Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc


FASL  Haq subhonahu va taoloning hamma olamlarga podshohligi bayonida



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

FASL 
Haq subhonahu va taoloning hamma olamlarga podshohligi bayonida 
Vaqtiki, Haq taoloning zoti vojibul vujudi va sifati qadimiyligi, vazn, shakl, rang, 
zamon va makondin xoli ekani ma’lum bo‘ldi. Bas, bu ma’rifatning kalidi odam o‘zligini 
tanimog‘ida ekani mazkur bo‘ldi. Haq taoloning hamma olamlarga podshohligi qaysi vajh 
biladur? Va maloikaga - farishtalarga farmon qilmog‘i va maloika unga bo‘ysunmog‘i va 
olam ishlariga maloikalarni muakkil qilmog‘i va osmondin zaminga farmon yetkurmagi 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
40
va osmonda yer va sitoralarni (yulduzlarni) sayr qilmog‘i va rizqlar xazinasining 
ochqusini havola qilmog‘i nechukdur? 
Bu bobda bular haqiqatini bayon qilgumdurkim, Haq taoloning ma’rifatini hosil qilmokda 
ulug‘ xosiyatlar bordur. Muni af’oli ma’rifat derlar. Chunonchi, avvalgi bobni ma’rifat zoti va 
ma’rifat sifati atalur erdi. Bas, ma’rifati af’olning kalidi ham odam o‘zligini tanimog‘idur. 
Vaqtiki, o‘zingni badan mamlakatiga podshohlik va tasarrufingni bilmasang, Haq 
taoloning podshohlik va tasarrufini nechuk bilursan? Avval o‘zingni tanigil va o‘z 
sifatlaringni bilg‘il. Masalan, «Bismilloh»ni bitmakni xohish qilsang, avval inson rag‘bati va 
irodasinda paydo bo‘lur. Va murod bu dildin zohiriy dildurkim, go‘shporai ul sanavbariy 
(yurak) ko‘Qoakning chap tarafidadur. Bas, bu dildan ruh dimog‘iga harakat qilur. 
Hamma quvvat, his-harakatlar muning birladur. Va bu ruhga o‘lim yo‘l topar, hayvondagi 
ruh ushbudir. Odam va hayvon o‘lmagi birla bu ruh ham o‘lar. Bu ruhni hayvoniy ruh 
atarlar. 
Va yana bir ruhkim, bizlar anga dil deb qo‘ydik, hayvonotda ul ruh yo‘qtur. O’lim anga 
hargiz yo‘l topmas. Va bu ruh xudoi azza va jalla ma’rifatining o‘rnidir. Vaqtiki, ruhi 
hayvoniy dimog‘iga yetsa, «Bismilloh» surati dimog‘ni xazinasida quvvat va xayolning 
makonida paydo bo‘lur. Va dimog‘din ta’sir ul paylarga yetarkim, ul paylar - (asab 
tomirlari) odamiyning hamma a’zosida rishtaga o‘xshab tarqab, barmoqlar uchiga 
tutashgan. Bu paylarni oriq kishining bilagida ko‘rgali bo‘lur. Bas, bu paylar jumbushga 
kelib, barmoqlar uchini jumbushga keltirur. Bas, «Bismilloh» suvrati xazinai xayoldagi suratga 
muvofiq qog‘ozda paydo bo‘lur. Bu suvratning qog‘ozda paydo bo‘lmog‘i hissiyotning 
yordami birladur. Xususan, ko‘z birladurkim, to ko‘z nigoron bo‘lmaguncha harf 
yozilmas. 
Bas, bandaning qilur ishining avvalgi rag‘bati va xohishi shudurkim, avval ko‘ngilda 
paydo bo‘lur. Munga o‘xshash, hazrati Haq subhonahu va taoloning sifatlaridin birini iroda 
atarlar. Hamma ishlarning avvali Xudoning irodasi bilandur. Chunonchi, bandaning xohish 
va irodasining asari avval dilda paydo bo‘lur. Andin keyin dilning vositasi birla o‘zga a’zo 
va quvvatlarga yetar.
Haq taolo irodasining asari avval Arshda paydo bo‘lur. Andin o‘zga joylarga yetar. 
Chunonchi, badanning vujudida jismi latifdurkim, ruhi hayvoniy ot qo‘ydiq, dilning 
tomirlaridin bu asarni dimog‘iga yetkurur. Munga o‘xshash Haq taolo irodasining asarini 
Arshdin Kursiga yetkuradurg‘on javhari latiflar bordurkim, ani farishta atarlar. Va ruhlar 
ham derlar. Va ruhul quddus ham atarlar. Chunonchi, bandaning irodasi asari dildin 
dimog‘ga yetarkim, dimog‘ dilning xazinadoridur. Munga o‘xshash, Haq subhonahu va 
taoloning iroda sifatining asari Arshdin Kursiga yetarkim, Kursi quyida, Arshning 
ostidadur. Chunonchi, badanning qilur fe’lining suvrati dimog‘ xazinasining avvalgi 
tabaqasida paydo bo‘lur. Andin keyin xorijda suvratg‘a kelur. Munga o‘xshash ham 
nimarsaki olamda mavjud bo‘lib, andin keyin ul nimarsa olam ichida mavjud bo‘lur. 
Chunonchi, dimog‘dagi quvvati latif paylarni junbushg‘a keltirur. Munga o‘xshash, Haq 
taoloning Arshu Kursiga muakkal farishtalari bordurkim, osmok va sitoralarni 
(yulduzlarni) junbushga keltirur. Va dimog‘dagi quvvatni, pay va tomirlar vositasi birla 
barmoqlarni harakatga keltirgandek, farishta muakkal kavokib (yulduzlar) vositasi 
va soat robitasi (aloqa) birla olami sifliy chahor tab’ anosirni (to‘rt unsur - suv, tuproq, 
o‘t, havo) harakatga keltirur. Ya’ni harorat, rutubat (ho‘llik) va yubusat (quruqlik) va 
burudat (sovuqlik)dur. 
Chunonchi, qalam siyohni parokanda qilur va jam’ qilur, toki «Bismilloh» suvrati 
qog‘ozda naqsh bog‘lagay. Munga o‘xshash farishtai muakkallar harorat va burudat, 
anosiri arba’ani (to‘rt unsurni) harakatga keltirur. Qog‘oz siyoxni qabul qilg‘onga 
o‘xshash, ansori arba’aning rutubati shaklni qabul qilgusidur. Yubusat, ya’ni qurug‘luq ul 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin