Xulosa: narsalarning o‘lchamlari haqida gapirilayotganda bu o‘lchamlarni turli
yo‘nalishlarda ko‘rsatish mumkin. Turli yo‘nalishdagi uzunlik turlicha ataladi: bo‘y, eni,
balandligi, qalinligi. Bu so‘zlar uchun qarama-qarshi ma’noli so‘zlar bormi?
“Teskarisiga” o‘yinini o‘ynaymiz. Men rasmlarni ko‘rsataman va narsalarni bir so‘z bilan
taqqoslayman, siz esa bu taqqoslashni qarama-qarshi ma’noli so‘z bilan aytamiz.
1. Qizil qalam ko‘k qalamdan uzun (narsalar ko‘rsatiladi.).
2. Qayrag‘och archadan baland.
3. SHarf kamardan keng (narsalar ko‘rsatiladi).
4. Kundalik daftar darslikdan yupqa (narsalar ko‘rsatiladi).
5. Dars irmoqlardan keng.
6. Yo‘l so‘qmoqdan uzun va hakozo.
Darslik bo‘yicha ishlash bu tushunchalarni mustahkamlaydi. Atrofingizga qarang
va hossalarini yangi so‘zlar bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan narsalarni ayting.
Yakunlab o‘qituvchi bunday deydi: Biz bugun yangi tushuncha-miqdor bilan
tanishdik. Narsalarning hossasini taqqoslash mumkin. Narsalarning hossasini taqqoslash
mumkin bo‘lgan holda miqdor haqida gapiriladi. Narsalarning o‘lchamlari haqida
gapirilganda miqdorni turli so‘zlar bo‘yi, eni, balandligi, qalinligi deb aytiladi. Agar
narsaning bir yo‘nalishdagi o‘lchami haqida gapiriladigan bo‘lsa, ko‘pincha “bo‘yi”,
uzunligi so‘zini aytadilar.
Navbatdagi darslarda og‘zaki sanoq ishiga miqdorlarni taqqoslashga doir
topshiriqlarni muntazam kiritib borish kerak
4
. Ustiga qo‘yishning amaliy usullaridan ham
vaqti-vaqti bilan foydalanib turish kerak.
Dostları ilə paylaş: