149
XULOSA
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo`ldagi
faoliyatning asosiy
yo`nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud
bo`lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak
bo`lgan tomonga yao`naltirishga ijobiy ta`sir etish zaruriyatidan kelib
chiqgan.
Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko`zga ko`ringan
olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel`
asarlarida, shuningdek, qadimgi
Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida qarab
chiqilgan edi. Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga etib kelgan
Qur`oni Karimni, hadislarni, Qobusnomani,
Ibn Xoldun asarlarini,
bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy,
Alisher Navoiy, Mirzo Ulugbek asarlarini o`qir ekanmiz, ularda
insonning yashashi uchun tabiiy bokliklar etarli emasligi, ijodiy mehnat
qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin
bo`lamiz.
Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xoldun Abduraxmon Abu Zayd
(1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi
hissasi juda
kattadir. Uning 1370 yilda yozilgan ―Kitob-ul-ibar‖ (―Ibratli misollar
kitobi‖) asarida dunyoda birinchi bo`lib tovarning ikki xil xususiyatini -
iste`mol qiymati va mohiyati tushunchalarini, oddiy va murakkab
mehnatni, zaruriy va qo`shimcha mehnat hamda zaruriy va qo`shimcha
maxsulot tushunchalarini ajrata bildi.
SHuningdek tovarlarni
ayirboshlash jarayonida, ular bir-biriga
taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqdi, ya`ni
tovarda gavdalangan mehnatning va uning nafliligini hisobga olinishi
ham ta`kidlangan.
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g`oyalari 1482-yilda
yozilgan ―Vaqfiya‖ va 1500 yilda yozilgan ―Mahbub-ul-qulub‖
asarlarida bayon etilgan. U maxsulotni uch qismga bo`lib,
birinchi
qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o`zining va oilasining
ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun
sarflashga chaqiradi.
150
Bundan tashqari, maxsulotni yaratishda
mehnatning roliga va
ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e`tibor beradi. SHu
bilan birga boylikni halol mehnat bilan topish, to`plash va foydalanish
zarurligini ta`kidlaydi. shunisi muhimki, ular hech bir inson o`zi uchun
zarur bo`lgan iste`mol buyumlarining barchasini o`zi yarata olmasligini,
shuning uchun bir-biri bilan iqtisodiy munosabatda bo`lishlari ob`ektiv
zaruriyat ekanligini ham qayd qilganlar.
Bundan tashqari ularning asarlarida doimo xo`jaliklarning turlarida
(uy, shahar, davlat) daromad bilan xarajat muvozanatiga katta e`tibor
berish lozimligi, pulning mazmuni va uning
kelib chiqish sabablari
yoritilgan. Lekin Aristotel`dan boshlab butun dunyoning, jumladan
O`rta Osiyoning ko`pgina olimlari iqtisodiyotni izchil o`rganish asosida
uning ko`pgina qonun-qoidalarini, tushunchalarini
yoritib bergan
bo`lsalar ham, hali iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanmagan edi.
Iqtisodiyot
nazariyasi
mustaqil
fan
sifatida
ko`pgina
mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga
kelayotgan davrlarda ―siyosiy iqtisod‖ nomi bilan shakllana boshladi.
Siyosiy iqtisod yunoncha so`zdan olingan bo`lib,
“politico” -
Dostları ilə paylaş: