kabi qilishimizni va hayotlari ham, mamotlari ham barobar bo'lishini o'ylagandirlar?! Naqadar yomon (nohaq) hukm qilurlar?! 22. Alloh osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratdi va barcha jon zulm qilinmagan hollarida o'zlari qilgan amallariga yarasha jazolanurlar. 23. (Ey, Muhammad,) havoyi nafsini o'ziga "iloh" qilib olgan va Alloh uni bilgan holida adashtirib, quloq va ko'nglini muhrlab, ko'ziga parda tortib qo'ygan kimsani ko'rdingizmi? Bas, uni Alloh (adashtirgani)dan so'ng kim hidoyat qila olur?! Axir, eslatma olmaysizlarmi?! 24. Ular (qiyomatni inkor etuvchilar: "Hayot) faqat shu dunyodagi hayotimizdir. (Birimiz) o'lib, (birimiz) yashab yuraveramiz. Bizlarni (Alloh emas, balki) faqat zamon (o'tishi)gina o'ldiradi", - dedilar. Holbuki, ularda bu To'g'rida biror bilim (hujjat) yo'qdir. Ular faqat (shunday) gumon qilurlar, xolos. 25. Qachon ularga (qayta tirilish To'g'risidagi) Bizning oyatlarimiz bayon etuvchi holida tilovat qilinsa, ularning (Bizga qarshi) "hujjatlari" faqat: "Agar rostgo'y bo'lsangiz, otabobolarimizni (tiriltirib) keltiringlarchi", - deyishlarigina bo'lur. 26. Ayting: "Alloh sizlarga hayot berur, so'ngra (ajallaringiz yetgach) o'ldirur, so'ngra sizlarni hech shubhasiz (keladigan) Qiyomat kuniga to'plar. Lekin odamlarning aksariyati (buni) bilmaslar". 27. Osmonlar va Yer hukmdorligi Allohnikidir. Qiyomat qoyim bo'ladigan Kuni - ana o'sha Kunda buzg'unchilar ziyon torturlar. 28. (U Kunda) barcha ummatni (dahshat va iztirobdan) tiz cho'kkan holda ko'rursiz. Har bir ummat o'z nomai a'moliga chaqirilur, (so'ng ularga deyilur): "Bugun qilib o'tgan amallaringiz bilan jazolanursizlar. 29. Mana bu kitobimiz (nomai a'molingiz) sizlarga haqiqatni aytur. Darhaqiqat, Biz sizlar qilib yurgan