маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

Iyerixon — O’lik dengizning shim.-g’arbida, Iordan daryosi 
vodiysida joylashgan shahar. Mil. av. 7—2-ming yillikda Falastindagi 
qadimgi manzilgoh. Neolit va jez davriga oid manzilgoh qoldiqlari, 
mustahkam qo’sh devori bo’lgan shahar xarobasi (mil. av. 18—16-
a.lar), maqbaralar ochilgan. Mil. av. 2-ming yillikning oxirlarida 
yahudiy qabilalar tomonidan vayron qilingan. Bibliya rivoyatiga 
ko’ra, Iyerixonning devorlari dushman karnaylari sadosidan 
(«iyerixon karnaylari») qulab tushgan. 
Integratsiya (lotincha) – tiklanish, to’ldirish, turli xalqlarning 
birlashuvi, turli etnoslarning bir hududda etnik-madaniy aloqalarni 
o’rnatish jarayoni. 
Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy 
taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli 
ko’rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma’naviy 
boyliklarda ifodalanadi. «Madaniyat» tushunchasi muayyan tarixiy davr 
(antik madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (o’zbek madaniyati), 
shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o’ziga xos sohalari 
(masalan, mehnat madaniyati, badiiy madaniyat, turmush madaniyati)ni 
izohlash uchun qo’llaniladi. Tor ma’noda madaniyat atamasi 
kishilarning faqat ma’naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi. 
«Madaniyat» arabcha madina (shahar) so’zidan kelib chiqqan. 
Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy 
turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik — 
ko’chmanchi holda dashtu saxrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik 
— shaharda o’troq holda yashab, o’ziga xos turmush tarziga ega 
bo’lgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan. 
Me’morlik, arxitektura — foydalanishdagi maqsad va vazifalar
zamonaviy texnik imkoniyatlar va jamiyatning estetik karashlaridan 
kelib chiqib bino va inshootlarni loyihalash va qurish san’ati. Me’mor 
inson hayoti va faoliyati uchun zarur fazoviy muhitni tafakkur kuchi 
bilan avval ijodiy loyihada rejalab, uni amalda yuksak did va mahorat 
bilan bunyod etadi. M. asarlari qatoriga turli-tuman binolar, uy-joylar, 
me’moriy majmualar, maydonlar, shaharlar, ulardagi monu-mentlar
usti ochiq va yopiq inshootlar kiradi. Axoli yashaydigan manzillar — 
qishloq, shahar va shaharchalarni rejalab tashkil etish b-n M.ning 
jamlovchi, eng murakkab sohasi — shaharsozlik shug’ullanadi. Tabiat 


153 
manzaralari b-n bog’liq muhitni bunyod etish, bog’lar yaratish sohasi 
bog’sozlik (bog’-park) san’atidir. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin