respublikamizda inson huquqlari bo‘yicha Milliy Markaz, Oliy Majlis huzuridagi amaldagi
qonun hujjatlari Monitoringi instituti, Adliya vazirligi qoshidagi huquqiy yordam ko‘rsatish
Markazi, Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili-
Ombudsmanning tashkil etilganligi
oila, ota, ona va bola huquqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim qadamlardir.
Inson huquqlarini himoya qilish institutlarining asosiy maqsadi oila deb atalmish kichik
jamiyatning huquqiy madaniyatini oshirishga, ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilishdan
iboratdir.
Mamlakatimizda oila huquqlari xalqaro huquq normalariga mos ravishda muhofaza
etilmoqda. Mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan oila-nikoh munosabatlari, xotin-qizlar
va bolalar huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar va deklaratsiyalarining ratifikatsiya qilinishi
buning yaqqol namunasidir. Jumladan,Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi (BMT Bosh
Assambleyasining 1948 yil 10 dekabrdagi 217 A(SH) rezolyusiyasi), Xotin-qizlarning siyosiy
huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya (BMT Bosh Assambleyasining 1952 yil 20 dekabrdagi 640-
son rezolyusiyasi), Bir xil qiymatdagi ish uchun erkaklar va xotin-qizlarga teng haq to‘lash
to‘g‘risidagi (100) Konvensiya (XMT Bosh Konferensiyasining 34-sessiyasida 1951 yil 29
iyunda qabul qilingan), Onalikni himoya etishga qaratilgan (103} konvensiya (Jeneva, XMT
tomonidan 1952 yil 28 iyunda qayta ko‘rib chiqilgan), Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi
Konvensiya (BMT 43 Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyabrda),
Fuqarolikhuquqlari va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (BMT Bosh
Assambleyasining 1966 yil 16 yanvardagi 2200-rezolyutsiyasi),
xotin-qizlarga nisbatan
kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi Konvensiya (BMT Bosh
Assambleyasining 1979 yil 18 dekabrdagi 34, 180-son rezolyusiyasi), Bolalarning yashashini,
himoyalanishini va rivojlanishini ta’minlash to‘g‘risidagi umumjahon Deklaratsiyasi, boshqa
mamlakatlarga bolalarni ug‘irlab ketishning fuqarolik jixatlari to‘g‘risidagi Gaaga konvensiyasi
(Gaaga 1980 yil 25 oktyabr), 1995 yilda Pekinda 4-Butunjahon xotin-qizlar konferensiyasida
qabul qilingan xotin-qizlarning ahvoli bo‘yicha asosiy harakatlar dasturi mamlakatimizda oila,
onalik va bolalikni xalqaro huquq normalariga mos holda muhofaza qilish borasidagi dastlabki
muhim qadamlardir, maqsad har bir fuqaroning, har bir oila a’zosining huquqlarini himoya
etilishini xalqaro huquq normalari doirasida yo‘lga qo‘yishga erishishdir.
Oila a’zolarining huquqiy savodxonligi uning huquqiy himoya qilinishi huquqiy jamiyat
barpo etishning negizidir.
Buning zamirida:
- aholi,
shu jumladan, oila a’zolarining yoshtabaqalarga mos huquqiy bilim berish
dasturlarini yaratish,huquqiy ong va tafakkurini shakllantirishning samarali shakl va
metodlarini aniqlash, bu borada noan’anaviy ta’lim-tarbiya usullaridan keng foydalanish;
-o‘quv yurtlari, idora va tashkilotlarda huquqiy mavzuni yorituvchi burchaklar, xonalar
tashkil etish, huquqiy bilim kunlari o‘tkazish, radio o‘quvlari
uyushtirish;
-huquqiy mavzuga bag‘ishlangan ommabop risolalar, gazeta va jurnal maqolalari,
mutaxassis maslaxatlarini chop etishni kuchaytirish, ruknlar rang-barangligiga erishish;
-oila huquqi bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
-joylarda baxt va nikoh uylari qoshida bo‘lajak kelin- kuyovlar uchun maxsus o‘quv
kurslari, «Oila» klublari, «huquqiy maslahat» telefonlari tashkil etish va targ‘ibot- tashviqot
guruxlarini tayyorlash;
-oilalarda huquqiy bilim berishni takomillashtirishga yordam beruvchi sotsiologik
tadqiqot ishlari olib borish va uning natijalari asosida metodik tavsiyalar
ishlab chiqish va
amaliyotga keng tadbiq, etish, bu borada huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan boshqa
mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini mustahkamlash kabi masalalarga
alohida e’tibor berish yotadi.
Jamiyatda yuz beradigan barcha o‘zgarishlar oilaga, oiladagi ma’naviy muhit, uning
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy darajasi esa jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy
taraqqiyotiga ta’sir qiladi.
Har bir davrning o`z dardi, talabi va ehtiyojlari bo`ladi. Mustaqillik odamlar va jamiyat
taqdiriga ta’lluqli juda ko`p jumboqlarni yechib tashlash bilan barobar ma’naviyatimizning
qator muammolarini kundalang qilib qo‘ydi. Ayniqsa, axloq-odob masalalari katta ahamiyat
kasb etib qoldi. Buning sabablari ko‘p: bir tomondan, inson deb atalmish hayot gultojisiga
bo‘lgan munosabat o‘zgardi, uni azaliy va abadiy pok ma’naviyat yo`liga qaytarishrejalari
tuzila
boshlandi; katta yoki kichik, yaxshi yoki yomon ilg‘or yoki joxil millat bo‘lmasligi
yomonliklarning millati-yu, yaxshiliklarning chegarasi yo‘qligiga qanoat hosil qildik. Inson o‘z
millati an’analari va umumbashariy qadriyatlar asosidagina kamolotga erishishi qog‘ozda emas,
amalda tan olindi; ikkinchidan soxta baynalminalchilik, qog‘ozdagi xalqlar do‘stligi g‘oyalar
odamlar orasida uzoq zamonlardan buyon shakllanib, rivojlanib kelayotgan birodarlik
tuyg‘ulariga rahna solib quyganda odamlarning millat ajratmasligi uchun bir-biriga mehr-
oqibatli bo‘lishi uchun urush yoki qahatchilik zilzila yoki tabiiy ofatlarni boshidan kechirishlari
shart emasligi, ijtimoiy adolat o‘rnatilgan joyda xalqlar va millatlarning chin insoniy fazilatlari
gurkirab unishiga ishonch hosil qila boshladik. Ayrim odamlarni aldash mumkin bo‘lsa ham
millatlarni uzoq aldab bo‘lmasligiga endi hamma tushunib yetdi.