Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Agar (imondan) bosh tortsangizlar, yaqinki, sizlar yerda buzg'unchilik qilarsizlar va



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə590/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   586   587   588   589   590   591   592   593   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

22. Agar (imondan) bosh tortsangizlar, yaqinki, sizlar yerda buzg'unchilik qilarsizlar va 
qarindoshlaringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzarsizlar.
 
23. Unday kimsalarni Alloh la'natlagandir, bas, ularning (quloqlarini) "kar", ko'zlarini "ko'r" qilib 
qo'ygandir.
 
24. Axir, ular Qur'on (oyatlari) haqida fikr yuritmaydilarmi?! Balki dillarda qulflari bordir?! 
 
25. Haqiqatan, o'zlariga hidoyat (yo'li) ravshan bo'lganidan keyin yana ortlariga (kufrga) qaytib ketgan 
kimsalarga (bu ishlarni) shayton chiroyli qilib ko'rsatdi va ular uchun (puch orzularni) uzaytirib qo'ydi.
 
26. Bunga (kufrga qaytishlariga) sabab - ularning Alloh nozil qilgan narsani (Qur'onni) yomon ko'rgan 
kimsalarga: "Biz ayrim ishlarda sizlarga itoat etamiz", - deganlaridir. Holbuki, Alloh ularning 
yashirgan (sir)larini bilur.


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
349
 
27. Bas, farishtalar ularning yuzlari va ketlariga urib, jonlarini olar vaqtida, (hollari) ne kechur?!.
 
28. Bunga sabab ularning Allohni g'azablantirgan narsaga (munofiqlikka) ergashib, Uning rizoligini 
(kofirlarga qarshi jang qilishni) yomon ko'rganlaridir. Bas, (Alloh) ularning (qilgan yaxshi) amallarini 
behuda ketkazdi.
 
29. Balki, dillarida maraz (nifoq) bo'lgan kimsalar Alloh ularning (dillaridagi) adovatlarni oshkor 
qilmas, deb o'ylagandirlar?! 
30. (Ey, Muhammad,) agar xohlasak, albatta, Sizga ularni (munofiqlarni) ko'rsatib (tanitib) qo'ygan 
bo'lur edik, u holda Siz ularni belgilaridan tanib olgan bo'lur edingiz. (Qasamki, endi) albatta, Siz ularni 
so'z ohangi (uslubi)dan tanib olursiz. Alloh (barcha) amallaringizni bilib turur.
Izoh: 30-31-oyat. Musulmonlar ichida dilida imon keltirmagan munofiqlar ham bor edi. Ularni turli sinovlar 
orqali Rosul (a. s.)ga tanitib qo'yish uchun Alloh taolo mazkur oyatlarni nozil etgan.  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   586   587   588   589   590   591   592   593   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin