маъруза соат


-mavzu: G’arb sivilizatsiyasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

 
17-mavzu: G’arb sivilizatsiyasi 
Asosiy savollar: 
1. G’arbiy Yevropa o’rta asr sivilizatsiyasi 
2. G’arb industrialoldi sivilizatsiyasi. 
3. Industrial va postindustrial sivilizatsiya davrida G’arb 
taraqqiyoti 
 
1-savolning bayoni: 
G’arb sivilizatsiyasi — G’arbiy Yevropa, AQSh, Kanada, 
Avstraliya va Yangi Zelandiya mamlakatlarini birlashtirib turuvchi 
madaniy, siyosiy va iqtisodiy belgilar majmuidir. G’arb 


131 
sivilizatsiyasining manbalari va uning yetakchi tashuvchilari geografik, 
madaniy, lingvistik va diniy jihatdan doimo o’zgarib turgan. Shu 
o’rinda G’arb va Yevropa tushunchalari o’zaro bog’liq bo’lsa-da, bir 
xil ma’noni anglatmasligini ta’kidlab o’tish lozim.
Antik davr G’arb sivilizatsiyasining ilk bosqichini tashkil etadi. 
Antik davrda g’arb jamiyatining asosiy qadriyatlari yuzaga kelgan: 
xususiy mulk munosabatlari, bozorga yo’naltirilgan xususiy ishlab 
chiqarish, xalq hokimiyatining ilk namunalari – demokratiya, 
boshqaruvning cheklangan respublika shakli. Bu davrda shaxsning 
huquq va erkinliklarini ta’minlovchi fuqarolik jamiyatiga, shuningdek 
shaxsning ijodiy qobiliyatini safarbar qilish va uning gullab-
yashnashiga xizmat qiluvchi ijtimoiy-madaniy printsiplarga asos 
solindi. G’arb sivilizatsiyasining navbatdagi bosqichi Yevropa va 
xristianlik bilan bog’liq.
Mazkur sivilizatsiyaning eng asosiy qadriyatlaridan biri – 
hayotning barcha jabhalarida tanlovning individual erkinligi sanaladi. 
G’arbning yana bir qadriyati ratsionallikdir. Bu qadriyatlar uzoq davom 
etgan murakkab jarayonlar hosilasidir.
476 yilning 23 avgustida Rim xizmatidagi harbiy sarkardalardan 
biri Odoakr so’nggi Rim imperatori – go’dak Romul Avgustulni 
taxtdan qulatib, o’zini Italiya qiroli deb e’lon qildi. G’arbiy Rim 
imperiyasining qulashi bilan Yevropada varvar qirolliklari davri 
boshlandi. Ammo imperiya g’oyasi yo’q bo’lmadi. VIII-IX asrlar 
chegarasidayoq Yevropaning siyosiy birligi g’oyasi paydo bo’ldi. 
Dastlab bu Rim imperiyasini qayta tiklashga urinish bilan bog’liq edi.
O’rta asr sivilizatsiyasi tarixida ikki bor G’arbiy Yevropada Rim 
imperiyasini tiklashga urinish bo’lgan. Dastlabki urinish 486 yilda 
Xlodvig (465G’466-511 yy) tomonidan barpo etilgan Frank qirolligi 
tarixi bilan bog’liq. VIII-IX asrlarda frank qiroli Buyuk Karlning (742-
814 yy) yurishlari tufayli Franklar davlati Ebrordan ta Elbaga, La-
Manshdan to Adriatika dengiziga qadar bo’lgan hududni egalladi. 800 
yilda papa Lev III Karlga imperatorlik tojini kiygazdi. Buyuk Karlning 
nevaralari 843 yilgi Verden shartnomasiga ko’ra imperiyani uch qismga 
taqsimladilar: Lyudovik Nemis Germaniyani, Karl Yaltiroqbosh 
bo’lajak Fransiyani, Lotar bo’lajak Italiyani qo’lga kiritdi. Shu tariqa 
Yevropaning uch zamonaviy davlati tarixi boshlandi.
G’arbiy Yevropada imperiya g’oyasini amalga oshrishiga ikkinchi 
urinish Muqaddas Rim imperiyasining vujudga kelishi bilan bog’liq. 
Germaniya qiroli Otton I (912-973 yy) Italiyaga bir necha yurishlardan 


132 
so’ng 962 yilda imperatorlik tojini qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldi. 
Muqaddas Rim imperiyasiga (XV asr oxiridan Nemiya millatining 
Muqaddas Rim imperiyasi) Germaniya yerlari, Shimoliy va O’rta 
Italiya, Chexiya va Burgundiya kirgan. Uning hukmdorlari Rim 
imperatorlarining vorislari roliga da’vogarlik qilishardi. Otton III (980-
1002 yy) o’z qarorgohini Rimga ko’chirib, markazi Rimda bo’lgan 
umumevropa katolik imperiyasini barpo etish rejasini tuzgan edi. 
Ammo bu imperiya ham barqaror va mustahkam emas edi.
Universal imperiya g’oyasini amalga oshirishga muvaffaq 
bo’lmasa-da, Buyuk Karl va Otton I lar asos solgan imperiyalar muhim 
birlashtiruvchi rol o’ynadi.
Yevropa sivilizatsiyasining birligi g’oyasini katolik cherkov ham 
alohida xristian dunyosi g’oyalarini targ’ib etish orqali ta’kidlar edi. 
Mazkur g’oya iqtisodiy manfaatlarga ham mos kelar, shu sababdan 
savdo-siyosiy ittifoqlar tomonidan ham qo’llab-quvvatlanardi. O’rta asr 
Yevropa sivilizatsiyasi uchun ikki asosiy iqtisodiy qutbning vujudga 
kelishi xosdir: qit’aning markazi va shimolida - Ganza ittifoqi hamda 
O’rtayer dengizida vujudga kelgan, Venetsiya va Genuya respublikalari 
yetakchilik qilgan markaz.
1241 yilda Lyubek va Gamburg shaharlari Boltiq dengizini 
Shimoliy dengiz bilan bog’lovchi savdo yo’llarini birgalashib himoya 
qilish haqidagi bitimi asosida vujudga kelgan Ganza uzil-kesil 1356 
yilda shakllangan va ravnaq topgan davrida 80 ta shaharni 
birlashtirgan. Ganza ittifoqi Angliya, Niderlandlar, Germaniya, 
Skandinaviya, Boltiqbo’yi va Rossiya o’rtasidagi vositachilik savdosini 
deyarli monopollashtirib olgan edi. 
Ikkinchi savdo-iqtisodiy markazning yetakchilari Venetsiya va 
Genuya o’z boyliklarini asosan salib yurishlari davrida orttirgan bo’lib, 
kuchli flotga ega edi.
Yagona G’arbiy Yevropa o’rta asr sivilizatsiyasining shakllanishi 
feodal tarqoqlik sharoitida kechdi. Hududlarning siyosiy tarqoqligi 
zamirida feodal iqtisodiyot bilan bog’liq iqtisodiy tarqoqlik, yagona 
bozorning yo’qligi yotardi. O’rta asrlarda Yevropada vujudga kelgan 
imperiyalarda imperator hokimiyati faqat rasman tan olinar, real 
hokimiyat esa aslida mahalliy feodallar qo’lida edi. Butun o’rta asr 
davomida feodal tarqoqlikka markaziy hokimiyatni kuchaytirish 
an’anasi qarshi turdi. Yevropada Franklar imperiyasi, slavyan 
davlatlari, Angliya va Fransiya kabi markazlashgan davlatlarning 
yuzaga kelishi milliy bozorlarning yuzaga kelishi va millatlarning 


133 
shakllanishi jarayonini kuchaytirdi. G’arb sivilizatsiyasining hududiy 
jihatdan birlashishi butun o’rta asr bo’yi davom etdi. O’rta asrlar 
oxiriga kelib G’arbiy Yevropa deyarli mustaqil, shu bilan birga bir-biri 
bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar bilan bog’langan ko’plab 
davlatlardan iborat edi.
O’rta asrlarda G’arbiy Yevropada boshqaruvning eng keng 
tarqalgan shakli monarxiya edi. O’rta asr sivilizatsiyasining ilk davrida 
qirol hokimiyatining roli ahamiyatli edi. X-XI asrlarda Yevropa 
sivilizatsiyasi rivojida katta sifat o’zgarishi sodir bo’ldi. Butun Yevropa 
bo’ylab hunarmandchilik va savdo markazlari bo’lgan shaharlar 
vujudga keldi. O’rta asr shaharlarida yangi tabaqa – burjuaziya 
shakllandi. Feodallarning qirol hokimiyati bilan siyosiy kurashida 
shaharlar ham faol ishtirok etdi. Feodallar (dvoryanlar va ruhoniylar) va 
shaharliklar (byurgerlar) alohida toifalar sifatida siyosiy jiplashuvi 
toifaviy – vakillik organlarini, toifaviy monarxiyani yuzaga keltirdi.
Dastlabki toifaviy vakillik organi – parlament Angliyada vujudga 
keldi. 1265 yilda Lester grafi Simon de Monfor eng yirik baronlar va 
ruhoniylar, shuningdek har bir graflikdan ikkitadan ritsar va eng yirik 
shaharlardan ikkitadan shaharliklardan iborat yig’in chaqirdi. 
Keyinchalik lordlar va jamoa palatasiga bo’lingan parlament XIV 
asrdan davlat qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda ham ishtirok eta 
boshladi. Shu tariqa XIII asrdayoq Angliyada parlament bilan 
cheklangan monarxiya shakllanib, bugungi kunga qadar saqlanib 
kelmoqda.
1302 yilda Fransiya qiroli Filipp IV Chiroyli uchta toifa 
vakillaridan iborat General shtatlarni chaqiradi.
XV asrda Muqaddas Rim imperiyasida shunday toifaviy vakillik 
organi – reyxstag shakllanadi. Ispaniyada 1137 yilda tilga olingan 
Kastiliya korteslarini ham o’ziga xos toifavaiy-vakillik organlarining 
debochasi deyish mumkin.
O’rta asr Yevropasida mavjud bo’lgan yana bir boshqaruv shakli 
shahar-respublikalardir. Shimoliy va O’rta Italiyada vujudga kelgan 
shahar-respublikalarni shaharliklar tomonidan saylangan kengashlar 
boshqargan, biroq ularning tuzumini ko’proq oligarxlar boshqaruvi 
sifatida baholash mumkin. Masalan, Venetsiya respublikasining davlat 
tuzumi amalda tor doiradagi oligarxiya diktaturasi xususiyatlarga ega 
edi. 
Feodal tuzumning asosini feodallarning yoki feodal davlatlarning 
yerga monopol egalik qilishi va dehqonlarning feodalga shaxsiy 


134 
qaramligi tashkil etgan. Yerdan foydalanganlik uchun feodal mahsulot 
yoki pul ko’rinishida renta undirgan.
G’arbiy Yevropa jamiyati iyerarxik tuzilishga ega edi. Vassallik 
tartibiga asoslangan iyerarxiyaning yuqorisida qirol turgan. O’rta asr 
G’arb jamiyatiga xos xususiyatlardan biri toifalarning mavjudligi edi. 
Toifa bu - qonunlarga ko’ra meros bo’lib o’tadigan huquq va 
majburiyatlarga ega ijtimoiy guruh (qatlam). O’rta asr G’arb jamiyati 
uchta toifaga bo’lingan: ruhoniylar, dunyoviy feodallar hamda 
shaharliklar va dehqonlar toifasi.
O’rta asr G’arb sivilizatsiyasining o’ziga xos jihatlaridan biri 
korporativlik edi. O’rta asr kishisi o’zini doimo jamoaning bir qismi 
sifatida his qilgan. Turli belgilarga ko’ra kishilarni birlashtirgan bu 
korporatsiyalarga misol tarzida qishloq jamolari, hunarmandchilik 
tsexlari, monastirlar, diniy - ruhoniylik ordenlari, harbiy drujinalar va 
h.k. larni ko’rsatish mumkin.
O’rta asr sivilizatsiyasining xarakterli belgilaridan biri jahon dini -
xristianlikning hukmron mavqei edi. Diniy shakldagi mafkura ilk bor 
jamiyatda yetakchi omilga aylandi. Insoniyat tarixida dinning
cherkovning roli bu qadar katta bo’lgan boshqa bunday davr 
bo’lmagan. Ahloq, falsafa, ilm-fan, san’at – bari teologik 
dunyoqarashga bo’ysundirilgan edi. Yevropaning xristianlashuvi butun 
G’arb sivilizatsiyasining xarakteriga ta’sir ko’rsatdi.
XI asrning birinchi yarmida Konstantinopol patriarxi Mixail 
Kerullariy va Rim papasi Lev IX o’rasida janubiy Italiya ruhoniylari 
kimga bo’ysunishi kerakligi masalasida bahs yuzaga keldi. Bu bahs 
G’arbiy va Sharqiy cherkov o’rtasida uzil-kesil ajralishning yuz 
berishiga sabab bo’ldi. 1054 yilning yozida kardinal Gumbert 
boshchiligidagi papa legatlari, ya’ni elchilari Konstantinopoldagi 
Sofiya sobori mehrobiga patriarx Mixailga anafema e’lon qilingan 
yorliq - bullani qo’ydilar. Patriarxning talabi bilan imperator chaqirgan 
Vizantiya ruhoniylarining cherkov sobori o’z navbatida rim elchilariga 
anafema e’lon qildi. Oradan to’qqiz asr o’tibgina, 1965 yilda rim-
katolik cherkovi va Konstantinopol pravoslav cherkovining umumiy 
deklaratsiyasi e’lon qilinib, o’zaro anafemalar bekor qilindi. Xristian 
cherkovining ikkiga bo’linishi Yevropani ham diniy belgiga ko’ra 
parchalanib ketishiga olib keldi.
Katolik 
cherkovida 
boshidanoq 
hokimiyatning 
qat’iy 
markazlashuvi yuzaga keldi. V asrdan boshlab papa deb nom olgan 
Rim episkopi katta ta’sirga ega edi. VIII asrda paydo bo’lgan, teokratik 


135 
hokimiyatga ega Papa davlati o’rta asr Yevropasida davlat ichidagi 
davlat edi. Xristian aqidalari Vselen soborlarida ishlab chiqilgan. O’rta 
asr Yevropasida maorif tizimi deyarli to’liq cherkov qo’lida edi. 
Cherkovning tayanchi bo’lib xizmat qilgan monastirlar bora-bora 
maorif markazlariga aylandi. Monastir va cherkov maktablarida yetti 
erkin san’at o’qitilgan.
Cherkov uchun eng muhim masalalalardan biri dunyoviy 
hokimiyat bilan munosabat edi. 413 yilda xristian teologiya va cherkov 
arbobi Avreliy Avgustin (354—430) “Xudo shahri” haqida asar yozib, 
cherkov va davlat o’rtasidagi munosabatlarning asosiy printsiplarini 
asoslab berdi. Avgustinning fikriga ko’ra, insoniyat tarixi – bu 
taqvodorlar (Xudo shahri) va gunohkorlar (Yer shahri ) o’rtasidagi 
kurash tarixi. Yer hokimiyati Xudo shahriga yaqin bo’lgan cherkov 
hokimiyatidan pastda turadi, demak, dunyoviy hokimiyat cherkovga 
bo’ysunishi lozim. Aslida esa butun o’rta asr davomida davlat va 
cherkov munosabatlari o’zaro kurashdan iborat bo’ldi.
Cherkovni tashvishga solgan muammolardan yana biri bilish 
jarayoniga munosabat, e’tiqod va bilim, haqiqatdan qaysi biri ustunligi 
masalasi edi. Bu masalani oydinlashtirish yo’lidagi ma’naviy urinishlar 
o’rta asr odami ommaviy ongining shakllanishiga, ratsionalizmning ilk 
kurtaklari rivojiga katta ta’sir ko’rsatib, oqibatda Yevropada yangi 
tipdagi erkin, tashabbuskor, faol, tadbirkor insonni shakllantirishga 
asos yaratdi.
O’rta asr G’arbiy Yevropa sivilizatsiyasining eng murakkab va 
ziddiyatli hodisalaridan biri ushbu davr insonlarining mentalitetidir. 
O’rta asr mentaliteti bu davrning barcha xususiyatlarini o’zida aks 
ettiribgina qolmasdan, ilk Yangi davrda inson yangi tipining
yaratilishiga zamin yaratdi.
G’arbning o’rta asr sivilizatsiyasi umuminsoniyat madaniyati 
taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shdi. Bu davrning ilk bosqichida madaniy 
tushkunlik kuzatilgan bo’lsa, keyinchalik u rivoj topdi va gullab-
yashnadi. Ko’plab Yevropa davlatlarining milliy madaniyati shakllandi, 
cherkov, ritsarlik, shahar va h.k madaniyati kabi ijtimoiy tabaqalangan 
madaniyatlar yuzaga keldi.
Sxolastikaning vujudga kelishi intellektual hayotda muhim 
chegara bo’ldi. Yozuvning keng tarqalishi va kitob chop etishning 
kashf etilishi intellektual foliyat doirasining kengayishiga xizmat qildi. 
XI asrdan vujudga kela boshlagan boshlagan o’rta asr universitetlari 
cherkov va monastir maktabalari bilan bir qatorda bilim va madaniyat 


136 
o’chog’iga aylandi. 1500 yilda butun Yevropada 65 ta universitet bor 
edi.
Jumladan, 1088 yilda ilk ma’ruza o’qilgan Italiyaning Bolonya 
universiteti, 1096 yildan mashg’ulotlar olib borilgan va 1117 yilda 
rasman universitet sifatida shakllangan Angliyaning Oksford va 1209 
yilda ochilgan Kembridj universitetlari Yevropaning eng keksa 
universitetlari sanaladi. 
O’rta asrlarda dunyoviy san’at ham gullab-yashnadi. Adabiyot 
sohasida jahon adabiyotining durdonalari qatoriga kirgan asarlar 
yaratildi. Me’morchilikda roman (Vorms, Shpeyer, Maynts, Shartr 
shaharlarining soborlari), gotika (Parij Bibi maryami ibodatxonasi, 
Milan, Strasburg soborlari) kabi uslublar vujudga keldi. Shaharlar 
G’arbiy Yevropa o’rta asr sivilizatsiyasi taraqqiyotiga alohida hissa 
qo’shdi.
Shunday qilib, G’arbiy Yevropa o’rta asr sivilizatsiyasi o’z 
taraqqiyotida 
uchta 
sivilizatsiya 
omilini birlashtirib, o’zaro 
uyg’unlashtira oldi: antik meros, varvarlik dunyosi sivilizatsiyasi va 
xristianlik. O’rta asrlarda keyingi industrialoldi sivilizatsiyasi 
taraqqiyoti uchun asos yaratildi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin