193
http://interscience.uz
kompetensiya – bu ma’lum fan haqidagi protsedurali va qiymatli mazmunli
bilimlar majmui bo‘lsa, kompetentlik esa – bu “bilimlarni qo‘llash –
kompetensiyaning harakatga kelishi”, ya’ni
individning muayyan kasbiy
vaziyatda faoliyat yurita olishini xarakterlovchi keys kategoriyadir. Bunday
kompetensiyalarni I.A.Zimnyaya insonga shaxs, faoliyat sub’ekti sifatida
ijtimoiy soha xususiyatlari va odamlarning o‘zaro bog‘liqligidan kelib
chiqishini ta’kidlaydi[8].
V.D.Simonenkoning “Umumiy va kasbiy pedagogika” kitobida
ijtimoiy
kompetensiyalarga alohida o‘rin ajratilib, “mutaxassisning madaniyatlararo
va tarmoqlararo bilimlar, ko‘nikma va malakalarining turli kasbiy jamoalarda
ishlab chiqarish faoliyatida uyg‘unlashuvi” sifatida belgilangan[9].
Tadqiqotchi olim N.Muslimovning fikricha, kompetentlik – bu talabaning
shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatni
amalga oshirilishi
uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi hamda
ularni kasbiy faoliyatda qo‘llay olishi bilan ifodalanadi. Mazkur o‘rinda
«kompetentlik» tushunchasining mohiyati ham to‘la ochiladi, u quyidagi ikki
ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: kompetentlik talabalarning shaxsiy sifatlari
to‘plami hamda kasbiy sohaning tayanch talablari sifatida.
Yuqoridagi ta’riflarning tahlili shundan dalolat beradiki, ko‘nikma va
qobiliyatlar (faoliyat komponentlar) bilan bir qatorda ijtimoiy kompetensiya
tarkibiga kognitiv tarkibiy qismlar (tushunish, ifodalash, tahlil qilish va h.k),
shuningdek, shaxsning fazilatlari ham kiradi.
Ta’lim sohasidagi kompetensiyaga asoslangan yondashuvning konseptual
qarashlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy pedagogikada [10]
“boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatda, oilani, oilaviy munosabatlarni
mustahkamlash va farzandlarni tarbiyalashda “ongli” va o‘zlarining ijtimoiy
– pedagogik imkoniyatlarini amalga oshirish qobiliyati” deb hisoblaydi”[11].
Shu jihatdan N.Yu.Rajinovning ijtimoiy
kompetensiyaning asosiy
ko‘rsatgichi, assertivlik, ya’ni shaxsning o‘ziga ishonchi (ishonchsizligi)
ekanligi to‘g‘risidagi fikri diqqatga sazovor, deb bilamiz. Psixologik
adabiyotlarda “kompetentlik” tushunchasi hatti–harakatlarning xususiyatlari,
shaxs
faoliyatining dominant shakli, hayot faoliyati to‘g‘risidagi hozirgi
bilim darajasi bilan bog‘lab talqin qilinadi. Shu bilan birga, kompetentlikning
tabiatini psixologik tushunish asosan belgilangan shaxsiy sifatiga – fazilatiga
qaratilgan.
S.N.Krasnokutskayaning ta’kidlashicha, ijtimoiy kompetensiya shaxs
ijtimoiylashuvning ajralmas qismi bo‘lib, bu ijtimoiy rollarning o‘zgarishiga
dosh bera oladigan shaxsning boshqalar bilan hamkorlik qilish,
aloqalar
o‘rnatish, oson moslashuv, o‘zgarishga tayyorlik, o‘z taqdirini o‘zi belgilash,
o‘z harakatlarining oqibatlari uchun ijtimoiy javobgarlikni o‘z zimmasiga
olish qobiliyatini ko‘zda tutadi[3].
Образование и инновационные исследования (2022 год №10)
ISSN 2181-1717 (E)
Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил №10)
ISSN 2181-1709 (P)
194
Education and innovative research 2022 y. №10
Bo‘lajak
pedagog-o‘qituvchilarda
ijtimoiy
kompetensiyalarni
rivojlantirishning tamoyillarini quyidagicha belgilash mumkin:
Birinchidan, ijtimoiy kompetensiya – bu ijtimoiy, psixologik va
pedagogik fanlar majmuida shakllantiriluvchi murakkab ijtimoiy pedagogik
fenomen. Bunda bo‘lajak pedagog shaxsining
ijtimoiy kompetensiyalari
uning muvaffaqiyatli faoliyati asosidir. Chunki u ijtimoiy xatti–
harakatlarning еtarlicha tanlovini va shaxsga xos bo‘lgan ijtimoiy rollarni
bajarish samaradorligini ta’minlaydi. Pedagogik faoliyatning ijtimoiy
mohiyatini hisobga olgan holda, ijtimoiy kompetentlik o‘qituvchining kasbiy
kompetensiyasining asosidir.
Ikkinchidan, o‘qituvchida ijtimoiy kompetensiyalarini shakllantirishning
maqsadi - uning atrofimizdagi olamga: Vatanga, odamlarga, tirik va jonsiz
tabiatga, moddiy va ma’naviy qadriyatlarga hayotiy pozitsiyasini shakllantirish
– insoniy munosabatlarni rivojlantirishdir. Ijtimoiy kompetensiyani
rivojlantirishning mohiyatida ijtimoiy siyosiy, ma’naviy ma’rifiy, iqtisodiy,
estetik qadriyatlar va o‘z-o‘zini rivojlantirish mavjud bo‘ladi.
Uchinchidan, pedagoglarda ijtimoiy
kompetensiyani samarali
rivojlantirish uchun talabalarning ijtimoiy–madaniy muhiti, oilasi, jamoaviy
munosabatlarini o‘rganish zarur.
To‘rtinchidan, ijtimoiy kompetensiyani rivojlantirishda ushbu jarayonning
ochiq ijtimoiy-pedagogik tizimga aylanishi, professor-o‘qituvchilarning
yuqori kasbiy darajasi va oliy ta’lim muassasasidagi ijtimoiy ma’naviy muhit
katta ahamiyat kasb etadi.
Beshinchidan, bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy kompetensiyani
rivojlantirishda talabalarning hayotiy qadriyatlarini tavsiflash,
ochiqlik,
muloyimlik, bag‘rikenglik, o‘zaro mehr oqibatlilik, fuqarolik fazilatlari,
axloqiy fazilatlar, hayotiy maqsadlar, milliy g‘oya, kasb tanlash motivlari,
o‘z o‘zini tarbiyalash, ijtimoiy moslashuv va sotsializatsiya darajasi, ijtimoiy
harakatchanlik va faollik kabi omillar e’tiborga olinishi zarur[3].
Raqobatbardosh, zamonaviy bilimli va yuksak ma’naviyatli mutaxassislar
uchun zarur hisoblangan kompetensiyalarga bugungi kunda ijtimoiy,
kommunikativ, ijtimoiy–informatsion, kognitiv va maxsus kompetensiyalar
kiradi. Bunda ijtimoiy kompetensiyalarning еtakchi o‘rni e’tirof etiladi.
Xulosa. Ijtimoiy kompetensiya bu shaxsni yangidan paydo bo‘lgan
umumiylashtirilgan ijtimoiy o‘zaro bog‘langan sifatlari bo‘lib, ijtimoiy
rollarini muvoffaqiyatli bajarishga, sotsium va ushbu jamiyat sharoitida kerak
effektiv faoliyat uchun zarur jihatlardir. Shunga muvofiq, bo‘lajak pedagogni
ijtimoiy kompetensiyalari deganda kasbiy pedagogik faoliyat davomida
kerakli, unumli sifatlar ijtimoiy pedagogik va ijtimoiy psixologik bilimlar,
mahorat, ko‘nikma, faoliyat usuli tushuniladi. Kompetentlik yondoshuv esa,
pedagogik ta’lim dasturlari mazmunini belgilashda metodologik komponent