amal qiluvchi ham bor va ularning orasida Allohning izni bilan mudom yaxshiliklarda o'zib ketuvchi ham bordir. Ana o'sha (Јur'onga voris bo'lish) katta fazldir. 33. Ular mangu (yashaydigan) jannatlarga kirurlar va oltin bilakuzuklar va marjonlar bilan bezangan bo'lurlar. U joyda ularning liboslari harir - (ipak) bo'lur. 34. (Jannatga kirgan chog'larida) deydilar: "Bizlardan qayg'uni ketkazgan zot – Allohga hamd (bo'lsin)! Darhaqiqat, Rabbimiz mag'firatli va shukr sohibidir. 35. U O’z fazli bilan bizlarni mangu turadigan diyorga tushirdiki, bu joyda bizlarga na mashaqqat yetar va na charchoq yetar". 36. Kofir bo'lgan kimsalarga esa jahannam o'ti bordirki, na ularga hukm qilinib, o'la olurlar va na ulardan (jahannam) azobi yengillatilur. Har bir kofirni mana shunday jazolarmiz. 37. Ular u joyda: "Parvardigoro, bizlarni (azobdan) chiqargin, bizlar qilib o'tgan amallarimizdan boshqacha yaxshi (amallarni) qilurmiz", - deb faryod qilurlar. Axir, Biz sizlarga eslatma oladigan kishi eslatma olgudek uzun umr bermaganmidik?! Sizlarga ogohlantiruvchi (payg'ambar) ham kelgan edi-ku! Bas, endi (azoblaringizni) totaveringlar! Zolim kimsalar uchun yordamchi bo'lmas. 38. Albatta, Alloh osmonlar va Yerning g'aybini (sirlarini) biluvchidir. Haqiqatan, U dillardagi bor narsani aniq biluvchidir. 39. U sizlarni Yerda xalifa qilib qo'ygan zotdir. Bas, kim kofir bo'lsa, uning kufri faqat o'zining zarariga bo'lur. Kofir bo'lgan kimsalarning kufri ularga Parvardigor huzurida faqat g'azabnigina ziyoda qilur; kofir bo'lgan kimsalarning kufri ularga faqat ziyonnigina ziyoda qilur. 40. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Xabar beringiz-chi, sizlar Allohni qo'yib iltijo qilayotgan