www.ziyouz.com кутубхонаси
60
FASL Qabr azobining ma’nolari bayonida Endi qabr azobining haqiqiy ma’nolari haqida so‘zlaymiz. Bilgilki, qabr azobi ham
ikki qismdur: ruhoniy va jismoniy (azoblar)ni hamma xaloyiq bilurlar. Ammo, ruhoniy
azobni har kishi (ya’ni, hech kishi) bilmas. Va lekin odamiydan o‘lmagi birla qo‘l,
oyoq, ko‘z, quloq - hamma a’zolaridagi havosni ( hirslarni) ayol, farzand, molu-mulk,
hammasini olurlar. Agar odam dunyoda bir sevimli narsa bilan mashg‘ul bo‘lsa,
ul narsani olib qo‘ysalar, ruhi bu narsaning firoqida azobga mubtalo bo‘lg‘usidur.
Agar odam dunyodan hech narsaning muhabbatiga ko‘ngildan joy bermagan bo‘lsa,
bu dunyodagi g‘alvalar, xafachilik, g‘am, tashvishlardan bezigan va ulardan forig‘
bo‘lishni orzu qilgan bo‘lsa, mazkur ruh o‘limdan rohat topgandir.
Va agar dunyoda Xudoi taoloning do‘stligini hosil qilib, zikriga uns va ulfat bo‘lib, bu
dunyodan yuz o‘girgan bo‘lsa, sevimli do‘stining diydoriga vosil bo‘lub, olam
tashvishlaridan xalos va saodati abadiyga musharraf bo‘lg‘usidir.
Andisha qilgilki, bir odam o‘zining aslini tanimabdur, boqiy, abadiy yashashni
bilmabdur, agar bu dunyoni do‘st, sevimli deb o‘ylasa, hech shak shubha
qilmagilki,o‘lgandan keyin ul ruh sevganlari firoqda azobga mubtalo bo‘lg‘usidir. Hazrati
rasuli akram s.a.v. aytibdurlar:
Ahbib mo shi’ta fa innaka muforiquhu. Ya’ni, bu olamda nimalarni yaxshi ko‘rsang, albatta sen u narsadan judo bo‘lib, firoqi
alamiga mubtalo bo‘lgungdur.
Bas, do‘stu g‘amxo‘rim Xudoi taolodur, deb bilsa, mol dunyoni va dunyodagi
nimarsalarni sevmasa, hech shak qilmag‘aykim, agar yo‘l ozig‘i bo‘lg‘uncha dunyolikni
lozim tutsa, vaqtiki, bu olamdin borsa, ranj va mehnatdan xalos bo‘lub, rohat va
osoyishga yetkusidur.
Va har kishikim, bularni bilmaydur, qabr azobini tortmog‘ida hech shak yo‘qtur, dunyo
mo‘‘minlar behishti emasdur, balki dunyodorlarning behishtidur. Ul toifakim, hamma
himmatlarini dunyoga qo‘yibdurlar, ular haqida bu hadis mashhurdur:
Ad-dunyo sijjinul mo‘miniyn va jannatul-kofiriyn. Ya’ni, bu dunyo-mo‘‘minlarning do‘zaxi va kofirlarning jannatidur.