VAS-SOFFOT SURASI
"Soffot" - saf tortib turuvchilar. Surada imon-e'tiqod, kufr va shirk, ins va jin, jannat va do'zax, payg'ambarlar,
xususan, Ibrohim, Ismoil (a. s.) qissalari va boshqa muhim ma'lumotlar bayon qilinadi. Saf tortuvchilardan
murod bu yerda farishtalar va mo'minlardir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Alloh yo'lida) saf tortib turuvchi,
2. (gunoh ishlardan) mudom to'suvchi,
3. (Allohning kalomini) doimo zikr qiluvchi (farishtalar va insonlardan iborat barcha) zotlarga qasamki,
4. haqiqatan, ilohingiz yagonadir!
5. (U) osmonlar, Yer va ularning o'rtasidagi narsalarning Parvardigoridir. (U yana) kunchiqar (va
kunbotar) tomonlarning Parvardigoridir.
6. Darhaqiqat, Biz dunyo osmonini yulduzlar bilan ziynatladik.
7. (Uni) har qanday itoatsiz shaytondan (jindan) saqladik.
8. U (jin)lar eng oliy mavjudotlar (farishtalar so'zlari)ni eshita olmaslar, ularga har tomondan
(yulduzlar) otilur
9. haydash uchun. Ularga (oxiratda) doimiy azob bordir.
10. Illo, biror marta (biror so'zni) ilib olgani bo'lsa, unga ham uchar yulduz quvib yetar (va halok etar).
11. Bas, (ey, Muhammad, Makka kofirlaridan) so'rang-chi, ular(ni) yaratish qiyinroqmi yoki Biz
yaratgan narsalarnimi?! Zotan, Biz ularni (Odamni) yopishqoq loydan yaratgandirmiz.
12. Balki Siz (ulardan) taajjubdadirsiz, (ammo) ular esa masxara qilurlar.
13. Ularga (Qur'on bilan) nasihat qilinsa, nasihatni olmaslar.
14. Biror mo''jizani ko'rsalar, (imon keltirish o'rniga) yanada ziyodaroq masxara qilurlar
15. va derlar: "Bu faqat aniq sehrdir.
Dostları ilə paylaş: |