Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Bu kabi (tul) xotinlarga sovchilikni ishora qilishingizda yoki (aytmay) ichingizda pinhon



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

235. Bu kabi (tul) xotinlarga sovchilikni ishora qilishingizda yoki (aytmay) ichingizda pinhon 
saqlashingizda sizlar uchun gunoh yo'q. Alloh, u (xotin)larga (sovchilik haqida) gapirishingizni bildi. 
Lekin, ular bilan xufyona va'dalashmangiz! Faqat (ularga) yaxshi gap gapirishingiz (mumkin). To bitik 
(idda) o'z muddatiga yetmaguncha, nikoh bog'lashga azmu qaror qilmang va bilingizki, albatta, Alloh 
ichlaringizdagi narsani biladi. Bas, Undan ehtiyot bo'ling va yana bilib qo'yingizki, albatta, Alloh 
kechirimli va halimdir.
 
236. Agar xotinlaringizni, qovushmay turib yoki ularga mahr belgilamay turib, taloq qilsangiz sizlar 
uchun gunoh yo'qdir. Lekin, ularni moddiy jihatdan ta'minlang; boy ham, kambag'al ham o'z hollariga 
qarab (ta'minlasin). Ezgulik qiluvchilar zimmasidagi burch (shudir).
 
237. Agar ularga mahrni belgilab, ammo qovushmay turib taloq qilgan bo'lsalaringiz, belgilangan 
mahrning yarmi (zimmangizdadir). Magar ular (shu yarmidan ham) kechib yuborsa yoki nikoh o'z 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
28
ixtiyorida bo'lgan zot (ya'ni, er o'ziga qaytib beriladigan yarim mahrdan) voz kechsa (mahrni 
mukammal to'lasa, joizdir). Kechib yuborishingiz taqvoga yaqinroqdir. O'zaro bir-biringizga fazl 
(muruvvat) qilishni unutmangiz. Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.  
238. (Barcha) namozlarni, xususan o'rta namozni saqlanglar (o'z vaqtida o'qinglar) va (namozda) 
Allohga bo'yin sunib (kamtarlik bilan) turinglar!  
Izoh: O'rta hamoz qaysiligi to'g'risida turli rivoyatlar mavjud. Uning asr namozi ekaniga dalillar ko'proq. 
Hanafiy mazhabida ham u asr namozi deb xulosa qilingan.  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin