51
merosi Xett davlati halokatidan keyingi asrlarda ham boshqa qo’shni
mamlakatlar madaniyatiga ijobiy ta’sir o’tkazadi.
Karfagen Misr, Xett, Bobil va Osuriya madaniyatlarini doimiy
ta’siri ostida bo’lgan va shu sababli uning madaniyati sinkretik
(madaniyatlar qo’shilmasi hosilasi) xususiyatiga ega edi. Karfagenliklar
qadimda Afrika, O’rtayer dengizi, Atlantika qirg’og’i, Kanar va Azor
orollarining eng aniq geografik xaritasiga ega bo’lganlar.
Karfagen
madaniyati G’arbiy o’rtayer dengizi va Shimoliy Afrika tarixida
muhim iz qoldirdi.
Sharqiy o’rtayer dengizi hududining madaniy sohadagi eng katta
yutug’i alifboli yozuvning yaratilishi edi. M.a. XV-XII asrlardayoq
Ugaritda o’ttiz belgili mixxat alifbosi qo’llanilgan. Finikiya alifbosi
yanada takomillashgan tizim bo’lib, yunonlar tomonidan qabul qilinib,
keyinchalik barcha zamonaviy alfavitlarga asos bo’ldi.
Sharqiy O’rtayer dengizi xudolar panteoni
tabiat kuchlarini aks
ettiradi. Har bir shaharni o’z homiy ma’budi bor edi. Falastinda m.a.
VIII-VI asrlarda monoteistik ta’limot keng tarqaldi. Yahudiyada
vujudga kelgan monoteistik ta’limot Yaxvani yagona xudo deb e’lon
qiladi. Yaxva dastlab iuda qabilasining xudosi edi. Keyinchalik Isroil-
Yahudiy davlatining bosh xudosi deb e’lon qilingan. Yahudiy
manbalariga ko’ra, Sulaymon
payg’ambar
Quddusda unga atab
ibodatxona qurdirgan. Yaxudo dini insoniyat tarixidagi birinchi yakka
xudolikka asoslangan dindir.
Yahudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan diniy kitoblar
va risolalar majmuasi bo’lmish Bibliyaning “Qadimgi ahd” qismi o’sha
davrda yaratila boshlangan. “Bibliya” eng qadimgi adabiy
yodgorliklardan biri bo’lib, diniy pand-nasihatlar,
aqidalar,
bashoratlar, duolar, solnomalar, masallar, ishqiy va falsafiy dostonlar,
hikoyat, rivoyat va maktublardan iborat. Bibliya jahon bo’yicha keng
tarqalgan, asrlar mobaynida ko’pgina xalqlarning axloqi, ma’naviyati,
madaniyati, adabiyoti, musiqa va rangtasvir san’atiga barakali ta’sir
ko’rsatgan.
Dostları ilə paylaş: