlari, mahoratlari va ko‘nikmalarini reyting
bo‘yicha nazorat qilishni tashkil etish va ilmiy-metodik ta’minlash
asoslari;
- kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar;
- ta’lim, fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashni
tashkil etish
asoslari;
74
- iqtidorli talabalarni qidirib topish, tanlash va ular bilan ishlash
metodlari;
- oliy ta’limda menejment va marketing asoslari.
Uzluksiz ta’lim tizimi pedagog kadrlarining alohida lavozim toifalarga
qo‘yiladigan malaka talablari tegishli ta’lim
turini boshqarish organi
tomonidan belgilanadi.
Qayta tayyorlash yoki malaka oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini
muvaffaqiyatli bajargan pedagog kadrlarga tegishli ravishda davlat
namunasidagi quyidagi hujjatlar beriladi:
malaka oshirish haqidagi sertifikat — kamida 144
soat hajmidagi
ta’lim dasturlarini o‘tagan shaxslar uchun;
qayta tayyorlash haqidagi diplom — kamida 576 soat hajmidagi ta’lim
dasturlarini o‘tagan shaxslar uchun.
Ta’lim haqidagi davlat namunasidagi hujjatlar O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (shu jumladan bilvosita shakllar) o‘z
vaqtida pedagogning reyting daftarchasida qayd etiladi, uning namunalari
va uni to‘ldirish tartibi tegishli ta’lim turini boshqarish davlat vakolatli
organi tomonidan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: