o'sha (hayvon)lardan va o'shalardan yegaylar. 73. Yana ular uchun o'sha (hayvon)larda (turli) foydalar va ichimlik (sut-qaymoq)lar bordir. Axir, shukr qilmaydilarmi?! 74. Allohni qo'yib yordam olish umidida "iloh"larni tutdilar. 75. Ular hozirlangan qo'shin bo'la turib, ularga yordam berishga qodir bo'lmaslar. 76. Bas, (ey, Muhammad,) Sizni ularning so'zlari g'amgin qilmasin! Zotan, Biz ularning yashiradigan narsalarini ham, oshkor qiladigan narsalarini ham bilurmiz. 77. Inson, Biz uni nutfadan (bir tomchi shahvat suvidan) yaratganimizni, endi esa, u birdaniga (O'zimizga) oshkora xusumat qiluvchi bo'lib qolganini ko'rmadimi?! 78. U Bizga: "Chirib ketgan suyaklarni kim ham tiriltira olur?"- deb, masal keltirdi-yu, (ammo) o'zining (qanday) yaralganini unutib qo'ydi. 79. (Ey, Muhammad,) ayting: "U (chirigan suyak)larni dastlab paydo qilgan zotning O'zi qayta tiriltirur. U turli xil yaratish(lar)ni biluvchidir". 80. U sizlar uchun yashil daraxtdan olov paydo qilgan zotdir. Bas, sizlar o'shandan olov yoqursizlar. 81. Osmonlar va Yerni yaratgan zot yana ularning xuddi o'zidek yaratishga qodir emasmi?! Yo'q, (albatta, qodirdir). U yaratuvchi va biluvchidir! 82. Biror narsa (yaratish)ni iroda qilganda, Uning ishi faqatgina: "Bo'l!"- deyishdir. U (narsa) esa bo'lur (vujudga kelur). 83. Bas, barcha narsaning egaligi O'z "qo'li"da bo'lgan (Alloh)ga tasbeh (aytilur). Unga (huzuriga)gina qaytarilursizlar!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
299