42
Xulosa
«Avesto» qadimgi O`rta Osiyo,
Eron va Ozarbayjonning tarixi, siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy hayoti, goegrafiyasi va tabiati, ilm-fani, etnografiyasi va hokazolar bilan
tanishtiruvchi manba sifatida ham juda qimmatlidir.
«Avesto»da tasvirlangan jamiyat chorvachilar va dehqonlarning qadimgi jamiyatidir.
Unda o`z davrida emirila borgan
ibtidoiy jamoa tuzumi ham, quldorlik va tug`ilib
kelayotgan feodal munosabatlari ham qisman bayon etiladi. Kishilar xudolarga murojaat
qilib, ulardan ko`p chorva, katta yaylovlar va sug`oriladigan keng ekin maydonlarini
tilaganlar. «Avesto» chorvasi, yaylovi va ekin maydoni ko`p bo`lgan kishilar ham, tobe
bo`lgan yo`qsillarni ham ko`z o`ngimizda gavdalantiradi. Zodagonlar mol- mulklarini
ko`paytirish uchun qo`l ostilaridagi dehqonlarni va chorvadorlarni eksplutasiya qilish
bilan qanoatlanmay, bosqinchilik
urushlari olib borib, chorva mollarini, yangi
yaylovlarni va qullarni qo`lga kiritadilar. Zardushtiylikning sinfiy mohiyati Axura
Mazdaning so`zlarida ham ravshan ifodalanadi, u xudo qiyofasidan chiqib, tobora shoh
qiyofasiga yaqinlashib boradi.
«Avesto» madaniy hayotning turli sohalariga doir,
chunonchi , qadimgi medisina,
astronomiya, kosmogoniya va falsafaga doir material va ma’lumotlar ham beradi.
«Avesto» ma’lum darajada adabiy yodgorlik hamdir. Unda badiiy til vositasi, obrazli
so`zlar xiyla ishlatilgan bo`lishidan tashqari og`zaki adabiyot yodgorliklarining to`plagan
bir manba hamdir. Unda Kayumars, Yima, Gershasp, Arjasp va boshqa mif hamda
afsonalar hikoya qilinadi. Uning ancha qismi (asosan «Gotlar» va «Yashi» ) she’r bilan
bitilgan. She’riy misralar hijolarning miqdori prinsipi asosida tuzilgan. Yasht ko`pincha 8
(ba’zan 10-12) hijoli misralardan tarkib topgan.
«Avesto» kitobi mukammal suratda nashr etildi. Ellik
bosma taboqdan iborat bu
tarixiy-adabiy obida bugungi kungacha er yuzida saqlanib qolgan «Avesto» matnlarini
tugal o`z ichiga oladi.
Kitob so`zboshi, so`nggi so`z, olti daftar, avestoyi tushunchalar va islohotlar
mukammal sharhlangan izohlardan iborat. Nufuzli tahrir hay’ati nazorati ostida chop
etilgan kitob shoir Asqar Mahkamning o`n yillik mashaqqatli va samarali mehnati tufayli
tilimizga o`girildi.
43
Qo`limizdagi «Avesto» kitobi Zardushtning «Gohlar»i bilan boshlanadi. Gohlar bu
ulug` obidaning eng qadimiy bo`limlaridan, yoxud Zardushtning beklik qo`shiqlaridan
tashkil topgan. Aslida avestoyi «Goso» bo`lgan bu istiloh keyincha tilimizda «goh»
shaklida o`zlashdi, chunonchi, «Dugoh», «Segoh», «Chorgoh» va hokazo.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov tabiri bilan aytganda “Avesto” ning tub ma`no
–mohiyati belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so’z,
ezgu amal
17
” degan tamoyilda
hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rish mumkin. “Ezgu
niyat, so’z va ish birligini jamiyat hayotining ustivor g’oyasi sifatida talqin etish bizning
bugungi manaviy idiallarimiz bilan naqadar uzviy bog’liq, nechogli mustahkam hayotiy
asosga ega ekani ayniqsa etiborlidir” deb yozdi Islom Karimov.
Avestoning asosiy
g`oyalari olamdagi barcha tartiblar, ezgulik (yaxshilik) va yomonlikdagi, ziyo va zulmat,
hayot va o`lim o`rtasidagi kurashga bog`liq; dunyodagi barcha ezguliklarni Ahuramazda,
yomonliklarni Ahriman ifodalaydi; bu kurashda odam oliy kuchlar ihtiyoridagi o`yinchoq
emas, u tanlash erkinligiga ega, u o`z g`ayrati bilan bu dunyoda adolat topishiga ta`sir eta
oladigan kishidir. Demak, hozir ham kimki, o`zini ilohiy kuch qo`lidagi qo`g`irchoq
hisoblamasa, o`ziga biror kasbni tanlab olsa, g`ayratli bo`lsa,
adolatsizlikka duch kelsa
unga qarshi kurasha oladigan inson bo`lib yetishishlari shart.
Avestoda u zamonlarda keng tarqalgan ko`chmanchilik qoralanib, dehqonchilik
ezgulik sifatida rag`batlantirilgan. Bundan xulosa chiqarib, hozir ham har bir odam hech
bo`lmasa bir tup mevali daraxt, gul, sabzavot eksin, o`ziga
mevasi nasib etmasa
farzandlariga, bechoralarga nasib etadi, savob bo`ladi. El rahmatlar aytadi.
Avestoda to`rt element suv, olov, tuproq, havo g`oyat ulug`langan; bularni asrash,
avaylashga da`vat etilgan. Uning tarbiyaviy ahamiyati hozir ham katta. Bunga amal qilib,
har bir ongli, aqlli vatanparvar, xalqparvar, yoshu-qari tomchi suvni ham isrof qilmasligi,
energiya, hayot manbai olovini, demak gazni, ko`mirni, neftni, o`tinni asrashi;
tuproqni
iflos qilmasligi, erroziyaga ya`ni nurash, sho`rlanishga yo`l qo`ymasligi; havoni esa
pokiza saqlashi, ekologik xalokatga uchratmasligi ham qarz, ham farz.
17
Karimov I. Milliy mafkura - mamlakat kelajagi poydevori. “Xalq so’zi” gazetasi, 7 aprel, 2000 yil.