Xavflar taksonomiyasi – xavflarni
tartib bo‘yicha joylashtirish degan
ma’noni anglatadi.
a)
geologik o‘zgarishlar oqibatida yuzaga keladigan xavflar:
yer silkinishi, yer ko‘chkisi, vulqon otilishi, tog‘larning yemirilishi va
boshqalar;
b)
gidrometerologik o‘zgarish oqibatida yuzaga keladigan
xavflar: shamollar, yog‘ingarchiliklar, tabiiy yong‘in, qurg‘oqchilik,
momaqaldiroq, chaqmoq chaqishi, do‘l yog‘ishi va hokazolar;
d)
epidemiologik, epizootik va epifitotik xavflar: (insonlar
kasallanishi, zaharlanishi, ommaviy o‘lim, parranda, cho‘chqa
gripplari, qutirish, oqsil kasalligi, chigirtkalarning yog‘ilishi,
fotosintez jarayonining buzilishi va boshqalar);
Xavflar taksonomiyasini tuzish aynan inson
faoliyati xavfsizligini ta’minlashda muhim ro‘l
o‘ynaydi. Xavflarning taksomaniyasini tuzishni,
albatta, xavflarning tabiatini chuqur o‘rganish
orqaligina amalga oshirish mumkin.
Afsuski, hozirga qadar
xavflarning yetarlicha to‘liq
taksanomiyasi yaratilmagan. Bu
esa har qanaqa xavfning oldini
olishni ta’minlashni chegaralab
qo‘yadi. Shuning uchun olimlar,
soha mutaxassislari oldiga
xavflarning taksonomiyasini
yaratish bo‘yicha ilmiy va
metodologik izlanishlar olib
borish maqsad qilib qo‘yilgan.
|