(yuborilgan) elchilarmiz", degan edilar. 15. Ular: "Sizlar ham xuddi bizga o'xshagan odamlarsiz. Rahmon (Alloh) biror narsa (vahiy) nozil qilgani yo'q. Sizlar faqat yolg'on so'zlamoqdasizlar", - dedilar. 16. (Elchilar) aytdilar: "Rabbimiz bilurki, bizlar, albatta, sizlarga (yuborilgan) elchilardirmiz! 17. Bizlarning zimmamizda faqat (Allohning vahiysini sizlarga) aniq yetkazishgina bordir". 18. (Ular) dedilar: "Bizlar sizlardan shumlanmoqdamiz. Јasamki, agar (da'vatlaringizni) to'xtatmasangizlar, sizlarni, albatta, toshbo'ron qilurmiz va sizlarga biz tomondan alamli azob yetar". 19. (Elchilar) aytdilar: "Shumlanishingiz o'zlaringiz bilandir. Sizlarga nasihat qilinsa (shumlanasizlarmi)?! Yo'q, sizlar haddan oshgan qavmdirsiz!" 20. (Shu payt) bir kishi shaharning ichkarisidan shoshgancha kelib, dedi: "Ey, qavmim, (bu) elchilarga ergashinglar! 21. O'zlari hidoyatda bo'lgan va sizlardan haq so'ramaydigan zotlarga ergashinglar!" Izoh: Bu taklifni xaloyiqqa aytgan kishi Habib ismli bir xudojuy duradgor bo'lib, u shahar chetida yashar edi. 22. (U yana aytdi): "Nega men o'zimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin? (Sizlar ham) Ungagina qaytarilursizlar. 23. Men Undan O'zgalarni iloh qilib olaymi?! (Holbuki), agar Rahmon menga biror zarar yetkazishni istasa, u ("iloh")larning shafoatlari menga biror foyda bera olmas va ular meni (azobdan) qutqara olmaslar. 24. U holda men, albatta, aniq zalolatda bo'lurman-ku! 25. Haqiqatan, men Rabbingizga imon keltirganman, meni eshitib qo'yingiz!" 26. (So'zlariga boqmay uni qatl qilishgach, unga) "Jannatga kir",- deyildi. (U joydagi noz-ne'mat va