Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
47
qilmog‘i jahliyati vajhidindur. Avvalgi vajh: guruhe johillarkim, Haq taologa
iymonlari yo‘qtur, Haq taoloni ham zohiran bilmakni talab qilurlar. Va shakl. hajm
birla Haq taoloni bilolmaslar, inkor qilurlar. Bas, mavjudot ahvolidan
deb nujum va tabiat
bilurlar. Va xayolida odam va hayvonot, balki hamma mavjudot ashkoli ajoyib va hikmathoi
g‘ariblar birla o‘zicha paydo bo‘lg‘ondur, va hamisha bo‘lg‘usidur, deb faraz qilurlar. Va
olam tabiiy ravishda,o‘zicha paydo bo‘lur, va yo birovning vositasi birla paydo bo‘lur deb
aqida qilurlar. Bas, bu toifaning misoli kishiga o‘xsharkim, xushxat kitobni ko‘rib ayturkim,
bu xat o‘zicha bitilgandur.
Kotibi qodir,bu olam (ustozining bitg‘onini inkor qilur). Kishikim
bu tariqa nobino (ko‘r) bo‘lsa, shaqovatdan (baxtsizlikdan) o‘zgani ko‘rmas. Tabiiyun va
munnajimning g‘alat qarashlari yuqorida bayon qilindi.
Ikkinchi vajh: ba’zilar oxiratga munkirdirlar (inkor etuvchi). Ayturlarkim, odam
hayvonotga o‘xshashdur. Vaqtiki o‘lsa, nobud bo‘lur, anga savob va iqob (azob) bo‘lmas.
Bas, bu johilliklari o‘zlariga haqoratki, o‘zlarini eshak va mol va giyoh qatorida bilurlar.
Va ular inson ruhi haqiqatini tanimaslar. Inson
ruhi abadiydurkim, hargiz o‘lmas. Va lekin
badandan ul ruhni olurlar, ani o‘lim atarlar. Bu so‘zlar xaqiqatini to‘rtinchi unvonda bayon
qilgumdur, inshoalloh taolo.
Uchinchi vajh: ul toifai johillarkim, Xudoyi taologa va oxiratga imoni za’iflari bordur va
lekin shariat ma’nosini bilmaslar. Va ayturlarkim: Ibodat va ma’siyat aning dargohida
barobardur. Bu hollari (rasvoligini) Qur’onda ko‘rmaydilarmu? Haq subhonahu va taolo
xabar beribdur:
Va man tazakka fa- innamo yatazakka li nafsihi. (Fotir, 18).
Va man jahada fa innamo yujahidu li nafsihi. (Ankabut, 6).
Oyatlarning tafsiri shulki, kishi gunoxdin o‘zini pok tutsa, o‘z ruhining manfaati uchun o‘zini
pok tutar.Va kishikim, zolimlar birla jihod qilibdurlar, bas, o‘z
ruhining manfaati
uchun jihod qilibdurlar va kishikim, amali solih qilibdur, bas, o‘z ruhi manfaati uchundur.
Ya’ni, inson qilg‘on amallarining hosilini qiyomat kuni o‘zi ko‘rgusidur.
Va ba’zilari gumon qilurlarkim, amalni kishi Xudoga qilg‘ay, o‘z ruhiga qilmag‘ay. Bu
toifaning misoli bemorga o‘xsharkim, parhez tutmas va ayturkim, tabibning farmonini tutgon
va tutmagonidan tabibga na ziyondur. Bu so‘zi rostdur va lekin parhez tutmag‘oni o‘zining
halokatiga sabab bo‘lg‘usidurki, tabib sihatlig‘ yo‘lini bemorga ko‘rsatguchidur
va anga dalolat
qilguchidur. Chunonchi, badanning bemorligi bu jahonda halok bo‘lmoqg‘a sababdur.
Chunonchi, dori yemak va parhez tutmoq badanning sihatligiga, toat qilmoq, ma’rifat hosil
qilmoq va ma’siyatdin parhez qilmoq dilning salomatligiga sababdur.
Yavma lo yanfau molun va lo banuna illo man atalloha bi-qalbin salimin. (Shuaro, 88-89).
Ya’ni:U kunda na molu davlat va na bola-chaqa foyda bermas.Magar Alloh huzuriga
toza dil bilan kelgan kishilargina foyda topurlar.
To‘rtinchi vajh: ahkomi shariatni,shariat hukmlarini bilmaydigan guruhlar ayturlar:
farmoni shar’iy buldurkim, dilni shahvat va g‘azab va riyodin xoli qilg‘aysen. Bas, bu
so‘zlar amri maholdur.Odamning bu so‘zlari anga o‘xsharkim, qora
kigizni yuvmoq birla
oq qilg‘aylar. Bu aqmoqlar bilmaslarkim, shariat bu ishga farmon qilmabdur. Balki
shariatning farmoni budurkim,shahvat va g‘azabni aql ila jilovlab turgay, shariatga va
aqlga g‘olib qilmag‘ay. Va shariatga sarkashlik qilmag‘ay (bo‘yin tovlamag‘ay).
Bas, bandaga lozimdurkim, shariatni e’tiborda tutg‘ay. Va gunohi kabiradan parhez
qilg‘ay, toki gunohi sag‘irani Haq taolo avf qilg‘usidur.
Bu ishlar mumkindur, bisyor