Dovudga butunlay qaytuvchidir. Izoh: Dovud (a. s.) Allohga tasbeh aytganlarida, undan ta'sirlangan qushlar ham chug'urlashib, birga tasbeh aytar ekanlar. Oyatda shu mazmunga ishora qilinmoqda. 20. Uning hukmronligini ham mustahkam qildik va unga hikmat hamda qat'iy xitob (haqqoniy hukm chiqarishni) ato etdik. 21. (Ey, Muhammad,) Sizga da'vogar (ikki jamoat) xabari keldimi? O'shanda ular (Dovud ibodat qilayotgan) mehrobga chiqishdi. 22. Dovud huzuriga kirishganda, u ulardan qo'rqib ketdi. Ular dedilar: "Qo'rqmagin, (Bizlar) birimiz birimizga zulm qilgan ikki da'vogardirmiz. Bas, sen bizlarning o'rtamizda haqqoniy hukm qilgin va (bizlardan birortamizga) jabr qilmagin hamda bizlarni To'g'ri yo'lga boshlagin". 23. (Ularning biri dedi): "Darvoqe, mana bu mening birodarim, uning to'qson to'qqiz sovliq qo'yi bor, mening esa birgina sovlig'im bordir. Bas, u: "O'shani ham menga topshirgin", -dedi va meni bahsda yengib qo'ydi". 24. (Dovud ikkinchi da'vogarni tinglamasdanoq) dedi: "Darhaqiqat, u sening sovlig'ingni o'z sovliqlariga (qo'shib olishni) so'rab senga zulm qilibdi. Darvoqe, ko'p oshna-og'aynilar bir-birlariga zulm qilurlar. Faqat imon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan kishilargina (zulm qilmaslar), Ular esa juda ozdirlar". Dovud uni imtihon qilganimizni bildida, Parvardigoridan (shoshib hukm chiqargani uchun) mag'firat qilishni so'radi va (sajdaga) egilgan holida yiqilib, tavba qildi. (Sajda oyati) 25. Bas, Biz uni o'sha (xatosi)ni kechirdik. Albatta, uning uchun Bizning huzurimizda qurbat (yaqinlik) va go'zal oqibat (jannat) bordir. 26. Ey, Dovud! Darhaqiqat Biz seni yerda xalifa qildik. Bas, sen (nafsu) havoga ergashib ketmagin! Aks