3-mavzu: bakteriyalarning morfologiyasi va tuzilishi reja


Bog’langan suv – sitoplazmaning strukturaviy elementi bo’lib, u hyech



Yüklə 240,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix27.03.2023
ölçüsü240,95 Kb.
#90273
1   2   3
3-mavzu bakteriyalarning morfologiyasi va tuzilishi reja

1. Bog’langan suv – sitoplazmaning strukturaviy elementi bo’lib, u hyech 
qanday erituvchi bo’la olmaydi. 
2. Erkin suv (disiyers yoki kolloid) kristall moddalarning erituvchisi bo’lib, 
turli hil reaksiyalarda ishtirok etib, bakteriyalarni aktivlashtiradi. Bundan 
tashqari suv nafas olishda katta rol o’ynaydi. 
Mineral moddalar. Bakteriyalar hujayrasida anorganik moddalar (P, S,Na, Mg 
Cu, K, Fe, Ce va x.k.) . 
Mikroelementlar. – (molibden, kobalt, bor, marganes, sins, mis va boshqalar), 
umuman ular tanasining quruq og’irligining 2-14 % ni tashkil etib, xujayra hayotda 
muhim rol o’ynaydi. 
Organik 
moddalardan 
oqsillar, 
nuklein kislotalar, 
uglevodlar, 
yet 
mahsulotlari. Bular bakteriyalar hujayrasida muhim rol o’ynaydi. Masalan, kaliy 
katalitik hususiyatga ega bo’lib fermentlar hususiyatini aktivlashtiradi. 
Sa – nitrifikasiya prosessida qatnashib, tuproqda azot to’planishini oshiradi 
( azotobakter). 
Bakteriyalarning hayot faoliyatida Z, S, M, Fu ham katta rol o’ynaydi, Fe – 
nafas olish fermentlarining tarkibiga kirib oksidlanish prosessining katalizatori 
bo’ladi. Bundan tashqari ion holdagi Fe. Mg. Su va boshqa mikroelementlar 
aktinomisetlarda antibiotik xosil bulishida katnashadi. Mg – Mp DNK ni 
aktivlashtiradi.
Elektron mikroskopda qaraganda bakteriyalarning hujayra pardasi asosan uch 
qavatdan iborat ekanligi ko’rinadi. Uning tarkibiga muramin kislota, 
aminokislotalar, lipidlar, glyukozamin va boshqa birikmalar kiradi. Hujayra 


pardasi ostida sitoplazmatik membrana bor. Shu membrana moddalar 
almashinuvida muhim rol o’ynaydi. Hujayra po’sti – prokariotlarning eng muhim 
va kerakli struktural elementlaridan biri bo’lib hisoblanadi , bu ko’pincha tashqi 
tomondan kapsula yoki dirildoq po’st bilan o’ralgan bo’lib, aksincha hyech narsa 
bilan o’ralmagan bo’ladi. Mikroorganizmlarni hujayra po’sti umuman quruq 
og’irligining 5-50 % tashkil etadi. Hujayra po’sti bu hujayra protoplast va tashqi 
muhit o’rtasidagi chegaralovchi to’siq bo’lib, tanani bir shaklda tutib turuvchi 
to’siq bo’lib hizmat qiladi. Hujayradagi tuzning konsentrasiyasi tashqi muhitga 
nisbatan bir oz yuqori bo’lib, ular o’rtasida osmotik bosim yuzaga keladi va 
hujayradagi tashqi muhitidan suvning kirishiga yo’l quymay mexanik to’siq bo’lib 
hizmat qiladi. 
Prokariotli mikroorganizmlarning hujayra po’sti o’zining tuzilishi va kimyoviy 
tarkibi bilan keskin eukariotlardan farq qiladi, ya’ni uning tarkibidagi polimer 
komplekslar boshqa organizmlarda uchramaydi. Bularda har bir turning hujayra 
po’sti bir hil kimyoviy tuzilishga ega bo’lib, o’zgarmaydi va shuning uchun ham 
turni aniqlashda muhim belgi bo’lib hizmat qiladi.
Prokariotli mikroorganizmlarning hujayrasining bo’yalish hususiyatiga qarab 2 
guruxga bo’lib o’rganiladi. Agarda prokariotli mikroorganizmlarning tanasi 
binafsha rang bilan so’ngra yod bilan bo’yalsa u paytda uning tanasi bo’yaladi. 
Bo’yalgan tanani spirt bilan yuvilsa, ya’ni spirt ta’sirida 2 hil holat kuzatiladi: 
Grammusbat turlar – bunda yuvilgandan keyin ham tanada bo’yoq qolgan 
bo’ladi. 
Grammanfiy turlarda – teskarisi, ya’ni bo’yoq yuvilib ketadi va rangsiz bo’lib 
qoladi. 

Yüklə 240,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin