Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


ogohlantiruvchi(payg'ambardir), xolos"



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə495/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   491   492   493   494   495   496   497   498   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

ogohlantiruvchi(payg'ambardir), xolos".
 
47. Ayting: "Men sizlardan (payg'ambarligim uchun) ajr (haq) so'ramasman. Bas, u sizlarga bo'la 
qolsin. Mening ajrim faqat Allohning zimmasidadir. U barcha narsaga guvohdir".
 
48. Ayting: "Albatta, Rabbim (botillikni) Haq (Qur'on vositasi) bilan (chetga) uloqtirur. U g'ayblarni 
aniq biluvchidir". 
49. Ayting: "Haq (Qur'on) keldi. Botil (yangidan shirkni va dinsizlikni) boshlay olmas va qaytara 
olmas".
 
50. Ayting: "Agar men (yo'ldan) ozsam, bas, faqat o'z zararimga ozurman va agar hidoyat topsam ham 
Rabbim menga qilayotgan vahiy sababliginadir. Albatta, U eshituvchi va yaqindir".
 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
289
51. (Ey, Muhammad,) agar Siz (mushrik va kofirlarni) dahshatga tushgan, yo'qolishning iloji yo'q va 
yaqin bir makondan (do'zax sari) tutib ketilgan paytlarida ko'rsangiz edi! 
 
52. (O’sha kunda) ular: "Imon keltirdik", - deydilar. Yiroq bir joydan (tavbaga) erishish qayoqda ekan 
ularga?! 
 
53. Holbuki, ular ilgari (dunyoda) unga kofir bo'lgan edilar! Holbuki, ular yiroqdan turib, g'aybga 
(oxiratga tosh) otar edilar.
 
54. (Mana endi,) xuddi ulardan oldingi hamfikrlariga qilingani kabi, ular bilan istaydigan narsalari 
(imon) o'rtasi to'sib qo'yildi, zero, ular (dunyoda) shak-shubhada edilar.
 
 
 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
290
FOTIR SURASI 
Fotir so'zi "ilk bor yaratuvchi" degan ma'noni bildiradi. Surada Allohning cheksiz ilmi va qudratiga dalolat 
qiluvchi aqliy dalillar, farishtalar, dunyo va oxirat, kufr va imon, tajovuz va tug'yon haqidagi ilohiy tafsilotlar 
hamda boshqa muhim ma'lumotlar mavjud. Suraning ikkinchi nomi - "Maloika"dir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   491   492   493   494   495   496   497   498   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin