Tog usuli. Guidebook. Kirish


Qo’shimcha xorijiy so’zlar



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/17
tarix18.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#88685
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
TOG o\'quv qo\'llanma

Qo’shimcha xorijiy so’zlar 
Quyida yan qo’shimcha 50 ta so’zga tayyor obrazlar berilgan. Bu so’zlar 
yuqoridagi so’zlarga nisbatan biroz qiyinroq. Ulardan ham na’munalar olishingiz 
mumkin. 
1. Asleep [eslip] – uxlayotgan; (eslab) tasavvur qiling, uxlayotganingizda 
bolaligingizni eslab yotibsiz.
2. Berry [beri] – malina; (jerry) tasavvur qiling mushugingiz bilan mult qahramon 
Jerry malina yeyapti.
3. Collect [kelekt] – to‘plamoq; (kolgeyt) tasavvur qiling, kolgeytni qutilarini 
to‘plab rekord qo‘yib mashhur bo‘lib ketdingiz.
4. Compete [kempiit] – musobaqalashmoq; (kompot) tasavvur qiling, achigan 
kompot ichish bo‘yicha musobaqada qatnashyapsiz.
5. Conversation [konverseishn] – muloqot; (konvert) tasavvur qiling, internet 
turganda uzoqdagi tanishlaringiz bilan kovertdagi xatlar orqali muloqot qilyapsiz. 
6. Creature [kriiche] – mavjudot; (karochche) tasavvur qiling, mavjudotlar 
karochche deb baqirib yotipti. 
7. Decision [disijn] – qaror; (jin) tasavvur qiling, bir nechta jinlaringiz bor va siz 
uchun ular qaror qabul qiladi.
8. Either [eizer] – ikkalasadan biri; (Izmir) tasavvur qiling, Turkiyadagi Izmir va 
Istanbul shaharlarining ikkalasidan biriga hokim qilib saylanyapsiz.
9. Forest [ forest] – o‘rmon; (voris) tasavvur qiling, Podshoh o‘rmondagi she’rni 
voris qilib qoldirdi.
10. Ground [graund] – yer; (grant) tasavvur qiling, o‘qishga grant kirb yer yutib 
oldingiz.
11. Introduce [introdyus] – tanishtirmoq; (Impra plus) tasavvur qiling, Impra plus 
degan choyni hamma bir-biriga tanishtirib, reklama qilib yuribdi.
12. Marry [mery] – turmushga chiqmoq; (Mariya) tasvvur qiling, Mariya degan rus 
qiz sizga turmushga chiqyapti.


13. Prepare [pripeir] – tayyorlamoq; (priprava) tasavvur qiling, yaxshi pripravalar 
(ziravor) bilan oshga kerakli masalliqlarni tayyorlayapsiz. 
14. Sail [seil] – qayiqda suzmoq; (sel) tasavvur qiling, sel ko‘p yoqqanidan odamlar 
shahar ichida qayiqda suzib yuribdi.
15. Serious [sieries] – jiddiy; (servis) tasavvur qiling, mijozlarga servis (xizmat) 
ko‘rsatishda jiddiy yondashmaganingiz uchun ishdan haydaldingiz. 
16. Spend [spend] – sarflamoq; (Ispaniya) tasavvur qiling, Ispaniyada pulingizni 
sarflab qo‘yib O‘zbekistonga qaytolmay yuribsiz.
17. Strange [streinj] – g‘alati; (doktor Strenj) tasavvur qiling, g’alati bir odamni 
ko’rib qoldingiz, u esa doktor Strenj ekan. 
18. Truth [truss] – haqiqat; (tros) tasavvur qiling, qirollar odamlardan haqiqatni 
so‘rab tros bilan uryapti.
19. Wake [veik] – uyg‘onmoq; (bek) tasavvur qiling, ertalab beklarcha 
uyg‘onyapsiz.
20. Alone [eloun] – yolg‘iz; (Ilon) tasavvur qiling, bir xonada ilon bilan yolg‘iz 
o‘zingiz qoldingiz.
21. Apartment [epartmnt] – kvartira; (departament) tasavvur qiling, o‘zga yurtda 
kvartirada propiskasiz yurganingiz uchun sizni politsiya departamenti sudga olib 
ketdi.
22. Article [aartikl] – maqola; (atir) tasavvur qiling, atir haqida maqola yozib mashur 
bo‘lib ketdingiz.
23. Attitude [etityud] – munosabat (tut daraxti) tasavvur qiling, tut daraxti bilan 
yaxshi munosabatda suhbatlashib o‘tiribsiz.
24. Compare [kompeier] – taqqoslamoq; (qon ber) tasavvur qiling, dunyodagi 
qonlarni rangini taqqoslab yuribsiz, olimlik qilib.
25. Judge [jadj] – baho bermoq; (jajji) tasavvur qiling, musobaqada jajji bolachalar 
hakamlik qilib sizga baho beryapti.
26. Magazine [megeziin] – jurnal; (magazin) tasavvur qiling, oziq-ovqat magazinida 
jurnal sotilyapti.


27. Material [metieriel] – xom-ashyo; (material) xuddi inglizlarga o’xshab 
Materialni talaffuz qiling. 
28. Meal [mil] – ovqat; (Nil daryosi) tasavvur qiling, nil daryosi yuzasida muallaq 
turib ovqatlanyapsiz.
29. Method [metsed] – uslub; (metod) tasavvur qiling, Mnemonikadagi Metodni 
qo’llab, hayotingiz o‘zgardi.
30. Neighbor [neybor] – qo‘shni; (ey, bor) tasavvur qiling, qo‘shningiz bilan 
urushib, unga “ey , bor” deyapsiz.
31. Professional [prefeshinel] – kasbiy; (professional) tasavvur qiling, kasbingizda 
professional bo‘lganingiz uchun faxriy yorliq bilan taqdirlanyapsiz.
32. Profit [profit] – foyda; (profil) tasavvur qiling, instagram profilingizda foydali 
maslahatlar berib xalq sevgan blogerga aylandingiz.
33. Quality [kvaleti] – sifat; (kuvalda) tasavvur qiling, temirchisiz va temirdan sifatli 
pichoq yasash uchun kuvalda bilan ko‘p-ko‘p uryaspiz.
34. Shape [sheip] – shakl; (shef) tasavvur qiling, restoranda shef oshpazsiz va turli 
shakldagi pishiriqlar, taomlar tayyorlayapsiz.
35. Space [speis] – bo‘shliq; (spetsnaz) tasavvur qiling, spetsnazlar bitta bo’shliq 
joyni topib olishdi.
36. Stair [steier] – zina; (suz, tayyor) tasavvur qiling, oilaviy zinada ovqat pishirib 
o‘tiribsizlar va akangiz “ovqatni suz, tayyor” deyapti.
37. Symbol [simbel] – ramz; (simvol) tasavvur qiling, sizni ko‘rinshingiz davlatning 
bir ramzi, simvoli sifatida qabul qilindi.
38. Thin [tsin] – ozg‘in; (sen) tasavvur qiling, bir ozg‘in do‘stingizga “sen 
muzqaymoqning cho‘piday ozg‘insan” deyapsiz.
39. Blood [blad] – qon; (bulut) tasavvur qiling, bulut qon yig‘layapti.
40. Burn [bo‘rn] – olovda yoqmoq; (bo‘ron) tasavvur qiling, olov 
yoqayotganingizda bo‘ron boshlanib ketti.


41. Cell [sel] – qamoqxona kamerasi; (sel) tasavvur qiling, sel yog‘ib shahringizdagi 
qamoqxona kameralaridan mahbuslar qochyapti.
42. Contain [kentein] – o‘z ichiga olmoq; (konteyner) tasavvur qiling, butun borliqni 
bitta konteyner o‘z ichiga oladi. 
43. Correct [kerekt] – to‘g‘ri; (kriket) tasavvur qiling, Hindistonda kriketni to‘g‘ri 
o‘ynolmaganingiz uchun jinoiy javobgarlikka tortildingiz.
44. Crop [krop] – hosil; (ko’p) tasavvur qiling, bolaligingizda ekkan daraxtingiz 
hosilga kirib, ko’p meva berdi.
45. Demand [dimand] – talab qilmoq; (demak) tasavvur qiling, “talab qilmoq – 
so‘ramoq demakdir” degan iqtibos aytib faylasuf bo‘lib tanildingiz. 
46. Equal [ikwel] – teng; (ukol) tasavvur qiling, umringizda bobongiz tengi odam 
olmagan miqdorda ukollarni olib davolanyapsiz.
47. Feed [fid] – boqmoq; (hid) tasavvur qiling, uyingizda ko‘p hayvonlarni boqib 
ularning hidiga chidolmayapsiz.
48. Hole [houl] – teshik; (xol) tasavvur qiling, xolingizda teshikcha paydo bo‘lib 
ichidan oltin oqyapti.
49. Increase [inkriis] – ko‘tarmoq, oshirmoq; (inqiroz) tasavvur qiling, 
kompaniyangizda mahsulot narxini oshirganingiz uchun inqirozga uchradingiz.
50. Lord [lord] – podshoh, janob; (tort) tasavvur qiling, podshohlar tort pishiryapti.

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin