bordir. 165. Darhaqiqat, bizlar (Alloh xizmatida) saf tortib turuvchilardirmiz. 166. Yana, bizlar (Allohga) tasbeh aytuvchilardirmiz". 167. Darvoqe, (Makka ahli) aytar edilar: 168. "Agar bizning oldimizda ham avvalgilar(ning kitoblari)dan biror eslatma (Kitob) bo'lsa edi, 169. albatta, bizlar ham Allohning ixlosli bandalari bo'lur edik". 170. Bas, (Qur'on nozil bo'lgach,) unga kofir bo'ldilar. Bas, yaqinda (buning oqibatini) bilurlar. 171. Bizning payg'ambar bo'lgan bandalarimiz haqidagi (ushbu) So'zimiz kechgandir: 172. "Shubhasiz, ular qo'llab-quvvatlanuvchilardir. 173. Va albatta, Bizning qo'shinimiz (ya'ni, payg'ambarlar va mo'minlar) g'olibdirlar". 174. Bas, (ey, Muhammad,) Siz ulardan (mushriklardan) vaqtincha yuz o'giring! 175. Ularni (mag'lub bo'lganlarida) ko'ring! Bas, yaqinda ular (kufrlarining oqibatini) ko'rajaklar. 176. Hali ular Bizning azobimizni qistamoqdamilar?! 177. Bas, qachonki, (azobimiz) ularning hovlilariga (ustilariga) tushganida (o'sha) ogohlantirilgan kimsalarning tonglari xayrli bo'lmas. 178. Siz ulardan (ma'lum) bir vaqtgacha yuz o'giring! 179. Ularning (mag'lub bo'lganlarida) ko'ring! Bas, yaqinda ular (kufrlarining oqibatini) ko'rajaklar. 180. Qudrat egasi bo'lmish Rabbingiz ularning tavsiflaridan (aybu nuqsondan) pokdir. 181. Payg'ambarlarga salom! 182. Hamd esa, (barcha) olamlar Rabbiga (xosdir).
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur