2
Muallif:
Sattarova B.Dj. – O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, p.f.n.,dotsent
Taqrizchilar:
Xodjaev B. – Nizomiy nomidagi TDPU “Umumiy pedagogika” kafedrasi mudiri,
p.f.d., professor
Axmedova Z. – Nizomiy nomidagi TDPU “Logopediya” kafedrasi
dotsenti
3
I. KURS ISHI YOZISHGA TAYYORGARLIK
Kurs ishi mavzusini tanlash. Kurs ishi mavzulari (banki) kafedra professor-
o‘qituvchilari tomonidan tuzilib, kafedra majlisida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi.
Kurs ishi mavzusi qisqa va aniq bo‘lishi lozim va mavzu
talabaning ilmiy va amaliy
qiziqishlarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda mavzular bankidan tanlab olinadi (1-
ilova). Fan bo‘yicha ma’ruza olib boruvchi professor - o‘qituvchi talaba tanlagan mavzuni
ro‘yxatga oladi va kurs ishi yozilishini nazorat qiladi.
Kurs ishi mavzusini tanlashda,
uning ahamiyati, nazariy va amaliy materiallarni
mavjudligi va yetarli bo‘lishi, yangi masalalarni o‘rganilishi,
talaba tanlangan mavzu
haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lishi, tanlangan masalalarga qiziqishi ham muhim
ahamiyatga ega.
Mavzu juda keng masalalarga bag‘ishlanmasligi, qisqa
masalalarni aniqlash bilan
chegaralanmasligi kerak. Mavzu tanlashda yakunlangan fan yuzasidan chuqur bilimga
ega bo‘lish, auditoriya mashg‘ulotlarida olingan
bilimlarni chuqurlashtirish, kursning
navbatdagi bo‘limlarini o‘rganishga yaqindan yordam berishga xizmat qilishi kerak.
Talabalar fan(modul)lar bo‘yicha yozadigan kurs ishi ilmiy yo‘nalishi jihatidan bir-
biri bilan bog‘langan bo‘lishi, mutaxassislikka doir masalalarini izchil o‘rganishga
yordam berishni nazarda tutishi kerak.
Kurs
ishi mavzusini jarayonida, talaba rahbar nazoratida mavzuga oid savollar
doirasi bilan tanishib chiqishi, mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishtirilishi talab qilinadi.
Mavzu tanlangach, talaba tomonidan adabiyotlar tahlil qilinishi va aniq muammo belgilab
olinishi zarur.
Kurs ishini bajarish jarayonida ilmiy va tarbiyaviy ishlar kompleks asosda amalga
oshirilib, ular orasida quyidagilar birinchi darajali ahamiyatga egadir:
fanning dolzarb mavzusi va muammolarini o‘rganish va tahlil qilish;
4
kurs ishi ustida ishlash jarayonida talaba tanlagan mavzuni chuqur o‘rganish,
uning yo‘nalishlarini tahlil qilish haqidagi tushunchaga ega bo‘lish;
mustaqil ishlash
faoliyati bilan tanishish, iqtisodiy,
nazariy va amaliy dolzarb
masalalarni yozma bayon qilish usullarini o‘rganish.
bibliografiya tuzish, statistik to‘plamlardan foydalanish, mavzular bo‘yicha
konspekt tuzish,
tavsiyalar ishlab chiqish, ishni rasmiylashtirish ko‘nikmasiga ega
bo‘lish;
huquqiy, o‘quv-me’yoriy hujjatlarni amaliyotda tadbiq qilinishini o‘rganish.