Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


bo'lmaydigan bir mulk (hukmronlik) ato etgin. Sening O'zinggina (barcha yaxshiliklarni) ato



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə525/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   521   522   523   524   525   526   527   528   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

bo'lmaydigan bir mulk (hukmronlik) ato etgin. Sening O'zinggina (barcha yaxshiliklarni) ato 
etuvchisan".
 
36. Bas, unga u istagan tomonga uning amri bilan mayin esaveradigan shamolni bo'yin sundirdik.
 
37. Shuningdek, barcha (qasrlarni) bino qiluvchi va (dengizlar qa'riga shung'uvchi) g'avvos shaytonlarni 
(jinlarni) ham.
 
38. Boshqa (bo'yin sunmaydigan jin)larni esa kishanlar bilan bandi qildik.
 
39. (Sulaymonga dedik): "Mana shu Bizning (senga) ato etganimizdir. Bas, sen (ularni) ehson qil yoki 
(o'zingda) saqla, (sendan bu to'g'rida) hisobot olinmas".
 
40. Albatta, (Sulaymon) uchun Bizning huzurimizda yaqinlik va go'zal oqibat (jannat) bordir.
 
41. (Ey, Muhammad,) bandamiz Ayyub Parvardigoriga nido qilib: "Meni shayton mashaqqat va azobga 
tutdi", - degan paytini eslang! 
 
42. (Shunda unga aytildi): "Oyog'ing bilan (yerni) tepgin! (chashma otilib chiqur). Mana shu sovuqqina 
cho'miladigan va ichimlik suvidir".  
43. Biz O'z tomonimizdan marhamat ko'rsatib hamda aql egalariga eslatma bo'lishi uchun, (Ayyubga) 
ahli (oilasi)ni va ular bilan qo'shib, yana o'shalarning mislicha (farzand) ato etdik.
 
44. (Yana Biz Ayyubga aytdik): "Qo'lingga bir bog' (novdani) olib, u bilan (xotiningni) urgin - 
qasamingni buzmagin". Darhaqiqat, Biz (Ayyubni) sabr qiluvchi deb topdik. U naqadar yaxshi 
bandadir! Haqiqatan, u (Alloh yo'liga) butunlay qaytuvchidir!
Izoh: "Hiylai shar'iy" degan ibora shu oyatga o'xshagan dalillarga asoslanib to'qilgan bo'lishi kerak. Ayyub (a. 
s.) og'ir betob bo'lgan kezlarida, xotinlari yaxshi parvarish qilmaganlari tufayli "Tuzalganimdan keyin seni yuz 
qamchi uraman" - deb qasam ichib qo'ygan ekanlar. Shu qasamlarini ro'yobga chiqarib, gunohkor bo'lib 
qolmasliklari uchun Alloh taolo yuzta mayda novdani bir dasta qilib, o'sha bilan xotinlarini bir marta urib 
qo'yishlikni buyurgan ekan.  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   521   522   523   524   525   526   527   528   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin