Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Bas, qachonki, Biz (Sulaymonga) o'limni hukm qilganimizda, uning o'limiga faqat asosini yeyayotgan



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə490/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

 
14. Bas, qachonki, Biz (Sulaymonga) o'limni hukm qilganimizda, uning o'limiga faqat asosini yeyayotgan 
kemiruvchi qurtgina dalolat qildi. Bas, qachonki, u qulab tushgach, jinlarga aniq bo'ldiki, agar ular 
g'aybni biluvchi bo'lganlarida bu xor qiluvchi azobda (mehnatda) qolmagan bo'lur edilar.
Izoh: Sulaymon (a. s.)ga Alloh taolo insu jin, parrandayu darrandalar ustidan podshohlik qilish ne'matini ato 
etgan bo'lib, bir mis buloq ham u kishiga musaxxar etib bo'yinsundirib qo'yilgan ekan. Payg'ambar itoatidagi 
jinlar o'sha buloqdan mis eritmasini olib, Sulaymon (a. s.) aytgan buyum va shakllarni yasar ekanlar. Mazkur 
oyatda jinlarning g'aybiy sirlardan hamisha ogoh bo'lavermasliklari isbotlangan. Zero, agar ular g'aybni 
bilganlarida Sulaymon (a. s.)ning asoga suyangan holda vafot etganidan voqif bo'lar va majburiy qilayotgan 
og'ir ishlarini to'xtatgan bo'lur edilar. Vaholanki, ular payg'ambar asosini qurt yeb, yerga qulab 
tushganlaridan keyingina xabar topdilar. Shunday qilib, Sulaymon (a. s.) o'lib, devlar mehnatdan qutilgan 
ekanlar.  
15. Saba' (qabilasi) uchun o'z maskanlarida (Allohning fazliga doir) bir alomat bor edi- o'ng tomon ham, 
so'l tomon ham bog'-rog' bo'lib, (Biz ularga): "Parvardigoringiz rizqidan bahramand bo'linglar va Unga 
shukr qilinglar! (Shahringiz) pokiza shahar, (Parvardigoringiz) mag'firatli Parvardigordir" (degan 
edik).
 
16. Bas, ular (shukrdan) yuz o'girgach, Biz ularning ustiga to'g'on bilan (to'sib qo'yilgan) selni (ochib) 
yubordik va ularning bog'larini achchiq mevali, yulg'unzor va siyrak butazor "bog'lar"ga almashtirib 
qo'ydik.
 
17. Kofir bo'lganlari sababli ularni mana shu (jazo bilan) jazoladik. Biz kofirdan o'zga kimsaga jazo 
berarmidik?! 
 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin