undan biror narsani kamaytirib yozmasin! Agar gardanida qarzi bo'lgan kishi aqlsiz yo ojiz (yosh yoki o'ta keksa) bo'lsa, yoki (kar, soqovligi yo til bilmasligi tufayli aytib) yozdirishga qodir bo'lmasa, uning homiy-vakili adolat bilan aytib tursin! Sizlar rozi bo'ladigan (adolatli) guvohlardan ikki erkak kishini guvoh qilinglar. Agar ikki erkak topilmasa, bir erkak bilan ikki ayoldir - biri (unutib) adashganda, ikkinchisi eslatadi. Guvohlar chaqirilganda, (kelib guvohlik berishdan) bosh tortmasinlar! Xoh katta, xoh kichik qarz bo'lsin, muddatigacha yozib qo'yishdan erinmanglar. Mana shu Alloh nazdida adolatliroq, guvohlik uchun to'g'riroq va shak-shubha qilmaslikka yaqinroq (hukm)dir. Lekin, o'rtalaringizdagi aylanma naqd savdo bo'lsa, uni yozmasligingizda sizlarga gunoh yo'qdir. O'zaro savdo- sotiq qilganda ham guvoh keltiring! Kotib ham, guvoh ham zararlanmasin. Agar shunday qilsangiz (zararlantirsangiz), bu sizning fosiqligingizdir. Allohdan qo'rqingiz! Alloh sizlarga (shunday) ta'lim beradi. Alloh hamma narsani biluvchidir. Izoh: Bu yerdagi buyruq qat'iy emas, balki mandub - ixtiyoriydir. Oldi-sottini guvohlar huzurida qilishlik har ehtimolga qarshi tavsiya etiladi. 283. Agar safarda bo'lib, kotib topa olmasangiz, (qarz evaziga) naqd garov (berilsin!) Agar bir- biringizga omonat qo'ysangiz, omonat qo'yilgan kishi omonatni qaytarsin va Rabbi - Allohdan qo'rqsin! Guvohlikni yashirmangiz! Kim uni yashirsa, bas, uning qalbi osiy (gunohkor)dir. Alloh qilayotgan
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
33
ishlaringizni yaxshi bilib turuvchidir. 284. Osmonlaru Yerdagi bor narsa Allohnikidir. Ichingizdagi narsani oshkora qilsangiz yoki