14.2. O`zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida
xalqaro iqtisodiy-huquq normalari ratifikatsiyasi
O`zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro
huquqning umumjahon e‘tirof etgan normalariga sodiqligini
Konstitusiya darajasida ham mustahkamladi. Xalqaro huquqning
tamoyillari va normalarining butun bu majmui Konstitutsiyaga BMT
Ustavidan, Inson huquqlari umumiy deklarasiyasidan, va inson
huquqlariga oid boshqa xalqaro huquq bitimlardan, Xelsinki bitimi, Parij
va Madrid xartiyalariga asoslandi. Shuningdek, asosiy qonunga
kiritilgan
qonunlarni
rivojlantirish
maqsadida
―Diplomatik
munosabatlarni
o`rganish
tartibi‖,
―O`zbekistonda
xalqaro
shartnomalarni tuzish, ijro etish va bekor qilish‖ haqida aktlar ham qabul
qilindi. Ularda tashqi siyosatning har tomonlama asoslangan tamoyillari
o`z aksini topdi.
Shu o`rinda aytib o`tmoq lozimki, bu tamoyillar yosh suveren
davlatning asosiy tashqi siyosiy doktarinasini ifoda etish bilan birga
davlatlararo munosabatlar yo`nalishlarining rivojlanishi va keng
doiradagi
tashqi
muammolarni
hal
qilish
imkonini
berdi.
Mamlakatimizni
jahon
xalqlari
tinchligi
va
xavfsizligini
mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon
miqyosida mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta‘minladi.
O‗zbekiston Respublikisi o`zining tashqi siyosatdagi yo`nalishlarini
demokratik prinsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991-yil
dekabrdan 1992-yil iyul oyigacha bo`lgan davr ichida respublikani 111
davlat, hozirgi kunga qadar esa O`zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq
davlat tan oldi, ularning 100 dan ortig‗i bilan diplomatik,
siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‗rnatildi.
Toshkentda AQSh, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya,
Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqa rivojlangan mamlakatlarning
elchixonalari ochildi. Shuningdek, O‗zbekistonda 88 ta xorijiy
mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta
nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‗rsatmoqda. O`z
navbatida O`zbekistonning elchilari dunyodagi 20 dan ortiq yirik
davlatlarda faoliyat ko`rsatib turibdi.
135
Mustaqil O`zbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq-oydinlik,
teng huquqlik, demokratik prinsiplariga sodiqlik, umuminsoniy
qadriyatlarini ulug‗lash, respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik
jarayonga ta‘sir qilish kabilar tashkil etadi va Respublika tashqi siyosati
tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon e‘tirof etgan ochiq yakdillik
talablariga asoslanadi. 1992-yil 2-martda O`zbekiston xalqaro
munosabatlarning to`la huquqli subyekti sifatida Birlashgan Millatlar
Tashkilotiga a‘zo bo`lib dunyo miqyosida tan olindi. Bu voqea
Respublikaning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatda munosib
o‗rin olishda ham katta ahamiyatga ega bo`ldi. 1993-yil fevral oyiga
kelib Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Xolid Malik BMTning
O`zbekistondagi vakili etib saylandi.
O`zbekiston BMTning to`laqonli a‘zosi sifatida Birlashgan Millatlar
Tashkilotining yig‗ilishlarida ishtirok etishi bilan o`zining xalqaro
hamjamiyatga
kirish
jarayonini
davom
ettirdi.
O`zbekiston
rahbariyatining dunyodagi global muammolarga jahon miqyosida
e‘tiborini qaratishi O`zbekistonning tashqi siyosatda tutgan aniq o`rnini
belgilab berdi. Chunonchi, 1993-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma‘ruzasida O`zbekiston
Prezidenti I.A.Karimovning ilgari surgan birinchi xalqaro tashabbusi
O`zbekistonning xalqaro miqyosdagi adolatparvar siyosatidan darak
berdi. Prezident I.A.Karimov bu ma‘ruzasida bir qator aniq takliflarni
tashladi. Bularga Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari
bo`yicha BMTning doimiy ishlaydigan seminarini chaqirish, BMT
xavfsizlik kengashida yuzaga kelayotgan mojarolarni tahlil qilish va
istiqbolini belgilash bo`yicha maxsus guruh tuzish, Markaziy Osiyoni
yadrosiz zona deb e‘lon qilish, bu mintaqada kimyoviy modda hamda
bakteriologik qurolni ta‘qiqlash bo`yicha xalqaro nazorat o`rnatish,
Markaziy Osiyoda narkobiznesga qarshi hamkorlikda kurashish uchun
BMTning mintaqaviy komissiyasini tuzish, Orol muammosini hal qilish
masalasi bo`yicha BMTning maxsus komissiyasini tuzish kabilar kirdi.
O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov 1995-yil BMTning ellik yilligi
munosabati bilan Bosh Assambleyaning maxsus tantanali yig‗ilishida
so`zlagan nutqida ham asosiy e‘tiborni bu tashkilotning faoliyatini
136
yanada kengaytirish bilan bir qatorda yana mintaqaviy xavfsizlik va
barqarorlik, ekstremizm, terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash
masalalariga qaratdi. Prezidentimiz muayyan ―olovli nuqtalar‖ deb
atalayotgan mintaqalarda birgalashib harakat qilib, tinchlik va
barqarorlikka erishish lozimligi haqidagi aniq takliflarni kiritdi va
O`zbekiston ―ommaviy qirg‗in qurollarini tarqatmaslikni ta‘minlash
bo`yicha kerakli xalqaro kafolatlarni qabul qilishni, yadro sinovlarini
butunlay to`xtatish haqidagi shartnomaning tezda tuzilishi tarafdori‖
ekanligini ham ko`rsatib o`tdi.
Ushbu yig‗ilishda davlatimiz rahbari tomonidan Orol dengizi
qurishi bilan bog‗liq bo`lgan global muammoni ko`tarib chiqqani ham
muhim ahamiyat kasb etdi. Prezident I.A.Karimov ―Orol dengizining
qurishi bilan bog‗liq ekologik fojea, butun er yuzini qamrab oladigan
biosfera, o`nlab million kishilarning hayot sharoitlari, salomatligi,
nasliga halokatli ta‘sir ko`rsatuvchi global muammo‖ ekanligini
ko`rsatib, bugungi kunda BMTning tashkilotchilik faoliyatisiz bu
muammoni hal etish mumkin emasligini ham asoslab berdi. Bunday
muammolar Prezidentimizning fundamental asari ―O`zbekiston XX1 asr
bo`sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari‖ kitobida batafsil nazariy va amaliy jihatdan asoslab berildi.
Asarda dunyoda barqarorlik va jo`g‗rofiy-siyosiy muvozanat saqlanib
qolgan sharoitdagina har qanday mintaqada rivojlanish kuchli bo`lishi
asoslab o`tildi.
O`zbekiston rahbarining yuksak minbardan turib kiritgan xalqaro
miqyosda manfaatli bo`lgan takliflari jahon hamjamiyati tomonidan
qo`llab-quvvatlandi va shunga asoslanib 1995-yil 16-sentabrda
Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik
masalalariga bag‗ishlangan seminar-kengashi ish boshladi. Dunyoning
ko`p davlatlari ishtirok etgan bu seminarda O`zbekiston rahbarining
so`zlagan nutqi bosh hujjat sifatida qabul qilindi. I.A.Karimov bu
uchrashuvning ―Tinchlik, Barqarorlik, Hamkorlik‖ shiori ostida
o`tayotganini mamnuniyat bilan izhor qilib, bu uchrashuv mintaqaviy
barqarorlikni ta‘minlashda muhim yo`l bo`lib xizmat qilishini ko`rsatib
berdi.
137
Xalqaro munosabatlar ravnaqi mamlakatimizda xavfsizlik va
barqarorlikning, aholi turmush darajasini yuksaltirishning o`ziga xos
kafolati ekanligi hech kimga sir emas. Shu bois ham O`zbekiston
rahbariyatining tashqi siyosatda mintaqaviy barqarorlikni saqlab qolish
maqsadida ilgari surgan tashabbuslari ko`pgina davlatlar va BMT
tomonidan doimo tasdiqlanib kelindi. BMT Bosh Assambleyasining
sessiyalarida,
Yevropada
Xavfsizlik
va
Hamkorlik
Tashkiloti
sammitidagi yig‗ilishlarda O`zbekiston prezidentining kiritgan aniq
tashabbuslari, mintaqa xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan taklifi BMT
boshchiligidagi ―6+2‖ guruhining tuzilishiga asos bo`lgan edi.
(O`zbekiston, XXR, Rossiya, Eron, Pokiston, Tojikiston, kuzatuvchi
sifatida BMT, Birlashgan front va ―Tolibon‖ harakati) Ushbu guruhning
1999-yil iyul oyida Toshkentda o`tkazgan uchrashuvi muhim xalqaro
voqea bo`ldiki, bu uchrashuv mintaqaning o`zida bo`lib o`tdi.
Uchrashuvning
yakuni
sifatida
19-iyul
kuni ―Afg‗onistondagi
mojorolarni tinch yo`l bilan hal qilishning asosiy prinsiplari
to`g‗risidagi‖ tarixiy hujjat imzolandi. Ushbu hujjat BMTning rasmiy
hujjati sifatida tarqatildi. Mazkur anjuman O`zbekiston rahbariyatining
ko`p yillik sa‘y-harakatlari natijasi edi. O`zbekiston rahbariyatining
tinchlik yo`lidagi harakatlari mazkur uchrashuvdan Afg‗onistonda
muxolif kuchlar o`rtasida boshlangan jangavor harakatlarning oldini
olish uchun Respublika Tashqi ishlar vazirligining Bayonotida ham
yaqqol ko`zga tashlandi. Mazkur Bayonot o`zaro qon to`kilishning
oqibatlari haqida jiddiy tashvishlangan holda muxolif tomonlarning
harakatlarini qoralab o`tdi. Bularning barchasi dunyo hamjamiyati
oldida O`zbekistonning tinchlik yo`lidagi real harakatlarining asosi
sifatida yaqqol ko`zga tashlanib qoldi.
|